Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi
II BOB. DESMIDIUMLILAR TARTIBI — DESMIDIALES
Download 0.51 Mb.
|
201- MATASHUVCHILAR SINFI Raxmidinova Shaxnoza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Closterium. A
- Cosmarium. A — hujayraning ust tomonidan ko‘rinishi; B — hujayraning old qismi, V, G — hujayra-ning bo‘linishi.
II BOB. DESMIDIUMLILAR TARTIBI — DESMIDIALES
2.1 Klosterium -Closterium Bu tartib vakillari bir hujayrali, ipsimon tuzilishga ega. Ularning hujayrasi doimo simmetrik, bir-biriga o‘xshash va teng qismlardan iborat bo‘lib, markaziy «belbog‘» yordamida o‘zaro qo‘shilgandek ko‘rinadi (rasm, A). Yarim hujayralar har xil shaklda: uchlari o‘tkirlashgan silindrsimon (kloste-rium), yumaloqlashgan (penium), kesilgan (pleurotenium), zichlashgan (kosmarium) yoki disksimon (mikrasterias)' bo‘lishi mumkin. Closterium. A — hujayraning yon tomoidan ko‘rinishi; B — hujayraning ko‘ndalang kesimi; V — hujayra uchlaridagi poralardan shilimshiv, modda ajratilishi; G — matashish; D—YE matashish vosi-tasida qo‘shaloq zigota hosil bo‘lishi. Bu tartib vakillarining hujayra devori hamisha ikki bo‘lakli, chetlari qayrilgan, ikki simmetriyali bo‘ladi. Mikros-kopda qaralganda hujayra devorining tashqi qavatida temir zarrachalari to‘planib, har xil shakldagi o‘siqlar hosil qil-gani ko‘rinadi. Bu o‘siqlar orasida murakkab tuzilgan poralar bo‘lib, ulardan shilimshiq modda ajraladi. Hujayra chetla-rida yirik poralar bor, undan shilimshiq ajraladi va ajral-gan modda substratga urilganidan keyin hujayra sekin harakat qila boshlaydi. Ajralgan shilimshiq modda bir soat davomi-da chuvalchangsimon yoyilib, hujayradan ikki-uch marta uzun bo‘ladi (rasm, V). Hujayraning o‘rta qismida protoplast bilan xro-matoforlar orasida bitta yirik yadro joylashgan. Xromatoforlar-1 ning o‘rtasida pirenoid bo‘ladi. Ba’-zan xromatofor hujayra devori at-rofida joylashadi. Klosterium va pleurotenium turlarining hujayra uchlarida vakuola bo‘lib, unda gips krist'allari to‘planadi. Cosmarium. A — hujayraning ust tomonidan ko‘rinishi; B — hujayraning old qismi, V, G — hujayra-ning bo‘linishi. Ko‘payishi vegetativ va jinsiy yo‘l bilan boradi. Vegetativ ko‘pa-yishi hujayra belbog‘idan ko‘nda-&ug‘ langiga ikkiga bo‘linish bilan so-)) dir bo‘ladi (127-rasm, V, G). Na-:>o‘ tijada ikkita bola hujayra vujudga keladi. Ularning yetilmagan tomoni o‘sib, yana asta-sekin o‘z shaklini tiklaydi. Jinsiy ko‘payishi kon’yugatsiya. Desmidiumlilar tartibining bir hu-jayrali vakillariga klosterium (Closte-rium), kosmarium (Cosmarium), mikraste, (Micrasterias), staurastrum (Steurastrum) va eastrum (Eastrum) kiradi. Klosterium (Closterium, rasm, A) ning hujayrasi ur-chuqsimon, to‘g‘ri yoki kuchli ravishda egilgan, go‘yo yarim oy shak-lida. Hujayra markazida «belbog‘» qismi yo‘q. Hujayra po‘sti qalin, rangsiz yoki sarg‘ish, uchlarida yirik poralar bo‘ladi, ulardan tashqariga shilimshiqsimon modda ajraladi va suv ostidagi substratga urilganidan keyin «dumbaloq oshib» ha-rakat qiladi -rasm, V). Hujayraning o‘rta qismida mik-roskopda aniq ko‘rinadigan bitta yirik yadro bo‘ladi. Har bir yarimta hujayra bittadan lentasimon xloroplastga ega. Xloroplastning ko‘ndalang kesimi qirrali yulduzga o‘xshaydi (B). Hujayra uchlarida bittadan vakuola bo‘lib, ichida gips kristallari bor. Kosmarium (Cosmarium, rasm, A) bir hujayrali, uning o‘rtasi «belbog‘» bilan kesilgan, ikki simmetrik bo‘lakka ajraladi. Yarim hujayralari har xil shaklda: yumaloq, promidial va ko‘p qirrali bo‘lishi mumkin. Hu-i jayra ustidan qaralsa, u ellips-simon ko‘rinadi. Har qaysi yarim Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling