Andijon davlat universiteti tabiyatshunoslik va geografiya fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi
Neftni qayta ishlashning asosiy usullari va foydalaniladigan uskunalar
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
yoqilgi quyish shaxobchalari faolyatining atrof-muhitga tasiri
Neftni qayta ishlashning asosiy usullari va foydalaniladigan uskunalar
Neftni qayta ishlash sanoatida neft uch tipda qayta ishlanadi: yoqilg‘i olish bilan boruvchi (motor va qozon yoqilg‘isi olinadi), yoqilg‘i-moy olish bilan boruvchi (ham motor yoqilg‘isi, ham surkov moylari olinadi), neftekimyoviy qayta ishlash (yoqilg‘ilar, surkov moylari va kimyo sanoati uchun xomashyo olinadi). Qayta ishlashning bu uchala turi ham fizikaviy va kimyoviy usullar bilan amalga oshiriladi. Fizikaviy usullar neft va neft mahsulotlarini qayta ishlashni, ularni tashkil etuvchi komponentlarning fizikaviy xossalari: qaynash va qotish harorati, eruvchaniigi, absorbsion qobiliyati va boshqalar orasidagi farqqa asoslangan. Bu usullar neft tarkibidagi qaynash haroratlari bir-biriga yaqin bo‘lgan fraksiyalarni ajratishda, uglevodorodlarning ayrim sinflarini (deparafmlashda) ajratishda hamda individual birikmalarni ajratib olishda qoilaniladi. Ko‘pincha neft mahsulotlarini atmosfera va past bosimda to‘g‘ri haydashda qo‘llaniladi. Kimyoviy usullari neft va neft mahsulotlari tarkibidagi uglevodorodlarning harorat, bosim, katalizatorlar, kimyoviy reagentlar ta’sirida chuqur strukturaviy o‘zgarishiga asoslangan. Bu usullar juda muhim neft mahsulotlarining miqdorini ko'paytirish (masalan benzin) uchun, neft mahsulotlarining sifatini oshirish (masalan, benzinning oktan sonini oshirish uchun, ayrim individual uglevodorodlarni (benzol va uning gomologlarini) olish uchun hamda kimyo sanoatining xomashyolarini (vodorod, sintez-gaz, atsetilen, alkenlar, dienlar va boshqalarni) olish maqsadida qo‘llaniladi. Sanab o‘tilgan usullardan neft mahsulotlarini termik va katalitik krekinglashning turli xillari eng ko‘p qoilaniladi. Neft va neft mahsulotlarini qayta ishlovchi uskunalar jarayonning uzluksizligini, asosiy mahsulotning yuqori unumda chiqishini, iqtisodiy samaradorlikni, katta mahsuldorlikni U’minlashi kerak. Neftni qayta ishlovchi
uskunalarni uch turga bo‘lish mumkin: xomashyoni qizdirishni va o‘zgarishini ta’minlovchi pechlar va reaktorlar, mahsulotlarni bir-biridan ajratish uchun rektifikatsiya kolonnalari (ustunlari), issiqlikni bekoiga chiqib ketmasligi, ya’ni undan foydalanish uchun (utilizatsiyalash uchun) hamda sovitish kerak bo‘lgan mahsulotlarni sovitish uchun issiq almashtirish uskunalari. Neft va neft mahsulotlarini fizikaviy va kimyoviy qayta ishlash jarayonlari odatda endotermik bo‘lib, tashqaridan issiqlik berilishini talab qiladi.
Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling