Andijon davlat universiteti Magistratura bo’limi Ta
Download 18.69 Kb.
|
taqriz ichki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti Kompyuter injiniringi kafedra mudiri f.-m.f.n: Gʻ.Tajibayev
Andijon davlat universiteti Magistratura bo’limi Taʻlimda axborot texnologiyalari mutaxassisligi boʻyicha 2-bosqich magistranti Otakishiyeva Gulshanoy Abdulaziz qizining “Informatika va axborot texnologiyalari fanini oʻqitishda videomateriallar tayyorlash va ulardan foydalanish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiya ishiga T A Q R I Z Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan soʻng umimiy oʻrta taʻlim tizimiga boʻlgan e'tibor yanada kuchaydi. Maʻlumki, davlatimiz rahbari 2019 yil 19- mart kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda ijtimoiy, maʻnaviy-maʻrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Bunda uchinchi tashabbus aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab informatika va axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlayotgan barcha oliy taʻlim muassasalari tomonidan umumtaʻlim maktablari bitiruvchi sinflari oʻquvchilari oʻrtasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani boʻyicha koʻp bosqichli (tuman (shahar) — viloyat — oliy taʻlim muassasasi) oʻz olimpiadasini oʻtkazishi va 1 — 3-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilarni birinchi oʻquv yili uchun toʻlov oliy taʻlim muassasalarining mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan holda imtihonsiz oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin. Ushbu qarorning chiqishi maktablardagi oʻquvchilarni informatika va axborot texnologiyasi faniga boʻlgan qiziqishini yanada oshishini muhim omil sifatida xizmat qilmoqda. Otakishiyeva Gulshanoy Abdulaziz qizining magistrlik dissertatsiyasi kirish, 3 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyhatidan iborat. Magistrlik dissertatsiyasining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ob'ekti, predmeti, ishning maqsadi va vazifalari, ilmiy yangiligi, qoʻllanilgan metodikaning tasnifi, tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati toʻgʻrisida batafsil maʻlumot berilgan.
Tadqiqot ishning ikkinchi bobida Videomateriallar yaratuvchi dasturlar tavnifi va va ularning imkoniyatlari, va Camtasio Studio dasturining imkoniyatlaridan foydalanib video materiallar tayyorlash, video materiallarni informatika va axborot texnologiyalari fanini oʻqitish jarayonida foydalanish metodikasi haqida maʻlumot berilgan Tadqiqot ishning uchinchi bobida umum taʻlim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanini oʻqitishda video materiallardan foydalanish boʻyicha tajriba-sinov ishlarining qoʻyilishi haqida maʻlumotlar keltirilib oʻtilgan. Tadqiqot ishining xulosa qismida bajarilgan ishning amaliyotga qoʻllanilishi natijasida kelib chiqadigan xulosalar va tavsiyalar keltiriladi. Tadqiqot ishining soʻngida esa foydalanilgan adabiyotlar, internet saytlari, elektron kitoblar roʻyxatlari keltirilgan. Otakishuyeva Gulshanoy Abdulaziz qizining “Informatika va axborot texnologiyalari fanini oʻqitishda videomateriallar tayyorlash va ulardan foydalanish metodikasi” mavzusidagi magistrlik dissertasiya ishi Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligining magistrlik dissertasiya ishlariga qoʻyilgan talablarga toʻla javob beradi va uni himoyaga tavsiya etaman. Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti Kompyuter injiniringi kafedra mudiri f.-m.f.n: Gʻ.Tajibayev Download 18.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling