Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


Download 0.51 Mb.
bet4/9
Sana02.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1319404
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
201- MATASHUVCHILAR SINFI Raxmidinova Shaxnoza

Spirogyra. A hujayra tuzilishi; B — narvonsimon matashish; Vyonbosh matashish; G — zigotaning usishi; U G — ur-g‘ochi gameta; EG — erkak gameta; X — xloroplast; Ya —yadro; MB markaziy vakuola; QV — kisqaruvchan vakuola.


Vegetativ ko‘payishi tallomning alohida qismlarga bo‘li-nishi yordamida sodir bo‘ladi. Hatto bitta hujayraning o‘si-shidan yangi ip hosil bo‘ladi.
Zignemalilar tartibining vakillarida jinsiy ko‘payish kon’yugatsiya yo‘li bilan boradi. Bularda narvonsimon kon’yu­gatsiya ko‘proq uchraydi (rasm, V; rasm, B; rasm, B). Ko‘payish vaqtida ularning ikkita ipi parallel turib, yonlari bilan bir-biriga yaqinlashadi. Ularning bir nechtasi qo‘shil-ganda narvonsimon ko‘rinishni oladi. Vndosh hujayralarda bir-biriga qaragan o‘simta hosil bo‘ladi. Usimtalarning uchi birlashgandan keyin o‘sib kanalcha hosil qiladi. Bir hujayraning protoplasti ikkinchi hu-jayraga ana shu kanalcha orqali oqib o‘tadi va bir-biri bi­lan qo‘shiladi. Qo‘shilish oldidan, birining protoplasti suyet, ikkinchisi kuchli siqila boshlaydi. Kuchli siqilgan hujayra protoplastida juda ko‘p miqdorda harakatchan vakuola hosil bo‘ladi, hujayra devori va protoplasti oralig‘ida to‘planadi. Natijada kuchliroq siqilgan hujayra proto­plasti bo‘shroq siqilgan hujayraga oqib o‘tadi (rasm B; rasm, B). Qo‘shiluvchi hujayralar orasida morfologik jihatdan farq bo‘lmasa ham, qabul qilgan hujayrani urg‘ochi, protoplastini bergan hujayrani erkak deb faraz qilish mum-kin. Bunday jinsiy jarayon morfologik jihatdan izogam bo‘-lib, fiziologik jihatdan anizogam deb ataladi.
Zignemalilarning boshqa turlarida, masalan, mujotsiyada protoplastning qo‘shilishi va zigotaning hosil bo‘lishi qo‘shi-lish kanalida sodir bo‘ladi.
Spirogira va zignemalarda protoplastning qo‘shilishi natijasida sharsimon zigota hosil bo‘ladi. Zigota uch qavat qa-lin pust bilan o‘ralib, tinim davrini o‘tadi. Yosh zigota mikroskopda qaralsa, ikkala qo‘shilgan protoplastning bir-biridan farqini ko‘rish mumkin. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin, erkak hujayra xromatoforalari buziladi. Zigota o‘sishidan oldin uning tarkibidagi yadrolar bir-biri bilan qo‘shiladi. Bu jarayonni spirogirad'a A. Trendle, zignemada L. I. Kursanov o‘rgangan. Zigota tinim davrini o‘tgapdan keyin, uning diploid-xromosomali yadros ibirin-ketin ikki marta bo‘linadi, natijada gaploid xromosomali to‘rtta hujayra hosil bo‘-ladi. Shulardan uchtasi erib ketadi, to‘rtinchisi o‘sib yangi o‘simlikka aylanadi.
Spirogira oson o‘sadi. Shuning uchun undan umumbiologik tajribalar qo‘yishda, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda keng foydalaniladi.
Rus olimi I. I. Gerasimov bo‘linayotgan spirogira hujayrasiga sovuq ta’sir ettirib, uning odatdagi holatini o‘zgarti-rishga erishgan. Ya’ni, sovuq ta’sirida bo‘lingan yadro o‘rtasida to‘siq hosil bo‘lmasdan, bo‘lingan yadro bitta hujayrada qol^ib, ikki yadroli hujayra hosil bo‘lgan. Bu ikki yadroli hujaira tez rivojlanib, gigant hujayraga aylangan. Yadrosiz hujayra zsa, tiriklik belgisini saqlab, assimilyatsiya jarayonini davom ettirgan, lekin bo‘linish xususiyatini butunlay yo‘qotgan. Bu tajriba bilan I. I. Gerasimov hujayra hayotida yadro-ning ahamiyatini isbotlagan.
Uzbekistonda mujotsiya turli suv havzalarida, ariqlar, ko‘lmak suvlar, hovuzlarda va kichik ko‘llarda keng tarqalgan bo‘lib, sariq-yashil rangdagi «baqato‘n» hosil qiladi. Zignema va spirogira kanallar va sekin oqadigan daryo suvlarida o‘sadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling