FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. KARTA VA PLANLAR TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Yer sirtini tekislikda tasvirlashda yer sirtidagi nuqtalar o‘rni va ularning tekislikdagi tasvirlari oralarida ma’lum bog‘lanishni o‘rnatuvchi kartografik proeksiyalar qo‘llaniladi. Kartografik proeksiyalar meridian va parallellar to‘ri ѐrdamida ma’lum matematik qoidalar bo‘yicha tuziladi.
Yer sirtining katta qismini Yerning egriligini hisobga olib, ma’lum matematik qoidalar asosida bir oz o‘zgarib, kichraytirib qog‘ozga tushirilgan tasviriga karta deyiladi.
Kartalar umumgeografik va tematik(mavzuli) turlarga bo‘linadi. Yerning yuzasida joylashgan ob’ektlarni qabul qilingan shartli belgilar tizimida qog‘ozda kartografik proeksiya asosida kichraytirilgan tasviriga geografik kartalar deb aytiladi.
Kartalar turli masshtablarda tuziladi. Masshtabiga qarab kartalar uchga bo‘linadi:
a) mayda masshtabli kartalar – 1:1000 000 dan kichik bo‘lgan kartalar:
b) o‘rta masshtabli kartalar – 1:1000 000 – 1:100 000 gacha bo‘lgan kartalar:
v) yirik masshtabli kartalar – 1:100 000 gacha bo‘lgan kartalar.
Mayda masshtabli kartalar geografik, o‘rta masshtabli kartalar obzor topografik va yirik masshtabli kartalar esa topografik kartalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |