Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti Amaliy psixologiya yoʻnalishi


Qarang o'z uyini bo'shatib qo'yib


Download 13.07 Kb.
bet2/4
Sana09.04.2023
Hajmi13.07 Kb.
#1344182
1   2   3   4
Bog'liq
Trening

Qarang o'z uyini bo'shatib qo'yib,
Muhojirlar yig'lar vatandan judo.

Orzu havas ko'rmay o'tayapman deb
Noliyapsiz, balki og'rinayapsiz.
Qaydadir ochlikdan qirilyapti xalq,
Suv deb yig'layapti, eshitmayapsiz

O'g'lingiz shifokor bo'ladi bugun 
Uni quchoqlaysiz g'ururga to'lib.
Qaydadir bir ayol o'ksib dod solar,
Bola yo'q beshikka boshini qo'yib

Oxirgi pulni ham ishlatdingizmi? 
Xudo yetkazadi banda rizqini.
Umr tilang xasta bemorlarga siz,
Bugun kimlarnidir oxirgi kuni.

Boriga shukur deng yo'g'iga sabr,
Choyxonaga chiqing kutar ulfatlar.
To'ylarga borasiz chiroyli bo'lib,
Qo'lingizga to'lib ketgan to'y xatlar 

Tog' desangiz tog' bor, bog' desangiz bog',
Daryolar mavj urar har tomon yashnar.
To'lib toshib yotar to'kin bozorlar,
Kim nima izlasa o'shani topar. 

Doim sergak turing va ahil bo'ling,
Vatanni avaylang to'rtta tomonda.
Yana bir chiroyli tong yorishmoqda,
Baxtiyorlar yurti O'zbekistonda!

Madina:
Bugungi trening dasturimizning mavzusi Oʻz-oʻzini anglash(shukronalik xissini oshirish) Biz tugʻilib to shu bugunga kelgunimizga qadar , hayotning turfa xil, rango-rang kunlarini boshdan kechiryabmiz, umrimiz oʻtar ekan, bizga taqdim etilayotgan shu umrning soniyasiyu, daqiqalariga shukur keltirib, hayotimizni mazmunli va baxtli oʻtkazishimiz lozimdur. Insonmizki har birimizga qiyinchilik, sinovlar, turli xil dardlar, albatta uchrab turadi, ammo shu narsalarga yaxshi niyat va sabr va bardoshlik bilan qadarimizga shukur qilsak, albatta barchasi oʻtkinchi boʻlib oʻtib ketadi. Ammo baʼzan ushbu shukronalik xissini biz unutib, noshukurlik, sabrsizlik, betoqatlik, bardoshsizlik kabi xislarga oshno boʻlib qolamiz, shu paytda oʻzimizni oʻzimiz kuzatsak, soʻzlarimizga eʼtibor bersak, shunday goʻzal neʼmatlar ichida yotganimizni koʻramiz, har bir muammoning yechimi bor, bu yechimni yoʻlini yaratish esa, oʻzimizning qoʻlimizda, shunday ekan doimo oʻzligimiz bilan birga boʻlaylik.

Download 13.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling