Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi
III-BOB. Bola nutqini rivojlantirishda shaxslararo munosabatning psixologik
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
bola nutqini rivojlanishida shaxslararo munosabatning psixologik tasiri kichik maktab yoshi davri misolida.
III-BOB. Bola nutqini rivojlantirishda shaxslararo munosabatning psixologik
xususiyatlarini o‘rganishning amaliy natijalari va taxlili. 3.1. Metodikalarni tanlash va dastlabki tajribalarni tashkil etish. Bolalar yoshlikdan avalo oilada, so‘ngra ta’lim maskanlarida shaxslararo mulokotga o‘rgatib boriladi. Bu jarayonga o‘rgatishning usullaridan biri muloqot ko‘nikmasini mashg‘ulotlar tarzida shakllantirishdir. Bolani maktab sharoitida o‘qituvchi turli mashg‘ulotlarda o‘z fikrini aytishga, sher yodlab aytib berishga, kitobdan matnlarni ifodali o‘qish orkali nutqini rivojlantirish shart sharoitlarini yaratadilar. Shuningdek ularda o‘zaro munosabatlarning eng sodda usullari orqali o‘zini tutish, kattalarga qanday gapirish, salom berish, minnatdorchilik bildirish kabi usullarni tarkib topishiga yordam beradilar. Maktab yoshi davrida va keyinchalik shaxs ijtimoiy-psixologik treninglar orqali ijtimoiy munosabatlarga kirishishni o‘rganadilar. Bolalarning o‘zi bu usullarga ijobiy munosabat bildirishi, faol harakat qilishi zarur. Chunki ular muloqot yordamidagina shaxsga aylanadi va ijtimoilashuvni shakllantiradilar. Bo‘lmasa, faoliyat subekti sifatida ham, individual inson sifatida ham to‘laqonli rivojlana olmaydilar. A.A. Bodalev fikricha, hatto o‘yin faoliyatida bola muloqotda bo‘ladi. Bu esa ularning nutqini rivojlanishitga katta yordam beradi.. Ta’lim jarayonining asosida muloqotga o‘rgatish masalasi turadi. Muloqotning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, u insonning dunyoqarashini kengaytiradi va psixikasini rivojlantiradi. Ya’ni barcha ruhiy jarayonlar muloqot orqali shakllanadi. Har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, hatto nuqsonlari ham muloqot jarayonining mahsulidir. Har qanday muloqotning eng sodda vazifasi — bolalarning o‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu avvalo salom- alikdan, boshlanadi. Bu jihat milliy o‘ziga xoslikka ega. Yana bir muhim vazifasi ijtimoiy tajribaga asos solish bo‘lib, odam bolasi faqat odamlar orasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Muloqotning yana bir muhim vazifasi — u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Kishilar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan kishining qo‘li ishga bormaydi. Har qanday yolg‘izlik va muloqotning 52
yetishmasligi odamda muvozanatsizlik, hissiyotga beriluvchanlik, hadiksirash, xavotirlanish, o‘ziga ishonchsizlik, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Bolaning muloqotga bo‘lgan ehtiyojining to‘la qondirilishi uning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar, ularning borligi, shu muhitda o‘zaro gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko‘pincha ularning turli qobiliyatlarini rivojlanishiga ta’sir etadi, ayniqsa, gaplashib o‘tirib qilinadigan faoliyatlar. Bolalar yoshlikdan avalo oilada, so‘ngra ta’lim maskanlarida shaxslararo muloqotga o‘rgatib boriladi. Bu jarayonga o‘rgatishning usullaridan biri muloqot ko‘nikmasini mashg‘ulotlar tarzida shakllantirishdir. Bolani maktab sharoitida o‘qituvchi turli mashg‘ulotlarda o‘z fikrini aytishga, sher yodlab aytib berishga, kitobdan matnlarni ifodali o‘qish orkali nutqini rivojlantirish shart sharoitlarini yaratadilar. Shuningdek ularda o‘zaro munosabatlarning eng sodda usullari orqali o‘zini tutish, kattalarga qanday gapirish, salom berish, minnatdorchilik bildirish kabi usullarni tarkib topishiga yordam beradilar. Maktab yoshi davrida va keyinchalik shaxs ijtimoiy-psixologik treninglar orqali ijtimoiy munosabatlarga kirishishni o‘rganadilar. Bolalarning o‘zi bu usullarga ijobiy munosabat bildirishi, faol harakat qilishi zarur. Chunki ular muloqot yordamidagina shaxsga aylanadi va ijtimoilashuvni shakllantiradilar. Bo‘lmasa, faoliyat subekti sifatida ham, individual inson sifatida ham to‘laqonli rivojlana olmaydilar. A.A. Bodalev fikricha, hatto o‘yin faoliyatida bola muloqotda bo‘ladi. Bu esa ularning nutqini rivojlanishitga katta yordam beradi.. Ta’lim jarayonining asosida muloqotga o‘rgatish masalasi turadi. Muloqotning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, u insonning dunyoqarashini kengaytiradi va psixikasini rivojlantiradi. Ya’ni barcha ruhiy jarayonlar muloqot orqali shakllanadi. Har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, hatto nuqsonlari ham muloqot jarayonining mahsulidir. Har qanday muloqotning eng sodda vazifasi — bolalarning o‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu avvalo salom- alikdan, boshlanadi. Bu jihat milliy o‘ziga xoslikka ega. Yana bir muhim vazifasi ijtimoiy tajribaga asos solish bo‘lib, odam bolasi faqat odamlar orasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. 53
Muloqotning yana bir muhim vazifasi — u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Kishilar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan kishining qo‘li ishga bormaydi. Har qanday yolg‘izlik va muloqotning yetishmasligi odamda muvozanatsizlik, hissiyotga beriluvchanlik, hadiksirash, xavotirlanish, o‘ziga ishonchsizlik, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Bolaning muloqotga bo‘lgan ehtiyojining to‘la qondirilishi uning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar, ularning borligi, shu muhitda o‘zaro gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko‘pincha ularning turli qobiliyatlarini rivojlanishiga ta’sir etadi, ayniqsa, gaplashib o‘tirib qilinadigan faoliyatlar. Bolalar yonidagilarga qarab o‘ziga nisbatan munosabati va ishonchi o‘zgarib boradi.ularning faoliyat ta’sirlariga nisbatan o‘zlarida iroda topadi. Shuning uchun amerikalik olim Dj. Moreno sotsiometrik uslubni ishlab chiqqan edi. Demak, muloqot kishilarning jamiyatda o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Bola nutqini rivojlantirishda shaxslararo munosabat -psixologik ta’sirning ajralmas sifatidir. Bu o‘qituvchi va o‘quvchining ta’lim-tarbiya jarayonidagi professional muloqoti bo‘lib, unda ma’lumot almashinadi va o‘quvchilarga o‘quv- tarbiyaviy ta’sir o‘tkaziladi. Bunda ikki yoqlama muloqot yuzaga kelishi lozim. Uning asosi sifatida o‘zaro hurmat va ishonch xizmat qiladi. Pedagog o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish jarayonida ulardan hurmat kutadi. O‘quvchilar ham o‘qituvchidan hurmat va ishonchni talab etadilar. Bu pedagogik ta’sirning samarali yo‘li bo‘lib, tajribali pedagoglar bolani o‘z-o‘zini hurmatlashga asoslangan holda munosabatlarni tashkil etadilar va shu orqali o‘zaro munosabatlarni amalga oshiradilar. Muloqotning o‘ziga xos 3 ta darajalari mavjud. Bular: makro darajada katta-insonlar bilan muloqot qilish barcha odob-axloq normalariga suyangan holda amalga oshiriladi. Mezo darajada o‘rta -muloqot ma’lum mavzu asosida kechadi masalan, bolalarning nimalarga e’tibor berishlari kerakligi xaqidagi mavzudan chekinmaslik. Mikro daraja kichik -muloqotning oddiy shakllari, savol-javob tariqasida yuz beradi. 54
Har bir pedagog o‘z tajribasidan, uslubidan kelib chiqib bolalar bilan muloqotda bo‘lishi lozim. Ya’ni nostandart usullarni izlab topishi kerak. Pedagogik ta’sir ham pedagogik muloqotdagi ijodiylik orqali amalga oshiriladi. Ijodiylikni amalga oshirish uchun quyidagilarga ahamiyat berish lozim: — bir necha o‘qituvchilarning darslarini kuzatish, unda o‘quvchilarning kayfiyatini, o‘qituvchining bolalar bilan bo‘ladigan munosabatlarini aniqlash; — o‘qituvchining darsda qanday usullarni qo‘llashi, muloqotni qanday tashkillashtirish, o‘quv-tarbiyaviy muammolarni yechishini aniqlash; — o‘zining muloqot texnologiyasini boshqa o‘qituvchining “texnologiyasi”ga taqqoslashi; — tajribali o‘qituvchilarning tarbiyaviy soatlarida qatnashish orqali muloqot jarayonidagi o‘quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlash; — o‘zining darsidagi muhiti bilan boshqa tajribali o‘qituvchining darsidagi muhitni taqqoslash orqali xulosa chiqara olish Psixologiyada bolani samarali muloqotga ataylab o‘rgatishga katta e’tibor beriladi. Buning o‘z uslubi bo‘lib, uning nomi ijtimoiy-psixologik trening (IPT) deyiladi. IPX bolani muloqot jarayoniga psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa
fursatda shakllantirishdir. Mulokatning o‘ziga xos tarzda shakllantirish va rivojlantirishda treninglardan foydalanish muximdir.Treninglar faoliyat va muloqat shakllariga ko‘ra tashkil etiladi. Quyidagi treninglarni tashkil etish va amalda qo‘llash muloqatchanlikni rivojlantirish va o‘zaro munosabatlarning to‘g‘ri shakllanishida katta yordam beradi. Masalan: «Ism» usuli — bolaning o‘z ismi bilan murojaat qilinsa juda yoqadi, ismning aytilishi kayfiyat ko‘tarilishiga olib keladi. Mashhur amerikalik psixolog Deyl Karnegi fikricha, odamning ismi uning uchun eng yaxshi musiqa vazifasini o‘taydi. «Ism» usulining psixologik mexanizmi quyidagicha: — ism va shaxs bir-biridan ajralmaydi. Inson tug‘ilgandan boshlab uning ismi u bilan yonma-yon turadi;
55
ism bilan murojaat qilish kishida unga nisbatan e’tiborning mayjudligini bildiradi; shaxsga nisbatan diqqatli bo‘lish, shaxsni tasdiqlash demakdir; agar shaxs o‘zining shaxs ekanligini anglasa, unda qoniqish hissi paydo bo‘ladi; qoniqish hissi doimo ijobiy kechinmalarni keltirib chiqaradi; kishi doimo ijobiy hislar paydo bo‘lishiga harakat qiladi; agar hech kim bizda ijobiy hislarni qo‘zg‘ata oknasa, attraksiyani vujudga keltirishga harakat qilinadi. (Panasyuk A. Yu. 45-b.) «ISM» USULINING TA’SIR QILISh MEXANIZMLARI Bolning o‘z shaxsini tasdiqlashi Bolaga uning ismi bilan murojaat qilish bolaga ayni paytda e’tiborli bo‘lish Ijobiy kechinmalarni vujudga keltirish Kechinmalarning manbalarini yaxshi bilish Demak, bolaga murojaat qilishda uning ismini aytib chaqirish unda ijobiy hislarni keltirib chiqaradi. Ularning ismini eslab qolish uchun uni bir necha marta takrorlash muhim. Shuningdek, ism bilan bog‘liq assotsiatsiyani yaratishga harakat qilish maqsadga muvofiq.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling