Andijon davlat universiteti tabiyatshunoslik va geografiya fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi
-rasm. Issiqlik berishning asosiy usullari: a —
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
yoqilgi quyish shaxobchalari faolyatining atrof-muhitga tasiri
-rasm. Issiqlik berishning asosiy usullari:
a — tashqaridan qizdirish bilan; b — suv bug‘i bilan adiabatir; d — avtotermik (oksidlanish bilan); s — qattiq issiqlik tashuvchi bilan. Shu maqsadda qo‘llaniladigan uskunalar issiqlik berish usullari bilan bir-biridan farq qiladi (-rasm). a-sxemada xomashyoni tashqi tomonidan qizdirish usulidan foydalanib, b-sxemada qizdirishning adiabatik sharoitida, ya’ni issiqlik o‘tkazuvchi yuza bo‘lmagan sharoitda amalga oshiriladi. Issiqlik tashuvchi sifatida yuqori haroratdagi (90°—95° C) suv bug‘i ishlatiladi. Avtotermik yoki oksidlash usulida (d-sxemada) zarur issiqlik xomashyoni bir qismini atmosfera kislorodida yoqish bilan olinadi. Qattiq issiqlik tashuvchidan
-rasm. Alangasiz qizdiruvchi quvursimon pech: 1 — korpus; 2 — to‘siq; 3 — alangasiz gorelkalar; 4,5 — quvurlar (radial quvuriar); 6 — konvektiv seksiya quvurlari. (donador alumosilikatli katalizator yoki c'nangsimon qum va boshqalar) foydalanilganda (c-sxema) reaksiya tuguni ikki uskunadan: reaktor va qizdirgich- regeneratordan iborat bo'ladi. Qattiq issiqlik tashuvchi regeneratorda qiziydi va reaktorga borib issiqligini beradi, shunday qilib bu uskunalar orasida aylanib yuradi. Bu sxema neft mahsulotlarini katalitik qayta ishlashda keng qoilaniladi. Neft mahsulotlarini qizdiruvchi asosiy uskuna bu tashqaridan alangada qizdiriluvchi yoki alangasiz qizdiriluvchi quvursimon pech hisoblanadi. Alangasiz qizdiriluvchi quvursimon pech (93-rasm) ichi issiqlikni izolatsiyalovchi keramik panel (devor)dan terilgan kamera bo‘lib, pechning ichida o‘tga chidamli to‘siqlar (2) o‘rnatilgan, ular yoqiladigan gazni chiqaruvchi keng kanallar hosil qiladi (uni konveksion kamera ham deyiladi). Issiq almashtirgichlarda biroz qizdirilgan yoki sovuq holdagi xomashyo konveksion kamera (6)ning ostki quvuriga beriladi (pechning hamma quvurlari ketma-ket bir-biri bilan ulangan boiadi), u quvurdan o‘tgan xomashyo qaytuvchi yoqilg‘i gazlari bilan qiziydi. So'ngra u radial quvurlari (4,5)ga o‘tadi va u yerda quvurlarning issiqligida va juda qizigan yoqilg‘i gazlar issiqligidan qiziydi. Issiqlik qizigan panellarning issiqlik chiqarishidan olinadi.
Qizigan xomashyo pechning tepa qismidan chiqadi va qayta ishlash uchun yuboriladi. Pech, keramik prizma shaklidagi pech devoriga mahkamlangan gorelka (3) yordamida gaz yoqilg‘isi yoqib qizdiriladi. Bunday pechlar ixcham va yuqori foydalanish koeffitsientiga ega. Neft mahsulotlarini bir-biridan ajratish turli turdagi reaktifikatsiya kolonnalarida amalga oshiriladi. Qalpoqli tarelkasimon turdagi barbotajli kolonnalar keng tarqalgan bo‘lib, odatda har bir kolonnada 30— 60 tagacha tarelkalari bo'ladi (ular gorizontal tekislikda o‘rnatilgan bo‘ladi). Haydab ajratib olinadigan fraksiyalarning qaynash haroratini pasaytirish uchun hamda uglevorodlarning termik parchalanishini oldini olish uchun ko'pincha suv bug‘i bilan haydaladi.
Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling