Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


Kurs ishining ob'ekti va predmeti


Download 0.51 Mb.
bet2/9
Sana02.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1319404
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
201- MATASHUVCHILAR SINFI Raxmidinova Shaxnoza

Kurs ishining ob'ekti va predmeti. Andijon shahar suv tozalash inshooti va suvo'tlar kollektsiyasi namunalari.
Kurs ishiningning maqsadi Andijon oqova suvlarni tozalash biologik hovuz suvida keyingi yillardagi ifloslanish darajasini indikator saprob suvo'tlar yordamida monitoring qilishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari.
1.Andijon oqova suvlarni tozalash biologik hovuz suvlarining indikator- saprob algoflorasini o'rganish.
2.Andijon oqova suvlarni tozalash biologik hovuz suvida indikator fitoplanktonlarni mavsumiy dinamikasini o'rganish.
Kurs ishiningning ilmiy va amaliy ahamiyati.
Andijon shahar oqova suvlarni tozalash inshooti suv xavzalari algaflorasi
birinchi marta o'rganilayapti. Undan tashqari hovuzlarda tarqalgan fitoplanktonlarni mavsumiy dinamikasi va ularni indikator saproblilik darajasi birinchi marta ilk bor tadqiq qilinayapti.
I BOB. MATASHUVCHILAR SINFI — CONJUGATOPHYCEAE

    1. Mezotinililar tartibi — Mesotaeniales

Bu sinfga bir hujayrali ipsimon yashil suvo‘tlar kiradi. Ularning hayot siklida harakatchan stadiya bo‘lmaydi. Zoospo-ralar va gametalar ham hosil bo‘lmaydi. Jinsiy ko‘payishi ikki vegetativ hujayraning o‘zaro matashishi va ulardan bi-rida protoplastining ikkinchisiga qo‘shilishi vositasida sodir bo‘ladi. Bu jarayon kon’yugatsiya yoki matashshi deb ataladi. Kon’yugatsiya jarayonidan tashqari, ular vegetativ yo‘l bilan ham ko‘payadilar. Qo‘pchilik matashuvchilarda xromatofori hu-jayra markazida joylashgan. Aksariyat vakillari chuchuk suv-larda, ba’zilari nam tuproq va sho‘r suvlarda tarqalgan.
Bu sinf to‘rtta tartibga bo‘linadi: bularning eng muhimlari mezoshinililar — Mesotaeniales, zignemalilar—Zygnematales va desmidiumlilar — Desmidiales dir.
Mezotinililar va zignemalilar tartibining vakillarida hujayra jild bilan qoplangan, desmidiumlilarning hujayra po‘stida ikkita, ba’zan undan ham ko‘proq murakkab tuzilgan pora bo‘ladi.
Bu tartib vakillari bir hujayrali. Hujayrasi si­lindr yoki ellips shaklda, silliq parda bilan o‘ralgan, parda usti shilimshiq. Bir yadroli hujayrada lentasi-mon, spiral va yulduzeimon xromatofora bo‘ladi. Masa-lan, mezotinium (Mesotae-nium,) da xromato-for markaziy plastinkadan iborat, bir yoki bir necha pi-renoidga ega. Netrium (Netrium, rasm, A) hujayra qutblariga tomon markaziy qismni egallovchi va undan o‘ngga va chapga radial tarmoqlangan, chetlari o‘ymali xromatoforga ega. Xromato-forning markaziy qismida tayoqchasimon pirenoidi bor. Spirotinus (Spirotinia) hujayrasi deyarli tayoq-chasimon, qutblari keng tar-moqlangan, po‘sti qalin shi-limshiqsimon modda bilan krplangan. Sitoplazmada bitta xromatofora spiral joylashgan, ko‘p pirenoidli.
Mezotinililar tartibi­ning vakillari vegetativ va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Vegetativ ko‘payishi hujay-' raning teng iqkiga bo‘linishi natijasida sodir bo‘ladi. Jinsiy ko‘payishi — kon^yuU gatsiya. Kopulyatsiya vaqtida qo‘-' shilishga ishtirok etadigan hujayralar umumiy shilim-' shiq bilan o‘ralib, bir-biri-ga yaqinlashadi va naysimon o‘simta vujudga keladi. Ke-yin har ikkala protoplast-ning burchaklari qisqarib, sharsimon shakl hosil bo‘la-di. Naychasimon o‘siqlar bir-



Netrium. Spiro- L —hujayra tuzi-taenia hujayra lishi; B, V, G — tuzilishi. matashish davrlari biriga yaqinlashgandan keyin, ularning uchlari erib, dastlab qo‘shilish kanali (rasm, V, G), keyin esa zigota hosil bo‘ladi. Zigota qalin pust bilan o‘ralib, tinim davrini o‘taydi. Zigota tinim davrini o‘tganidan so‘ng, uning diploid xro-mosomali yadrosi reduksion bo‘linadi va to‘rtta gaploid hayot-chan yadro taraqqiy etib, ulardan to‘rtta o‘simta o‘sadi. Netri-umda xosil bo‘lgan to‘rtta yadroning ikkitasi hayotchan, ikkitasidan o‘simta o‘sib chiqadi.
Mezotinililar tartibining turlari torf hosil qiluvchi botqoqlarda, Uzbekistonda esa, sholi-poyalarda, zahkash va ko‘lmak suvlarda tarqalgan. Mezotinium va silindra-sistis zax tuproqlarda o‘sib, shilim-shiq hosil qiladi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling