Andijon davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakul’teti


Tadqiqot natijalarini tahlil qilish


Download 0.5 Mb.
bet13/18
Sana03.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1149008
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
lab.ishlanma eksperiment(1)

Tadqiqot natijalarini tahlil qilish. Tajriba bayonnomasida shaxsning rasm va uning izohi haqidagi fikrlari yozib boriladi. Sinaluvchi chizgan rasmlari iloji boricha kengroq izohlab berishi kerak. Eksperimentator quyidagilarga e’tibor berishi lozim: I .Stimul so‘z bilan chizilgan rasmning o‘zaro bog‘!iqligi;
2. Sinaluvchining so‘zlarni qanchalik ramzlar yordamida ifodalaganligi
3.piktogrammaning hissiy boyligiga e’tibor berish.

LABОRATОRIYA ISHI № 9
Mavzu: so’z-mantiqiy tafakkurni baxolash.Bir nechta variantli topshiriqda oldingi tajribaning tanlovchanta’sirini o’rganish. A .Lachins metodikasi bo’yicha masalani yechish usuliga ustanovkaning ta’sirini o’rganish.Ovoz chiqarib muloxaza yuritish metodi yordamida masalaning echimini topish jarayonini o’rganish

Tadqiqotning maqsadi: A.S. Lachins tomonidan ishlab chiqilgan metodika yordamida bir xil tipdagi vazifani yechish jarayonidagi ikki guruh tekshiriluvchilar natijalarini solishtirish orqali fikrlash jarayonidagi rigidlikni aniqlash mumkin.
Kerakli jihozlar: Arifmetikaga oid topshiriqlar to’plami.
Tadqiqiqotning borishi: Vazifa shunday tanlanishi kerakki, ularning bir qismi bir usul bilan, qolganlari ikki usul bilan yechiladi.
Tajriba boshlangunga qadar har biri 10 tadan arifmetik vazifadan iborat 2 ta varaqa tayyorlanadi. 1-guruh tajriba, ikkinchisi nazorat guruhi deb qaralib, ularga alohida-alohida vazifalar beriladi. Har ikki guruhdagi tekshiriluvchilar bir-birlariga bog’liq bo’lmagan holda vazifalarni yechishlari kerak bo’ladi. 1-5 vazifalar bittadan yechimga ega, 6-10 vazifalarning esa minimal bitta yechimi bor yoki ratsional yechimga ega emas.
Natijalarni tahlil qilish uchun nechta tekshiriluvchi 6-10 vazifalarni ratsional usul bilan yechganligini hisoblab, foizga aylantirish kerak.
Ko’p hollarda tekshiriluvchi 1-5 vazifalarni bir xil usul bilan yechgandan so’ng 6-10 vazifalarni ham shunday usul bilan yechishga harakat qiladilar, sharoit o’zgarganligini sezmaydilar. Bunda fikrlash jarayonida bilish rigidligi vujudga kelganligini aniqlash mumkin.
Tajribani o’qituvchi olib boradi. Talabalar ikki guruhga bo’linadilar. Birinchi tajriba guruhiga birinchi to’plamdagi vazifalar, ikkinchi – nazorat guruhiga ikkinchi to’plamdagi vazifalar beriladi. Barcha ishtirokchilar vazifalarni navbatma-navbat yechishlari kerak bo’ladi.
Tekshiriluvchiga ko’rsatma: «Qo’lingizdagi varaqda 10 ta arifmetik topshiriq bo’lib, ularni tartib bilan yeching. Qo’lingizdagi varaqqa barcha arifmetik usullarni yozishingiz mumkin. Vazifani yechish vaqti cheklanmagan. Uni mustaqil ravishda boshqalardan ko’chirmay bajarishga harakat qiling».

B A Y O N N O M A:
Tekshiriluvchi:
Tekshiruvchi:
Tekshiriluvchining ruhiy holati:
Sana:

Topshiriq to’plami

Tekshiriluvchilar guruhi

Vazifani yechish

Ratsional

Noratsional

Abs.

%

Abs.

%

I

Tajriba













II

Nazorat














Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling