Andijon davlat universiteti psixologiya kafedrasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
talim jarayonida oquvchi faoliyatini boshqarishning psixologik muammolari
73 3.2.Olingan natijalarning metodik taxlili O‘quvchilarning bilish qobiliyatlarini o‘stirishda didiatik o‘yinlarning roli katta. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda didaktik o‘yinlar alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham maktab islohotlarining asosiy yo‘nalishlarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga berilayotgan bilimlarni o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga muvofiq o‘yin tariqasida uyushtirilishi muhim a\amiyatga ega ekanligini qayd etadi. Darhaqiqat, o‘yin va maktab yoshidagi bolalarga o‘smirlarga ta’lim-tarbiya berishning tardision va sinalgan metodiga kiradi. Bu metodning qimmati shundaki,o‘yin faoliyatidagi ta’lim beruvchi va tarbiyalanuvchi funksiyalar o‘zaro uzviy bog‘langan bo‘ladi. O‘quvchilar faqat matematikadan programma materiallarini o‘zlashtiribgina qolmay, atrof muhitni, voqea va jarayonlarni kuzatishga, solishtirishga, fikrlashga o‘z xulosalarini asoslashga matematik til bilan so‘zlashishga o‘rganishlari kerak. O‘quvchilarda zarur bo‘lgan iqtidor va matematik malakalarning shakllanishini o‘yindan boshlash maqsadga muvofiqdir. Didaktik o‘yinlar darsga ishni indivtduallashtirish, har bir o‘quvchining kuchiga mos topshiriq berish, uning qobiliyatlarini maksimal o‘stirish imkoniyatini beradi. O‘yin o‘quvchilarda ma’suliyat, kollevivizm hissini tarbiyalaydi. O‘qituvchi programma mazmuniga muvofiq, o‘yin jarayonini tashkil qilishda o‘quvchilar faoliyatlarini aniq qilib planlashtirish, ularni qo‘yilgan maqsadga erishishiga yo‘naltirishi, topshiriq belgilangandan so‘ng uning qoidalarini ko‘rsatib berishi kerak. O‘qituvchi darsga tayyorlanishi jarayonida oldindan zarur didaktik materiallarni tayyorlab qo‘yishi, o‘yin vaqti, uni uyushtirishni nazorat qilishi, yakunlar va baholash kabi barcha tadbirlarni belgilab olishi kerak. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari avvalo didaktik o‘yinlardan o‘zlari xabardor bo‘lishlari va ulardan muvafaqqiyatli foydalanish yo‘llarini bilishlari lozim. Biz Asaka shahriga qarashli 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga bir necha savollar bilan murojaat qilib ularning 74 didaktik o‘yinlardan foydalanish darajalarini o‘rganishga qaror qildik. Jami 50 ta o‘qituvchiga anketa savollari bilan murojaat qildik. Anketadagi savollar quyidagicha bo‘lgan. 1. O‘quvchilarni bilimga qiziqtirishga didaktik o‘yinlarni ahamiyatini ayting? 2. Qanday didaktik o‘yinlarni bilasiz? 3. Qaysi sinflarda didaktik o‘yinlardan foydalanasiz? 4.Qaysi predmetlarni o‘qitishda ko‘proq didaktik o‘yinlardan foydalanasiz? 5. Ta’limning qaysi bosqichlarida didaktik o‘yinlardan foydalanasiz? 6. Didaktik o‘yinlarni tanlashda o‘quvchilar yordami bo‘la oladimi? 7. O‘yin bilan o‘qish bir-biriga bog‘liqmi? Bog‘liq bo‘lsa misollar ayting? Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling