Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
bola nutqini rivojlanishida shaxslararo munosabatning psixologik tasiri kichik maktab yoshi davri misolida.
Mavzuning dolzarbligi. Bola nutqini rivojlantirishda shaxalararo
munosabatlarning o‘rni kattadir.Chunki shaxslararo munosabat orqali bola nafaqat muomalani o‘rgandi balki, so‘z boyligi oshishi natijasida tafakkurining rivojlanishi, xotirasining mustaxkamlanishi va ularning nutqidagi ayrim defektlarni buzilishini oldini olishga yordam beradi. Shu o‘rinda bir narsaga e’tibor berish kerakki bola shaxsining shakllanishida o‘z menining rivojlanishida ularning nutqining turli shakllarini rivojlanishi ta’lim tarbiyaning samaradorligini ta’minlaydi. Ma’lumki, shaxs tarbiyasi, uning ijtimoiy-psixologik kamoloti har qanday davlatning bosh strategik masalalaridan biridir. Chunki, shaxsni ma’lum ezgu g‘oyalar, intellektual talablar asosida tarbiyalamay turib har jihatdan kamol topishga qodir jamiyatni qurib bo‘lmaydi. Zero, bu jarayonda eng avvalo ta’lim- tarbiya tizimi,
uning mazmun-mohiyati, ayni-paytda ta’lim tizimini takomillashtirishga xizmat qiluvchi psixologik tamoyillar muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, barkamol avlod tarbiyasi va uning mukammal ta’lim olishi masalalari davlat siyosati maqomi darajasida hal qilinayotganligi bugungi yoshlarimizning hech kimdan kam bo‘lmagan porloq kelajagiga jiddiy e’tibor qaratilayotganligidan dalolatdir. Buni birinchi prezident I.A.Karimovning qo‘yidagi fikrlaridan ham yaqqol anglash mumkin: “Ta’lim-tarbiya-ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi.” 4 Aytish joizki, bugungi kunda 3 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch.-T.: “Ma’naviyat”, 2008-176 b. 4 «Barkamol avlod orzusi - Uzbekiston tarakkiyotining poydevori».- T.: «Shark», 1997 6 Respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida o‘quvchi shaxsiga uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bilan bog‘liq kelajagiga alohida e’tibor qaratilayotgan ekan, bu jarayonda har bir o‘quvchidagi o‘quv faolligini namoyon etuvchi ichki munosabatlarning qay darajada tarkib topayotganligini o‘rganish, tahlil qilish va shular asosida tegishli ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa ta’limning poydevori bo‘lgan boshlang‘ich ta’lim tizimida bolaning xar tomonlama kamol topishi uchun barcha sharoit yaratish dolzarb masala ekanligini e’tirof etish zarur. Bolalarning nutqi va ularning shaxslararo munosabatlarini shakllantirish orqali ularda muomala madaniyatini rivojlantirish, o‘zaro axborot almashinish va ma’lumot berishda muxim ahamiyatli tomonlariga e’tibor berish dolzarb masalalardan biridir. Shunday bo‘lsada, aynan kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun o‘ziga xos qiyosiy tipik xarakterga ega bo‘lgan nutqni rivojlantirish komponentlarining ko‘rsatgichlarini tadqiq qilish masalasi alohida ilmiy tadqiqot predmeti sifatida ko‘rib chiqilmaganligi bizning tanlagan mavzuimizning dolzarbligini asoslaydi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling