Andijon davlat universiteti «jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» kafedrasi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/57
Sana14.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1268175
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   57
Bog'liq
JTS PEDOGOGIKA

Metodik ta’minot talabalarning auditoriya ishlarining barcha shaklari (ma’ruza, laboratoriya
amaliy, seminar mashg‘ulotlari) va auditoriyadan tashkari ish shakllari (mustaqil ta’lim, 
amaliyotning barcha turlari, nazorat, kurs va bitiruv malakaviy ishlari) hamda talabalarning 
bilim, ko‘nikma va malakalarini joriy, oraliq va yakuniy nazorat qilishning turli shakllarini o‘z 
ichiga qamrab oladi.


67 
Metodologiya – 1. Tadqiqot usullari majmuasi. 2. Muayyan fan (soha yo‘nalish) da 
qo‘llaniladigan tadqiqot usullari majmui. 3. Ilmiy bilish va dunyo taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatish 
haqidagi ta’limot. Metodologiya – bilishning ilmiy metodi haqidagi ta’limot. Biror fanda yoki 
muayyan yo‘nalishda yoki sohada qo‘llaniladigan metodlar majmuasi.
Model – olamdagi muayyan hodisani abstrakt tasvirlashdan iborat bo‘lib, ushbu hodisaning ro‘y 
berishini nisbatan ilgariroq aytib berish imkonini beradi.
Modulli o‘qitish – o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u 
o‘quvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi 
moslashgandir.
Motiv - insonni o‘qishga yoki biror harakatlarni bajarishga undovchi turli sabablar yig‘indisi.
Motivatsiya – shaxsni faol xatti-harakatlarga undovchi sabablar, asoslar to‘plami bo‘lib, u ayni 
zamonda kishi xulqini fiziologik va psixologik boshqarishning dinamik jarayonini ham bildiradi
faoliyatning yo‘nalishi, faolligi, uyg‘unligi hamda turg‘unligini belgilaydi.
Muammo – (yunonchadan - vazifa) hal etishni talab etadigan vazifa, murakkab savol; o‘rganish, 
hal qilish talab etiladi-gan murakkab nazariy va amaliy savol. Muammo javobi bevosita mavjud 
bilimda bo‘lmagan va echish usuli no‘malum bo‘lgan masala. SHuning uchun ham muammoni 
quyish va hal qilish maajud bilimlar doirasidan chetga chiqishni, yangicha echish usuli, metod-
larini qidirishni talab etadi.
Muammoli ta’lim – bu o‘quvchilarning o‘qituvchi muammoli vaziyat sharoitida 
tushuntirganlarini idrok etish yo‘li bilan bilim va faoliyat usullarini o‘zlashtirishga doir 
muammoli vaziyatlarni mustaqil (yoki o‘qituvchi yordamida) tahlil qilish, muammolarni 
ta’riflash va ularni takliflar, farazlar vositasida (mantiqiy va intuitiv) ravishda asoslash va 
isbotlash, shuningdek echimlarning to‘g‘riligini tekshirish yo‘li bilan hal qilishga oid o‘quv-
bilish faoliyatidir.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling