Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi


    1.3.  Sharq mutafakkirlarining oilaviy tarbiya haqidagi qarashlari


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana12.05.2020
Hajmi0.59 Mb.
#105338
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
farzand tarbiyasida oilaviy munosabatlar va tarbiyaning ijtimoiy psixologik xususiyatlari


 

29 

 

1.3.  Sharq mutafakkirlarining oilaviy tarbiya haqidagi qarashlari 

Buyuk    mutafakkirlarning    fikricha,    tarbiyachi  bolalar    bilan    muomalada  

bosiq    bo‘lishi,    o‘quvchilar    ta’limni    qanday    o‘zlashtirayotganini    kuzatib  

borishi, o‘qitishi  va  tarbiya  jarayonida  har  xil  usullarni qo‘llashi,  o‘quvchining  

xotirasi  va  boshqa  aqliy qobiliyatini  bilishi,  bolalarni  tarbiyalashda tegishli jazo 

choralariniqo‘llashi,  ularni  fanga  qiziqtirishi,    aniq    adabiy    tilda    tushuntirishi  

bolalarda    hissiyot    uyg‘otadig  an    bo‘lishi    zarur.  Ta’lim-tarbiya    haqidagi    bu  

fikrlar  yosh  avlodni komil  inson  qilib  voyaga  yetkazishda  xizmat  qiladi. Abu  

Ali  ibn  Sinoning  fikricha,  insonning  aqlan barkamol,  jismonan  yetuk,  axloqiy  

–  ma’naviy  boy  bo‘lishida  tarbiyaning  barcha  turlarini  uyg‘unlashgan holda  

olib  borilishi  katta  ahamiyatga  ega  ekanligini ta’kidlaydi. Tarbiyaning  asosiy  

vazifasi–shaxsning    aqliy,  axloqiy    erkin    fikrlovchi    va    jismoniy    rivojlanish, 

uning    qobiliyatlarini    har    tomonlama    ochish    uchun  imkoniyat    yaratishdir.  

Buning  uchun: 

-  yoshlarni  erkin  fikrlashga  tayyorlash

-  hayot  mazmunini  tushunib  olishga  ko‘maklashish; 

-  o‘zini  o‘zi  idora  va  nazorat  qila  bilishni 

shakllantirish; 

-  o‘zining  shaxsiy  turmushga  maqsadli  yondashuvi

-  ularda  reja  va  amal  birligi  hissini  uyg‘otish; 

-  o‘quvchilarni  milliy,  umuminsoniy  qadriyatlar 

va  vatanimizning  boy  ma’naviy  merosi  bilan 

tanishtirish; 

-  madaniy  hamda  dunyoviy  bilimlarni  egallashga 

bo‘lgan talablarni shakllantirish  - malaka hosil 

qildirish,  tobora  o‘stirib-boyitib  borish  va  estetik 

tushunchalarni  shakllantirish; 

-  har  bir  o‘smirning  bilimdonligini  va  ijodiy imkoniyatlarini  aniqlab,  ularni  

rivojlantirish kerak. 



30 

 

Yoshlar    faoliyatining    turli   sohalarida    joriy  qilib   ko‘rish lozim.   Bolalar 



ijodini,  iqtidorini yuzaga  chiqarish  va  yanada  qo‘llab-quvvatlash  uchun doimo  

shart-sharoitlar    yaratib    berishimiz    zarur.  Farzandlarimizda    inso  np  arvarlik   

odobi me’yorlarini   shakllantirish,  bir- birini tushunadigan,  o‘zaro  mehribonlik,  

irqiy    va    milliy  kamsitishlarga    toqatsizlik    va    muomala    odobini  o‘rgatib,  

ularning  ongiga  singdirib  boriladi. Tarbiyaning  avvalo  turgan  o‘rni  uyda,  oila 

ichida,  keyingisi  maktablardadir.  Shunday  bo‘lsa ham,  lekin  tarbiya  eng  ko‘p  

oilaviy    muhitga    va    ota-onaga    tegishlidir.    Tarbiyaning    yaxshi    bo‘lishi 

tarbiyachilarning    nechog‘lik    yetuk    bo‘lishi    ularning  yetarli    darajada    tarbiya  

ko‘rganligiga    bog‘liqdir.  Yoshlar,    jumladan    talaba–  o‘quvchilar,      voyaga 

yetmaganlar    ta’lim    –    tarbiyasi    bilan    shug‘ullanuvchi  muassasalar,    idoralar,  

komissiyalar,    mahalliy  tashkilotlar    tarbiyaviy    ishlarni    amalga    oshirishda 

izchillik      va    nazoratni    to‘la    ta’minlaganligi  natijasida    huquqbuzarlik  ,   

aqidaparastlik illatlarining  oldi  olinayapti

 

Yoshlarni  insoniy  fazilatlar  ruhida  tarbiyalashda  muqaddas  kitob  Qur’oni 



Karim,  Hadisi  sharifdan  foydalanash  juda  muhim.  Mahmud  Qoshg‘ariyning 

«Devoni  lugatit  turk»,Yusuf  Xos  Xojibning  «Qutadg‘u  bilik»,  Ahmad 

Yugnakiyning  «Hibatul  haqoyiq»,  Kaykovusning  «Qobusnoma»,  Ahmad 

Yassaviyning  «Hikmatlari»,  Alisher  Navoiyning  shoh  asarlari,  hikmatlari  muhim 

tarbiyaviy  ahamiyatga  ega.  Manaviy  qadriyatlar  va  g‘oyalar  har  hil  millat 

talabalarini  birlashtiradi,  o‘quv  va  mehnat  faoliyatlarini  uyushtirishda  yordam 

beradi.    Xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy merosini 

chuqur bilmasdan,  milliy  o‘zlikni  anglash,  milliy  g‘urur  tuyg‘usini qaror toptirish 

mumkin  emas.      O‘zbek  xalqi  ko‘p  asrlik  tarixiy  taraqqiyotida  katta  madaniyatni 

yaratdi.  U  yaratgan  boyliklar  yoshlar  tarbiyasida  muhim  vosita  bo‘lib  hizmat 

qiladi.  Ismoil  Al-Buxoriy,  al-Xorazmiy,  Beruniy,  Forobiy,  Abu  Ali  Ibn  Sino 

Fariddin  Attor,  Marg‘iloniy  Alisher  Navoiy,  Nizomiy  Ganjaviy  va  boshqa  buyuk 

mutufakkirlarning  asarlari  orqali  o‘quvchilar  go‘zal  axloq,,  baxt,  insof,  poklik, 

iffat,  sabr-matonat,  mehr-shafqat,  ota-onani  hurmat  qilish  qoidalari  haqida  keng 

tasavvurga  ega  bo‘ladilar.    Insoniylik  o‘z  tarkibiga  insonning  eng  yaxshi  axloqiy 


31 

 

xususiyatlarini,  ya’ni  odamlar  o‘rtasida  o‘zaro  yaxshi  munosabatda  bo‘lish, 



do‘stlik, ota-onaga sadoqatlik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab 

oladi.  Ota-bobolarimiz  bolalarda  yoshlikdan  ana  shunday  go‘zal  fazilatlarni  qaror 

toptirishga katta ahamiyat berganlar. 

O‘zbek  oilasida  bola  tarbiyasi  haqida  gapirganda,  keyingi  avlodlarga 

boy  meros  qoldirgan  O‘rta  Osiyoning  buyuk  mutafakkirlarini  eslash 

muhimdir.  Ular  hozirgi  kunlarimizda  ham  o‘z  ahmiyatini  yo‘qotmagan 

tarbiya,  shaxsni  kamol  toptirish,  oilada  bolani  tarbiyalashning  yo‘llari 

haqida  qimmatli  fikrlarni  bayon  etganlar.  Bir  yigit  Ibn  Sinodan  «Bola 

tarbiyasini  qaysi»  yoshdan  boshlash  kerak?  –  deb  so‘rabdi.  Ibn  Sino: 

«O‘g‘lingiz  necha  yoshda»  deb  savol  beribdi  va  uning  bir  yarim  oylik 

bo‘ldi,  degan  javobini  eshitgach  «Siz  bir  yarim  oy  kechikibsiz?»  -  debdi. 

Bugungi  kunda  bolani  haqiqatan  tug‘ilgan  kunidan  boshlab  tarbiyalash 

kerakligiga  hech  kim  shubha  qilmaydi,  bu  bizning  psixologlarimiz  va 

pedagoglarimiz tomonidan isbotlangan. 

Abu Ali Ibn Sino oilaviy tarbiyaning umumiy asoslarini bayon etishga 

harakat  qilgan.  «Aga  oila  tarbiya  usullaridan  to‘g‘ri  foydalansa,  -  deb 

yozgan edi olim,  -  o‘z hayotida baxtga erishadi». Buning uchun tarbiyaning 

to‘g‘ri  metodlari  bayon  etilgan  «Tadbiri  manzil»  kitobida  aks  etg an.  Ibn 

Sino  oilada  bolani  tarbiyalash,  ahvolidan  qat’i  nazar,  ota-onaning  asosiy 

burchi deb hisoblangan, o‘z qusurlarini bartaraf qilgan kishigina boshqalarni 

tarbiyalashi mumkinligini ta’kiflagan. Ibn Sino bolani tarbiyalash omillarini 

tahlil  qilib,  ulardan  eng  to‘g‘risi  –  bolalar  bilan  birga  bo‘lish  va  ijobiy 

misollardan  foydalanib,  alohida0alohida  suhbatlashish,  uning  izzat  nafsiga 

tegmaslik, deb o‘qtirgan.  Ibn Sino tarbiyada otaning rolini ifodalashga kata 

ahamiyat  bergan.  «Ro‘zg‘orshunoslik»  kitobida  «Otaning  bolalarga 

munosabati»  degan  bob  bor.  Unda  olim  jumladan:  «Onalar  o‘z  tabiatlariga 

ko‘ra  yumshoq  ko‘ngildirlar  va  o‘zlarining  erkalashlari  bilan  bolaning 

xarakterini  buzadilar»,  -  deydi.  Ibn  Sinoning  fikricha,  oilada  asosiy 

tarbiyachi ota bo‘lishi, u maqsadga erishmoq uchun bolani ba’zan jazolashi, 


32 

 

ba’zan  rag‘batlantirish,  vaqti-vaqti  bilan  maqtashi,  ba’zan  tanbeh  berish, 



vaqtida qo‘rqitib qo‘yish, hatto jismoniy jazolashi lozim.     

Oilada  bola  tarbiyasi  to‘g‘risida  Alisher  Navoiyning  ajoyib  fikrlari 

bor. Navoiyning fikriga ko‘ra, eng muhimi bolalarni sevish, «Bolaga, degan 

edi ulug‘ shoir, - kichikligidan boshlab yoshini hisobga olgan holda axloqiy 

tarbiya  bermoq  zarur»

3

.  taniqli  shoir  va  pedagog  Abdulla  Avloniy  oilada 



bolalar  tarbiyasi  to‘g‘risida  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  ajoyib  fikrlarni 

bayon  qilgan.  O‘zining  «Yashnagan  o‘lka  va  ahloq»  degan  kitobida 

yozganidek,  bolaning  sog‘lig‘i  va  baxti  avvalo  uning  yaxshi 

tarbiyalanishiga,  badanining  tozaligiga,  e’tiqod  hosil  qilishiga,  yaxshi 

xulqqa 

ega 


bo‘lishiga, 

uni 


g‘ayriaxloqiy 

xatti-harakatlardan 

ogohlantirilishiga  bog‘liq.  Bolani  tarbiyalashni  tug‘ilgan  kunidanoq 

boshlash  zarurligi  quyoshday  ravshan  va  aniq,  uning  organizmini 

mustahkamlash,  aqliy  qobiliyatini  donishmandlik  nuri  bilan  yoritish,  uni 

axloqiy kamol toptirish, xotirasini mashqlantirish kerak.  

Bola tarbiyasi bilan birinchi navbatda ota-onalar shug‘ullanishi lozim. 

«Bolalarni tarbiyalash  – onaning burchi va otaning muqaddas majburiyati». 

Mashhur pedagog Hamza Hakimzoda Niyoziy oila tarbiya si masalasini, ota-

onalar bilan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalasini yangicha tahlil 

qildi.  U  birinchi  navbatda  tan  jazosini  qo‘llashga  qarshi  chiqdi,  uning 

fikricha,  tan  jazosi  bola  ruhini  razil  yoki  yovuz  va  qaysar  qilib  qo‘yadi. 

Hamza  oila  tarbiyasida  bolalar  bilan  ko‘proq  bog‘langan  onalarning  rolini 

yoritishga  kata  ahamiyat  beradi.  Ona  o‘z  bolasiga  mehr-muhabbat  va 

mohirlik  Bilan  ta’sir  ko‘rsatib  borishi  zururligini  o‘qtiradi.  Bolalar  va 

yoshlarga  ishontirish  vositasi  bilan  burch  tuyg‘usini  singdirish  lozim,  deb 

hisoblaydi. 

Hamza  Hakimzoda  Niyoziy  ota-onalarning  bolani  tarbiyalashdagi 

rolini yuqori baholab, «avvalo ularning xulqi namunali, qusursiz bo‘lmog‘i, 

ular  yuksak  axloqiy  sifatlarga  ega bo‘lishlari  zarur»,  -  degan.U  farzandlarni 

                                                           

3

  



33 

 

tarbiyalash bilan shug‘ullanmaydigan hamda o‘zlarining nomunosib xulqlari 



bilan  ularning  axloqiy  rivojlanishlariga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadigan  ota -

onalarni  keskin  tanqid  qilgan  edi.  U  o‘z  farzandlarini  tarbiyalamay,  ularni 

faqat  moddiy  ta’sinlanishi  to‘g‘risida  g‘amxo‘rlik  qiladigan  ota-onalarga 

qattiq  tanbeh  berar  edi.  Hamza  «O‘z  bolalarni  yomon  tarbiyalagan  onaning 

jazosi»  hikoyasida  bolalarni  yomon  tarbiyalashning  fojiaviy  oqibatini 

tasvirlaydi.  Unda  o‘g‘lining  o‘g‘rilik  qilishdan  ko‘z-yumgan,  aksincha,  uni 

bu  ishga  rag‘batlantirgan,  o‘g‘li  qo‘lga  tushib,  osishga  hukm  qilingan 

onaning  ayanchli  ahvoli  bayon  qilingan.  Hamza  o‘z  hikoyasini  «Agar 

farzand yomon bo‘lsa, bunga ota-onalar sababchi», - degan so‘zlarni aytgan. 

Hamzaning  ta’kidlashicha,  axloqiy  poydevori  oilada  qo‘yiladi  va ota-

onalar  buning  uchun  javobgardir.  «Agar,  -  deydi  Hamza,  -  ota-onalar  o‘z 

farzandlarini  ilk  yoshidan  boshlab  yaxshi  tarbiya  qilganlarida  edi  – 

zabonlarimizni  yolg‘ondan,  qo‘llarimizni  jinoyatdan  tiygan,  quloqlarimizni 

tuhmat  va  g‘iybatdan  asragan,  ular  bizni  har  qanday  yomonlik  va 

baxtsizlikdan saqlagan bo‘lur edilar». 

Istiqlol  va  ozodlik  uchun  kurashgan  jadid  ziyolilaridan  biri,  shoir 

alloma  Abdurauf  Fitrat  ham  jamiyat  rivoji  va  millat  taqdirini  oila  taqdiri 

bilan,  ularning  mustahkam  va  farovon  bo‘lishi  bilan  bog‘liqligini  o‘z 

asarlarida  qayta-qayta  ta’kidlaydi.  «Har  bir  millatning  saodati  va  izzati, 

albatta,  shu  xalqning  ichki  intizomi  va  totuvligiga  bog‘liq.  Tinchlik  va 

totuvlik  esa,  shu  millat  oilalarining  intizosiga  tayanadi.  Qaerd a  oila 

munosabatlari  kuchli  intizomga  tayansa  mamlakat  va  millat  ham  muncha 

kuchli  va  muazzam  bo‘ladi»,  -  deb  yozadi  Fitrat.  Abdurauf  Fitrat  Sharq  va 

G‘arb  olimlarining  asarlarini  o‘rganib,  1914  yilda  «Oila  yoki  oila 

boshqarish  tartibi»  nomli  oila  masalasidagi  mukammal  yo‘riqnomani 

yaratadiki, u hozirgi kunimiz uchun ham o‘ta dolzarb va ahmiyatlidir.  

Fitrat  turmush  qurish  yoshi,  homiladorlik  va  xomilador  ayollarga 

munosabat haqida tibbiyot nuqtai-nazardan kelib chiqib fikr yuritadi. U bola 

tarbiyasini  ona  qornidaligidayoq  boshlashni  maslahat  beradi:  Ona  qornida 


34 

 

bola  paydo  bo‘lganidan  so‘ng  uning  hayot-mamoti  ota-onaga  bog‘liq. 



Shuning  uchun  ham  ular  bolaning  nobud  bo‘lishiga  olib  keladigan  ishlarni 

qilmasliklari  shart.  Masalan,  homiladorlikning  ikkinchi  oyid an  to‘rtinchi 

oyigacha  ko‘p  onalar  bola  tushiradilar.  Buning  sabablari  qo‘rquv, 

kamquvvatlik, og‘ir ishlarni bajarish va ko‘p qayg‘urish bo‘ladi. 

Homilador  ayolning  gigienasi,  uning  toza-bahavo  joylarda  dam  olish, 

iste’mol  qilishi  lozim  bo‘lgan  taomlari  haqida  ham  muhim  ko‘rsatmalar 

beriladi.    Abdurauf  Fitratning  oila  va  oilaviy  munosabatlarga  oid  ayrim 

fikrlarigina  keltirdik.  Uning  farzand  tarbiyasi  to‘g‘risidagi  fikrlari  hozirgi 

kunimiz  uchun  ham  dolzarb  bo‘lib,  ularning  barcha  ijobiy  va  ibratli 

tomonlarini hayotimizda qo‘llashimiz mumkin. 

Sadriddin  Ayniy  o‘z  ma’rifatparvarlik  qarashlarida  vatanparvarlik, 

insonparvarlik,  xalqparvarlik  g‘oyalarini  ilgari  suradi.  Uning  fikricha, 

tarbiyaning  asosiy  maqsadi  bolani  vatanga,  xalqqa  sadoqatli  qilib  kamol 

toptirishdir.  U  ijodiy  va  ma’rifiy  faoliyatlarida,  o‘qish  kitoblarida  bu 

g‘oyani  bolalar  ongiga  singdirishga  harakat  qildi.  Ayniy  xalqning  aql -

zakovatini,  kuch-qudratini  o‘zaro  do‘stlikda,  mehr  oqibatda  ko‘rdi, 

bolalarda xalqqa xos bu fazilatlarni tarkib toptirish ga da’vat etadi. 

Ayniy  axloqiy  tarbiyalangan  bola  hech  vaqt  yolg‘on  gapirmasligini 

hamma  vaqt  chin  so‘zli,  sof  vijdoli  bo‘lishini  aytadi  va  saxiylik, 

hayrixoxlik, kamtarlikni axloqiy fazilat hisoblaydi va tarbiyada bolalarda bu 

sifatlarni  rivojlantirishni  o‘qtiradi.  Ayniy  ahloq  haqidagi  qarashlarida 

kamtarlikni eng yuksak insoniy fazilat ekanligini alohida ta’kidlaydi. Uning 

o‘qtirishicha,  bolalarning  kamtarlik  ruhida  tarbiyalashda  shaxsiy  namuna, 

o‘rnak bo‘lishi muhim omildir. Ayniy mehnatni ulug‘laydi, mehnat insonga 

hurmat, obro‘, baxt baxsi eshitishini ta’kidlab oilada bolani yoshlik bahtidan 

mehnatga  ko‘niktirish  kerakligi  aytadi.  Navoiyning  o‘qdirishicha, 

tarbiyaning  maqsadi  yosh  avlodni  xalqparvar,  bilimli,  eng  yaxshi 

fazilatlarga  ega  kishi  qilib  yetishtirishdir.  Navoiy  bolaning  voyaga 



35 

 

yetishishida,  kamol  topishida  tarbiyaning  kuchi  va  qudratiga,  tarbiya -



natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo‘lib o‘sishiga ishonadi. 

Navoiyning  o‘qtirishicha,  yosh  bola  yaxshi  nima-yu,  yomon 

nimaligining  farqiga  bora  olmaydi,  chunki  uning  tushunish  fikrlash, 

muhokama  qilish  qobiliyati  o‘smagan  bo‘ladi.  Shu  sababli,  u  o‘z 

xususiyatiga  ko‘ra,  biror  salbiy  ta’sir  natijasida  yaramas,  noto‘g‘ri  yo‘lga 

tushib  ketishi  mumkin.  Demak,  bolani  juda  kichik  yoshidan  boshlab 

tarbiyalamoq  darkor.  Bunda  Ibn  Sino  bolada  axloqiy  xislatlarni  mehnat, 

jismoniy va aqliy tarbiya bilan uzviy birlikda shakllantirishni bolani haqiqiy 

inson  qilib  kamol  toptirishda  asosiy  omil  deb  biladi.   Ibn  Sino  ahloqiy 

tarbiyada  eng  muhim  vositalar  bola  bilan,  nafsiga,  g‘ururiga  tegmagan 

holda,  yakkama-yakka  suhbatda  bo‘lish,  unga  nasihat  qilishni  ma’qul  usul 

hisoblaydi.  Nasihat  qilishda  suhbatdoshga  nihoyatda  hurmat  Bilan 

yondoshish, uni kamsitmaslik, ortiqcha so‘z aytib, uni zeriktirmaslik kerak.  

Bir  xil  nasihatlarni  qaytaraverish  bolaga  ta’sir  qilmaydi.  U  deydi:  «Sening 

fikrlaring (bolaning)yuragiga yetib borib, unga o‘ylab, fikr yuritib ko‘rishga 

imkon  berish.  .  .  Agarda  suhbatdoshning  yoki  do‘sting  sening  so‘zlaringga 

va  nasihatingga  e’tibor  bermayotganini  sezsang,  suhbatni  boshqa  vaqtga 

ko‘chir». Ibn Sinoning fikricha, bolaning tarbiyasi  – bu izchil va asta-sekin 

amalga oshiriladigan tartibdan iboratdir. 

 


36 

 

2 BOB. Oilada farzand tarbiyasining o‘ziga xos  psixologik mexanizmlari. 



2.1.Ota-onalik psixologiyasi va tarbiya shakllari. 

Oilada  bolalarni  axloqiy  shakllantirish  bolaning  tug’ilishidan  boshlanadi.U 

ko’pgina omillar ta`sirida tarkib topadi. Bu omillar oilaviy  munosabatlar xarakteri, 

ota-onalarning namunasi, ulardagi ta`lim darajasi, umum madaniy saviyasi, hamda 

ularning  pedagogik  madaniyati  va  nihoyat  oilaviy  hayotning  tashkil  etilishidan 

iborat.    Bu  omillar  oilada  bolani  axloqiy  tarbiyalashning  mazmunini  tashkil  etadi 

va ular bir qator pedagogik xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Bular qo’yidagilardan 

iborat:   

1).  Ayrim  oilalarda  bolalarning  tarbiyasi  faqat  onalar  zimmasida,  ota  esa  bu 

ishdan  o’zlarini  chetga  oladilar.  Go’yo  farzandlarini  bog’cha,  maktab  tarbiyalab 

berishlari shart. 

2). Ota-onalar bolalariga birdek, munosabatda bo’lishlari, bir xil mehribon va 

g’amxo’r,  talabchan  va  qattiqqo’l  bo’lsalar  bolalar  hayoti  butun  va  mukammal 

bo’ladi. Biri talab qilganda ikkinchisi yonini olsa, tarbiya buziladi. 

3).  Ko’pgina  ota-onalar  bolalarini    tarbiyalash  borasida  o’z  vazifa  va 

burchlarini  to’la  his  qilmaydilar  boshqacharoq  aytganda  ularda  pedagogik 

tayyorgarlik  etishmaydi.  Zotan  oilaviy  tarbiya,  avvalo  ota-onalarining  o’zlarini-

o’zlari tarbiyalash demakdir. 

4).  Oila hayotini to’g’ri tashkil qilish oilada sog’lom axloqli muhitni yaratish 

lozim.  Bu  ishda  hech  qanday  mayda  chuydalar  bo’lmasligi  kerak.Har  bir  narsa 

bolaga ta`sir qiladi.Ana shu ta`sir natijasida salbiy yoki ijobiy odatlar, turlicha xulq 

atvorlar  paydo  bo’ladi.Ota-onalarning  har  bir  hatti-xarakatini  bolalar  kuzatib 

turadi.Shuning  uchun  bolaga  u  yoki  bu  ishni  qil  yoki  qilma  qabilidagi  o’rgatish 

yo’li bilan tarbiyalayman deb uylamaslik kerak. 

5). Xar bir ota-ona bolasini barkamol inson bo’lishini istaydi. Farzandlarining 

barkamol  inson  bo’lishidan  nafaqat  ularning  o’zi,  balki  jamiyat  ham 

manfaatdir.Ota-onaning fuqarolik burchi ham shuni taqozo etadi.Shunga ko’ra ota-

ona  eng  avvalo,  mamlakat  uchun  bulajak  fuqaroni  tarbiyalayotganini  unitmaslik 

lozim. 


37 

 

6).  Ota-ona  shaxsining  o’zi  bola  tarbiyasida  muhim  rol  o’ynaydi.  Ularning 



oqilona o’gitlari, pand – nasixatlarini hech biri, ularning shaxsiy namunasi o’rnini 

bosa  olmaydi.  Bolalarning  axloqiy  fazilatlarining  tarkib  topishda  oiladagi  o’zaro 

ahillik  halollik  va  rostgo’ylik,  o’zaro  ishonchning  mavjudligi  umuman  sog’lom 

axloqli muhit muhim ahamiyatga ega. 

7).  Oilada  bolalarni  sevish,  ularni  shaxsiyatini  hurmat  qilish  va  hech  qachon 

ularning  izzat  -  nafsiga  tegmaslik  zarur.  Bunday  jazolash  usuli  bola  nafratini 

kuchaytiradi. 

8).  Har  bir  oilada  uning  o’ziga  xos  bo’lgan  an`analari  mavjud  bu  an`analar 

bola  ongiga,  uning  xulq-atvoriga  juda  kuchli  ta`sir  qiladi.  Masalan:  oila 

a`zolarining  tug’ilgan  kunlarini  o’tkazish,  qarindosh-urug’lar  holidan  xabar  olish 

va hokazolar. 

9).  Bola  tarbiyasida    ota-onaning  ishxonasidagi  mahala  va  qo’ni-qo’shnisi 

oldidagi  obro’yi  ham  katta  rol  o’ynaydi  va  bolalarida  ularga  nisbatan  faxrlanish 

hissini  uyg’otadi.  Ular  shu  ruhda  tarbiyalanadilar.  Shunday  qilib,  oilaviy 

tarbiyaning  o’ziga  xos  xususiyatlari  va  ta`sir  qilish  omillari  mavjud.  Bularni 

hisobga  olmasdan  turib,  bola  tarbiyasini  oilada  yaxshi  yo’lga  qo’yish  mumkin 

emas.Buning uchun avvalo ota-onalarning o’zlari tarbiyalangan bo’lishlari lozim. 

Oiladagi  tarbiyani  yuqoridagi  xususiyatlarini  hisobga  olish,  bolani  axloqiy 

jihatdan  tarbiyalashda,  milliy  axloqiy  qadriyatlardan  foydalanishning  mohiyatiga, 

uning  o’ziga  xosligi  va  ahamiyatini  tahlil  qilishga  yordam  beradi.  Milliy 

mustaqillik sharoitida jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy hayotida 

yuz berayotgan o’zgarishlar tabiiy ravishda va qonuniy tarzda xalqning ravnaqiga 

yo’l  ochdi,  mustaqillikni  mustahkamlashga  samarali  ta`sir  ko’rsatdi.  Natijada  bu 

tarixiy  jarayonlar  oilada  bola  tarbiyasida  ham  o’z  aksini  topa  boshladi.Buning 

uchun ota-onalarning o’zida milliy qadriyatlarga nisbatan munosabat o’zgarmog’i 

lozim.  Ular  bolalarini  ota-bobolarning  pand-nasihatlari,  o’gitlari,  tajribalari 

asosida, eng yaxshi va oliyjanob an`analar ruhida tarbiyalab kelganlar. 

Ularning dono fikrlari va turmush saboqlari davrlar g’alviridan o’tib saralanib 

bizgacha  etib  kelgan.  Lekin  hozirgi  kunda  o’zbek  oilalarida  bola  tarbiyasi 


38 

 

borasidagi  salbiy  holatlarni  uchratish  mumkin.  Masalan:  ayrim  ota-onalar 



farzandlarini  bemehrligidan  nolishadi.  Yomon  yo’lga  kirib  ketgan  farzandlari 

xususida  ko’pchilik  ota-onalarning  fikrlari  bir  xil:  «o’z  bilganidan  qolmaydi, 

hurmat qilishni bilmaydi. Xush o’sha bemehr bolaning otasi yoki onasini tarbiyali 

desa  bo’larmikan.  Ishdan  so’ng  dam  olish  kunlari  ota-choyxonada,  ona    ham 

«ishbilarmonlik» ga shung’ib  ketib,  go’yo  bola haqida tinmay  qayg’urib,  boshini 

har eshikka urayotgan bir paytda, oilada bola tarbiyasi bilan kim shug’illanadi? ». 

Tarbiyasi og’ir bolalarni ko’payib borayotgani sir emas. Buni kelib chiqishini 

tashqi  va  ichki  sabablari  mavjud.  Ota-onasi,  qarindosh-urug’i  bo’la  turib,  gohida 

bolalar  «bolalar    uyi»  ga  topshirilmoqda.  Qachondan  beri  bizning  xalqimiz 

«bolalar uyi» degan atamani qo’llay boshladi? 

«O’nta  bo’lsa,  o’rni  boshqa»  deya  bir  etak  farzandni  tarbiyalab  voyaga 

etkazgan  ota-bobolarimizning  siri  nimada  ekan?Ko’p  bolali  bo’lish  bolajonlik 

qilish o’zbeklarga xos milliy xususiyat hisoblanadi.Bugungi kunda ana shu milliy 

xususiyat  kelajak  avlodni  axloqiy  jihatdan  tarbiyalashda  juda  qo’l  keladi.Negaki 

oilada  aka  –  ukasini,  opa-singilisini  etaklab  katta  qiladi,  bilganini  o’rgatadi.O’sib 

uyg’onayotganlarida  biri-birini  qo’llab-quvvatlaydi,  bir-biriga  yordam  beradi. 

Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, ko’p bolali oilalarda ko’pincha, mehnatsevar o’zaro 

inoq  va  aqlli-xushli,  axloq  odobli  farzandlar  o’sar  ekan.  Sog‘lom    avlodni  

tarbiyalashda    oilaning    urni    muhim    va    betakrordir.    Inson  salomatligi    va  

ma’naviy  kamolotining  birinchi  poydevori  oilada  qo‘yiladi.  Bu  borada  o‘zbek  

xalqining    oilada    farzand    tarbiyalashdagi    tajribasi    diqqatga    sazovardir.    Bu  

tajribada    milliy    tarbiya    an’analari,    inson    ma’naviyatini    shakllantirish    bilan  

bog‘liq   bo‘lgan   umuminsoniy,    diniy    qadriyatlar   ham    o‘z    ifodasini   topgan.  

Mustaqillik  sharoitida  oilada  farzand  tarbiyalash  borasidag  an’analarimiz  davr  

ruhi  va  ehtiyojlari  bilan  bog‘lanib  yanada  kattaroq  ahamiyat  kasb  etmoqda.  

Shu    sababli    oilani    mustahkamlash,    uning    ma’naviy  –  axloqiy    tarbiya  

borasidagi    ahamiyatini    kuchaytirish    masalasi    davlat    siyosaida    tobora    katta 

o‘rin    olmoqda.    O‘zbekistonning  birinchi      prezidenti  I.A.Karimov    bu  masala  

bo‘yicha  quyidagi  fikrni  aytadi:  “Yoshlarimizni  har  tomonlama  sog‘lom  va  


39 

 

barkamol    etib    tarbiyalash,    hayot    abadiyligi,  avlodlar    davomiyligini  



ta’minlaydigan  ma’naviyat  qo‘rg‘oni  bo‘lmish  oilani  mustahkamlash  bugungi  

kunda    barchamizning    nainki    asosiy    vazifamiz,    balki    insoniy    insoniy  

burchimizga  aylanishi  darkor” 

i

.     Darhaqiqat,  inson  ma’naviyatining  birinchi  



kurtaklari  oilada  shakllanadi  Oila  mustahkam  bo‘lishi, uning  ahloqiy, huquqiy  

asoslari  barqarorligi  komil  insonni  tarbiyalashning  birinchi  zaminidir. 

Har  bir  ota – ona  farzandini  barkamol  bo‘lib  voyaga  yetishini  istaydi.  

Farzand    tarbiyasi    qo‘ni  –  qo‘shnilar    ta’siri,    mahallalardagi    muhitga    ham  

bog‘liqligi    sababli    o‘zbeklar    barcha    davrlarda    jamoatchilikfikriga    befarq  

qaramagan. “Hovli  olma, qo‘shni  ol”, “Qo‘shning  tinch  bo‘lsa, sen  ham  tinch”,  

degan    maqollar    ham    ijtimoiy    muhitning    inson,  jamiyat    hayotidagi    o‘rnini,  

ahamiyatini    yuksak    daajada    ifodalangan    hikmatlaridir.  Shuni      ta’kidlash  

kerakki,  oilaviy    tarbiyaning    samaradorligi    bolalarning    tarbiyasi    uchungina  

sarflangan  vaqt  bilan  o‘lchanmay,  balki  oilaning  ijtimoiy  bosqichi  bilan,  ota – 

onalarning  mahalladagi  obro‘si  va  ularning  ma’naviy – ahloqiy  darajasi  bilan  

aniqlanadi.    Bundan    ota  –  onalarning    katta    kishilarning    yoshlar    tarbiyasi  

yuzasidan    burch    va    ma’suliyatini    chuqur    his    qilishlari    yetakchi    mezondir.  

Aniqroq  qilib  aytganda, oila  davrasida,  mahallada  ota – onaning  ijobiy  fazilat  

va    munosabatlari    bolalarning      to‘g‘ri    tarbiyalanishini    birlamchi    va    zaruriy  

shartidir. Farzandlarning har tomonlama yetuk bo‘lib voyaga yetishlarida ota-ona, 

oilaning  boshqa  a'zolari  dunyoqarashlari,  hayotiy  yondashuvlari  va  ma'naviy 

dunyosi  o‘ziga  xos  o‘rin  tutadi.  Qadimdan  shunday  gap  qolgan  "Qush  uyasida 

ko‘rganini  qiladi"  ya'ni,  ha  ota-onasiga  tortibdi,  deyishadi.  Yaxshi  xulq  ham 

yomon xulq ham bolalarga avvalo ota-onalaridan o‘tadi. Demak har bir ota-ona o‘z 

farzandiga yaxshi hislatlarni bolaligidan singdirgani ma'quldir. Shunda u ulg’aygan 

sari  oriyatli,  nomusli,  burchini  his  qiladigan,  xushmomala,  odobli,  bemorlarga 

hamdard bo‘ladi. "Xadisi sharifda" "Sabr va bardosh Tangridan, shoshqoloqlik esa 

shaytondandir" degan ulug‘ so‘zlarni eslab o‘tish joizdir.   Insonning qanday kishi 

bo‘lib  yetishishi  ko‘p  jihatdan  oila  tarbiyasiga,  ota-ona  mas'uliyatiga,  vijdoniga, 

shuningdek  ota-onaning  bola  tarbiyasini  umumiy  qonuniyatlarini  yaxshi  bilishiga 



40 

 

va hamda ularga qanchalik amal qilayotganiga bog’liqdir. Oila tarbiyasidagi asosiy 



talablardan  biri  shuki,  oiladagi  katta  yoshli  hamma  kishilar  bolaga  qo‘yiladigan 

tarbiyaviy  talablarda  bir  yoqadan  bosh  chiqarib  ish  ko‘rishlari  kerak.  Ba'zan 

bolaning  onasi  yoki  buvisi  ruxsat  bergan  narsani  otasi  taqiqlab  qo‘yadi,  otasi 

bergan  jazoni  onasi  bekor  qiladi.  Bolaning  bir  qilig‘ini  buvisi  maqtasa  shu  qiligi 

uchun ota uni koyiydi va hokozo.Bunday munosabat tarbiyada xatoliklarning kelib 

chiqishiga  sabab  bo‘lishi  mumkin.  Bolalar  kattalarni  harakatlaridagi 

kelishmovchilikni  ko‘rib  mug‘ombirlik,  aldamchilik,  hushomadlik  qilishga 

odatlanadilar.  Bolaga  nisbatan  o‘zaro  kelishmagan  talablar  qo‘yilganda  u  o‘zini 

butunlay  yo’qotib  qo‘yadi  va  nima  qilishni  bilmay  qoladi.  Kattalar  o‘rgasidagi 

janjal  va  mashmashani  bola  ko‘rib  turishiga  aslo  yo‘l  qo‘yib  bo‘lmaydi.  Oilada 

bolaning  to‘g‘ri  tarbiyalamog’i  uchun  er  bilan  xotinni,  oiladagi  katta  yoshdagi 

kishilami  o‘zaro  maslahatlashib  bola  tarbiyasida  bir  xil  yo‘l  tutishlari  g‘oyat 

muhimdir.  Oila  a'zolari  o‘rtasidagi  ahillik,  o‘zaro  hurmat  va  g‘amxo‘rlik  bola 

tarbiyasiga  ijobiy  ta'sir  ko‘rsatadi.  Tarbiya  ishi  bilan  doimo  shug‘ullanish  kerak. 

Tarbiya  g’oyat  nozik,  ko‘p  va  darrov  ko‘rina  qolmaydigan  murakkab  ish.  Uning 

natijasi  birdaniga  yuzaga  chiqavermaydi.  Tarbiya  uzoq  muddatga  cho‘ziladigan, 

ota-ona  va  kattalardan  bilmdonlik,  qunt,    sabr-chidam  talab  qiladigan  jarayondir. 

Tarbiya  ishi  muntazam  shug‘ullanishni  taqozo  etadi.  Tarbiyada  paysalga  solish 

"keyin"  "vaqtim  yo‘q"  "bu  arzimas"  "mayda-  mayda"  deb  qarash  yaramaydi. 

Oilada  bolaning  dunyoqarashi,  aqliy  faoliyati,  mehr-  muhabbat  hissi,  vatanni 

sevish  va  vatanparvarlik  kabi  tuyg‘ulari  tarkib  topadi  va  takomillashib  boradi. 

Shunday  ekan,  «Yoshlik-beboshlik»  bo‘lishi  ham,  «Yoshlik-donolikning 

boshlanishi»  bo‘lishi  ham  farzandlarimizga  oilada  berilayotgan  tarbiyaga  ko‘p 

jihatdan bog‘liqdir. Ayniqsa, bu borada mutafakkirlarimizning benazir ta'limotlari, 

o‘gitlari,  asarlari,  o‘zlarining  hayot  yo‘llari  ibrat-namuna  sifatida  tarbiya  vositasi 

bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, «Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqshdir», 

«Yoshlikda o‘rgangan hunar - o‘zingga o‘ljaga qolar», «Yoshlikda bersin mehnat, 

qariganda bersin davlat», «Yoshlar xizmatda, kattalar hurmatda» va boshqa shunga 

o‘xshash  hikmatli  iboralar  katta  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega.  Mutafakkirlarning 


41 

 

o‘git-nasixatlariga ko‘ra,  oilada bolalarning  yoshlik  chog‘idanoq bilimga qiziqish 



uyg‘otish,  kitob  mutolaa  qilishga  odatlantirish,  shuningdek,  biror  kasb-hunarga 

mehr  qo‘yishga  o‘rgatish  kabi    qadriyatlarimizdan  unumli  foydalanishimizni 

taqozo etadi. Donishmandlarimiz farzandlar tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, har 

bir  yosh  oila  muhitida  quyidagi  fazilatlarga  ega  bo‘lishi  lozimligini  alohida 

ta'kidlaydilar: 

-  ota-ona va boshqa izzat-hurmatga ega zotlarning hurmatini joyiga qo‘yish; 

-  aka-uka, yor-do‘st, qarindoshlar va el-yurtga sadoqatli bo‘lish; 

-  o‘z vatani va xalqiga xizmat qilish; 

-  or-nomusi uchun kurashish; 

-  o‘z nomusi, obro‘-e'tiborini qo‘riqlash; 

-  o‘z oilasi or-nomusi uchun kurashish; 

-  oilasining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini ta'minlash; 

-  farzandining el-yurt, Vatan manfaati uchun xizmat qilish; 

-  farzandlarni shijoatli, g‘ayratli, matonatli etib tarbiyalash; 

-  oila  va  oila  a'zolarini  do‘stlar  davrasida  shafqat  va  e'tibordan  go‘zal 

odatlardan bahramand etish; 

-  bo‘sh vaqtini  foydali  ishlarga sarf  etish va  boshqalar. Donishmandlarning 

yaratgan  o‘git  hamda  pand-nasihatlari  bugungi  kunda  ham  o‘zining  tarbiyaviy 

ahamiyatini  yo‘qotmay,  ta'lim-tarbiya  ishida  o‘z  samarasini  bermoqda.  Oila 

tarbiyasi  -jamiyat  tarbiyasining  negizi.Ko‘p  millatli  O’zbekiston  aholisini  katta 

oilaning  a'zolari  deb  tushunish  mumkin.  Oila  xuquqiy  va  ma'naviy  -  axloqiy 

asoslar  negizida  barpo  etiladi,  unda  demokratik  tarbiya  negizlariga  asos  solinadi. 

Shu sababli o‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, 

balki  oila  a'zolari,  qarindosh-urug‘lari,  birodarlari  hamda  qo‘shnilarining  sihat-

salomatligi,  omonligi  to‘g‘risida  g‘amxo‘rlik  qilishni  birinchi  o‘ringa  qo‘yadi. 

O’sib  kelayotgan  yosh  avlod  tarbiyasida  yuqoridagi  holatlarga  e’tibor  bersak, 

o’ylaymanki,  jamiyatimizga  nafi  yetadigan  sog’lom  dunyoqarashli  kishilarni 

yetkazib berish ishiga o’z hissamizni qo’shgan bo’lamiz. 



42 

 


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling