Andijon davlat universiteti tarix fakulteti
Mavzuning obyekti va predmeti
Download 341.31 Kb. Pdf ko'rish
|
“BUXORO AMIRLIGIDA NASRULLOXON (1826-1860 YILLAR)
Mavzuning obyekti va predmeti Ushbu mavzuga oid adabiyotlarni, tarixiy,
asarlarni va arxiv hujjatlarini o’rganish va tahlil etishdir. Mavzuning maqsad va vazifasi ishining asosiy maqsadi Amir Nasrullohxon davrida Buxoro amirligining ichki va tashqi siyosatini yoritishdan iborat bo’lib, maqsadga muvofiq quyidagi vazifalar belgilab olindi:. Amir Nasrullohxonning Buxoro taxtiga o‘tirishi va hokimiyat uchun kurashini o’rganish; Amir Nasrullohxon shaxsining tarixiy manbalar va adabiyotlardagi talqinini yoritish; Amir Nasrullohxonning hokimiyat uchun kurashini tadqiq etish; Amir Nasrulloxonning 1 Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида.-Т: Ўзбекистон, 2011.-Б.172. 2 Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. –Тошкент: Ўзбекистон, 1999. – Б.134. 4 Buxoro amirligini markazlashgan davlatga aylantirish yuzasidan olib borgan tadbirlarini yoritish; Nasrullohxon davrida Buxoro amirligining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini tahlil qilish; Amir Nasrullohxonning harbiy islohotlari va harbiy yurishlarini bayon etish. ‘zbekiston davlatchiligi boy tarixga ega bo‘lib, uning uzoq davrlar davomida tarkib topgan nazariy tajribalarini o’rganish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Jumladan, Amir Nasrullohxon davrida Buxoro amirligining ichki va tashqi siyosatini tadqiq etish dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Istiqlol sharofati tufayli tarix fani yanada rivojlantirildi. Tanlangan mavzuning tarixshunoslik tahlili shundan dalolat beradiki, mazkur muammoni ilmiy jihatdan o‘rganish borasida qator ijobiy ishlar bajarildi. Hozirgi davrga kelib, ushbu mavzu bo‘yicha ijtimoiy-gumanitar fan olimlari izlanishlari turli nashrlarda e’lon qilindi, umumlashtiruvchi asarlar, monografiya, risolalar chop etildi. Mavjud adabiyotlarni konseptual-metodologik nuqtai-nazaridan ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga mansub qatorga sovetlar mustabid tuzumi davrida yaratilgan asarlar kirgan bo‘lsa, ikkinchi guruhni istiqlol davrida yozilgan, chop etilgan monografiya, risola, kitob, maqolalar tashkil etadi. Sovetlar mustabid tuzumi davrida Buxoro amirligining ichki va tashqi siyosatini, xususan Amir Nasrullohxon davri tarixiga oid juda ko‘plab asarlar yaratildi. Bular orasida, ayniqsa, va boshqalarning asarlarini alohida qayd etish lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling