Tadqiqotning maqsadi. O‘quvchi shaxsidagi ta’lim olish jarayoniga
munosabatining shakllanishi avvalo uning individualligi, betakrorligini hurmat
qilish, uning o‘z iqtidori, maslagi va imkoniyatlarini qanday bo‘lsa, xuddi
shundayligicha tabiiy tarzda qabul qilish va shu asosda uning rivoji uchun o‘ziga
xos ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlar yaratishni taqozo etadi. Bu vazifani
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun esa pedagogik-psixologik, ayniqsa ijtimoiy-
psixologik tadqiqotlar olib borishga va ularning empirik natijalariga asoslanib
tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Shu nuqtai nazardan,
bola nutqini rivojlantirishda shaxslararo munosabatning psixologik xususiyatlarini
o‘rganish va munosabat shakllariga qarab unga individual yondashuv usullari
hamda tegishli amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish masalasi tadqiqotning asosiy
maqsadi qilib olindi. Ya’ni bola nutqini rivojlantirishda shaxslararo munosabat va
o‘yin faoliyatining yoshga xos psixologik xususiyatlarini nazariy va amaliy
tadqiq etish orqali ilmiy xulosalar olish va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish
tadqiqot maqsadi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |