Efir moylarini xossalarini aniqlash. Efir moylarini xossalarini aniqlashga ularning
tashqi ko‘rinishi - rangi, tiniqligi, hidi va mazasi kiradi. Agar efir moyining sifati past bo‘lsa
uning ko‘rsatgichlari o‘zgarib qoladi.
1. Rangi va tiniqligi quyidagicha aniqlanadi. Diamеtri 2 - 3 sm bo‘lgan rangsiz, tiniq
shisha silindrga 10 ml moy solib, o‘tuvchi nurda standart (solishtiruvchi) efir moyi bilan
solishtirib ko‘riladi. Ikkalasi bir xil bo‘lishi kеrak.
2. Hidini aniqlash uchun uzunligi 12 sm, kеngligi 5 sm bo‘lgan filtr qog‘ozga (chеtiga
tеgizmasdan) 0,1 ml (2 tomchi) moy tomiziladi.
Hidi shunday 2 chi qog‘ozga (standart) solishtiruvchi moy tomizilib, ikkalasini 1 soat
davomida har 15 minutda solishtirib turiladi.
3. Mazasini filtr qog‘ozga tomizib standart moy bilan solishtirib aniqlanadi. Undan
tashqari 1 tomchi moyni 1 gramm qand bilan aralashtirib, standartni ham shunday qilib mazasini
solishtirib aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |