Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/22
Sana09.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#256752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
bola nutqini rivojlanishida shaxslararo munosabatning psixologik tasiri kichik maktab yoshi davri misolida.

       Mavzuning  dolzarbligi.  Bola  nutqini  rivojlantirishda  shaxalararo 

munosabatlarning o‘rni kattadir.Chunki shaxslararo munosabat orqali bola nafaqat 

muomalani  o‘rgandi  balki,  so‘z  boyligi  oshishi  natijasida  tafakkurining 

rivojlanishi,  xotirasining  mustaxkamlanishi  va  ularning  nutqidagi  ayrim 

defektlarni  buzilishini  oldini  olishga  yordam  beradi.  Shu  o‘rinda    bir  narsaga 

e’tibor berish kerakki bola shaxsining shakllanishida o‘z menining rivojlanishida 

ularning nutqining turli shakllarini rivojlanishi  ta’lim tarbiyaning samaradorligini 

ta’minlaydi.   

Ma’lumki,  shaxs  tarbiyasi, uning ijtimoiy-psixologik kamoloti har qanday 

davlatning  bosh  strategik  masalalaridan  biridir.  Chunki,      shaxsni  ma’lum    ezgu 

g‘oyalar,  intellektual  talablar  asosida  tarbiyalamay  turib  har  jihatdan  kamol 

topishga qodir  jamiyatni  qurib bo‘lmaydi.  Zero, bu jarayonda eng avvalo ta’lim-

tarbiya 

tizimi, 


uning 

mazmun-mohiyati, 

ayni-paytda 

ta’lim  tizimini 

takomillashtirishga  xizmat  qiluvchi  psixologik  tamoyillar  muhim  ahamiyat  kasb 

etadi.  Binobarin,    barkamol  avlod  tarbiyasi  va  uning  mukammal  ta’lim  olishi 

masalalari  davlat  siyosati  maqomi  darajasida  hal  qilinayotganligi  bugungi 

yoshlarimizning  hech  kimdan  kam  bo‘lmagan  porloq  kelajagiga  jiddiy  e’tibor 

qaratilayotganligidan  dalolatdir.  Buni  birinchi  prezident  I.A.Karimovning 

qo‘yidagi fikrlaridan ham yaqqol anglash mumkin: “Ta’lim-tarbiya-ong mahsuli, 

lekin  ayni  vaqtda  ong  darajasi  va  uning  rivojini  ham  belgilaydigan  omildir.  

Binobarin,  ta’lim-tarbiya  tizimini  o‘zgartirmasdan  turib  ongni  o‘zgartirib 

bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad 

ozod  va  obod  jamiyatni  barpo  etib  bo‘lmaydi.”

4

  Aytish    joizki,    bugungi  kunda 



                                                 

3

 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch.-T.: “Ma’naviyat”, 2008-176 b. 



4

 «Barkamol avlod orzusi - Uzbekiston tarakkiyotining poydevori».- T.: «Shark», 1997 




 

Respublikamizning  barcha  ta’lim  muassasalarida  o‘quvchi  shaxsiga  uning 



ijtimoiy-iqtisodiy 

taraqqiyoti 

bilan 

bog‘liq  kelajagiga  alohida  e’tibor 



qaratilayotgan ekan, bu jarayonda har bir o‘quvchidagi o‘quv faolligini namoyon 

etuvchi  ichki  munosabatlarning  qay  darajada  tarkib  topayotganligini  o‘rganish, 

tahlil  qilish  va  shular  asosida  tegishli  ilmiy-amaliy    xulosalar  chiqarish  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  Ayniqsa  ta’limning  poydevori  bo‘lgan  boshlang‘ich  ta’lim 

tizimida  bolaning  xar  tomonlama  kamol  topishi  uchun  barcha  sharoit  yaratish 

dolzarb  masala  ekanligini  e’tirof  etish  zarur.  Bolalarning  nutqi  va  ularning 

shaxslararo  munosabatlarini  shakllantirish  orqali  ularda  muomala  madaniyatini 

rivojlantirish,  o‘zaro  axborot  almashinish  va  ma’lumot  berishda  muxim 

ahamiyatli  tomonlariga  e’tibor  berish  dolzarb  masalalardan  biridir.  Shunday 

bo‘lsada,  aynan  kichik  maktab  yoshidagi  o‘quvchilar  uchun  o‘ziga  xos  qiyosiy 

tipik 

xarakterga 



ega 

bo‘lgan  nutqni  rivojlantirish  komponentlarining 

ko‘rsatgichlarini  tadqiq  qilish  masalasi  alohida  ilmiy  tadqiqot  predmeti  sifatida 

ko‘rib chiqilmaganligi bizning tanlagan mavzuimizning  dolzarbligini asoslaydi.    




Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling