Tadqiqotning ishlanganlik darajasi. Bola nutqini rivojlantirishda
shaxslararo munosabatning psixologik xususiyatlari muammosi bo‘yicha turli soha
vakillari, jumladan faylasuflar, sotsiologlar, psixologlar, psixofiziologlar va
pedagoglar
(B.G.Ananev,
G.M.Andreeva,
A.A.Bodalev,
A.V.Vedenov,
A.G.Kovalev, I.S.Kon, V.S.Merlin, I.P.Pavlov, K.K.Platonov, Ye.D.Parigin,
S.L.Rubinshteyn, V.V.Stolin va boshqalar) shug‘ullanib kelganlar. Ular o‘z
tadqiqot maqsadlariga asoslanib nutqning turli yosh davrlarida rivojlanish
xususiyatlarini turli yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqot ob’ektiga aylantirganlar va
ma’lum darajada munosabat mezonini talqin qilishning nazariy-fundamental
asoslarni yaratganlar. O‘zbekistonlik psixolog olimlardan E.G‘.G‘oziev,
B.R.Qodirov, N.S.Safoev, Sh.R.Barotovlarning rahbarligida olib borilgan ilmiy
izlanishlarda bolalar nutqining rivojlanishi va ularni munosabatga kirishishining
ijtimoiy-psixologik kategoriya sifatidagi talqinlariga ma’lum darajada e’tibor
qaratilgan.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |