Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti maxsus sirtqi bo


TOPOGRAFIK KARTA VA PLANLARNING NOMENKLATURASI VA VARAQLARGA BO‘LINISHI


Download 409.34 Kb.
bet8/12
Sana08.01.2022
Hajmi409.34 Kb.
#241647
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti maxsus sirtqi b-fayllar.org

3. TOPOGRAFIK KARTA VA PLANLARNING NOMENKLATURASI VA VARAQLARGA BO‘LINISHI

Katta hududlarning topografik kartalaridan qulay foydalanish uchun ular chegaralangan formatli alohida varaqalarda chop etiladi va birlashgan varaqalarga bo‘linish sistemasini tashkil qiladi.



Karta varaqalarini belgilash sistemasida kartalarning har bir varag‘i ma’lum belgilarga ega bo‘ladi va uni karta nomenklaturasi deyiladi. Kartalarni varaqalarga bo‘lishda to‘g‘ri burchakli va trapetsiyali uslub qo‘llanadi. Birinchi holatda varaqalar berilgan o‘lchamda to‘g‘ri burchakli ramkalar bilan chegaralangan bo‘lib, ular to‘g‘ri burchakli koordinatalar to‘ri chiziqlari bilan birlashgan. Bunday varaqalarga bo‘linishi masshtabi 1:5000 va undan kichikroq topografik planlar uchun qo‘llaniladi.

Trapetsiyali varaqalarga bo‘lish sistemasida alohida varaqalarni ramkalari bo‘lib, meridian va parallellar chiziqlari xizmat qiladi.

3 –shakl.

Kartani varaqlarga bo‘lish xamda varaqlar nomenklaturasini belgilash uchun butun yer kurasining sirti uzoqligi bo‘yicha har 60 dan meridianlar orqali 60 ta kolonnaga bo‘linadi. Kolonnalar arab raqamlar bilan Grinvich meridianning Tinch okeandagi shaxobchasidan g‘arbdan sharqqa qarab 1 dan 60 gacha nomerlanadi.

Kolonnalar ekvatordan boshlab, shimoliy va janubiy qutblarga tomon har 40 dan o‘tkaziladigan parallelar orqali qatorlarga bo‘linadi. Qatorlar o‘rni lotin alfavitining bosh harflari bilan belgilanadi. Bunday bo‘linishdan hosil bo‘lgan, xamda Gauss proeksiyasida tekislikka redutsirlangan trapetsiyalar 1:1000 000 masshtabli kartalarning ichki, ramkasini tashkil qiladi. Ushbu masshtabdagi kartalar varaqalarining nomenklaturasi qatorlarning belgilanadigan harflar va kolonnalar nomerini belgilanuvchi raqamlardan iborat, (masalan 10-shaklda belgilangan trapetsiyaning nomenklaturasi K-42 bo‘ladi). Qator va kolonnalarga bo‘lish, nomerlash, belgilash 10 va 11- shakllarda to‘la ko‘rsatilgan





4– shakl. Topografik kartalar varag‘alarining nomenklaturasi


Download 409.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling