Andijon davlat universiteti tarix fakulteti
Nasrullohxon davrida Buxoro amirligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti
Download 341.31 Kb. Pdf ko'rish
|
“BUXORO AMIRLIGIDA NASRULLOXON (1826-1860 YILLAR)
3. Nasrullohxon davrida Buxoro amirligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti
Sobiq ittifoq tuzumi davrida mang‘itlar sulolasi vakillariga bir tomonlama yondashilib, ular davrida hech qanday islohotlar amalga oshirilmagan, ushbu davlat boshliqlari asosan maishatbozlik va jangu-jadallar bilan ovora bo‘lib, mamlakat hayotida jiddiy o‘zgarishlar qilishga urinmaganlar degan qarashlar hukmron edi. Mang‘itlar davri tarixnavislari ma’lumotlari, tarixiy hujjatlar, dastlabki manbalar va sayohatchilarning yo‘l xotiralarini o‘rganish va tahlil qilish o‘z navbatida, ushbu fikrlarning asossiz ekanligini ko‘rsatadi. O‘rganilgan tarixiy manbalar mang‘itlar sulolasi vakillarining barchasini ham faoliyati yuqoridagi yondashuvlar asosida baholashga loyiq emasligidan dalolat beradi. Shu jihatdan olganda, tahlil etilgan manbalarga asoslanib, albatta, bunda jamiyat rivojlanishiga ta’sir etgan obyektiv va subyektiv omillarni hisobga olgan holda, Buxoro amirligi davlatchiligining shakllanish va rivojlanishini muayyan bosqichlarga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Biz bunda mang‘itlar sulolasining dastlabki vakillari tomonidan amalga oshirilgan islohotlar o‘z navbatida, mamlakatni birlashtirish va aholi turmush tarzini yengillashtirishda muayyan darajada ijobiy ahamiyat kasb etganligini davrlashtirish uchun mezon sifatida belgilashga harakat qildik. Agar Buxoro amirligi davlatchiligi taraqqiyotini ushbu nuqtai-nazardan qaraydigan bo‘lsak, uni quyidagi ikki bosqich doirasida o‘rganish maqsadga muvofiqdir: Birinchi bosqich – dastlabki to‘rt mang‘it hukmdorlari Muhammad Rahim, Muhammad Doniyolbiy, amir Shohmurod, amir Haydarning davlatni shakllantirish va rivojlantirish borasidagi siyosiy-huquqiy, iqtisodiy hamda madaniy-ma’rifiy sohadagi faoliyatlari davrini o‘z ichiga oladi. Buxoro amirligi taraqqiyotining ushbu bosqichini siyosiy-huquqiy, diniy, madaniy hayot, tashqi diplomatiya va tashqi savdo masalalarida ijobiy natijalarga erishilgan davr sifatida e’tirof etish mumkin. Mang‘itlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahim (1747-1759) o‘z hukmronligini dastlab, mamlakatni mustahkamlash hamda davlat uchun muhim bo‘lgan mustaqil yoki yarim mustaqil holatga kelib qolgan ma’muriy-hududiy birliklarni qayta birlashtirishga harakat qilishdan boshlagan 1 . O‘z navbatida, Muhammad Rahim davlatni mustahkamlash va ma’muriy-hududiy birliklarni birlashtirish yo‘lida tashqi siyosiy to‘siqlarga duch kelgan. Mahalliy tarixnavislar Muhammad Sharif va Xumuliylarning guvohlik berishicha, afg‘on sarkardasi Ahmadshoh Durroniy Burgut va Miyonqol hududlarida kechgan siyosiy g‘alayonlarning yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan va mahalliy aholini Muhammad Rahim qo‘shiniga qarshi kurashda chetdan turib qo‘llab-quvvatlab turgan. Muhammad Rahim Buxoro amirlari orasida mamlakatning barcha hududida muayyan darajada tinchlikni saqlay olgan, davlatning chegaralarini mustahkamlagan hamda tashqi dushmanlardan himoya qilgan yagona davlat 1 Ражабов Қ. Насруллоҳхон. Тошкент, “Абу Матбуот-Консалт”, 2011.-Б.23. 22 boshlig‘idir. O‘z navbatida, u mamlakatni birlashtirishda muayyan darajada to‘siq bo‘lib turgan Afg‘oniston davlati bilan sulh shartnomasini (1750yil) imzolashga erishadi. Muhammad Rahim davlatni boshqarishning eng maqbul usuli sifatida o‘zi tomonidan shakllantirilgan “yangi davlat” (sulola, davlat, hukumat, hokimiyat, taqdirdagi baxtli burilish)ni ko‘rsatadi. Tarixnavis Xumuliyning ma’lumotiga qaraganda, Muhammad Rahimning “yangi davlati” davlat tepasiga yangi sulola – mang‘it sulolasining kelishi bilan bog‘liq edi. Shu bilan birga, tegishli manbalarni chuqur tahlil etish, Muhammad Rahim davrida davlatni tashkil etish borasida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermaganligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga ham imkon tug‘diradi. Bunda Muhammad Rahimning unvonlar berish va davlat mansablari tizimiga qisman o‘zgartirish kiritish bilan cheklanganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin, xolos. Shu bilan birga, Muhammad Rahim ashtarxoniylar davridan meros bo‘lib qolgan salbiy oqibatlar, ya’ni qo‘shni davlatlar bilan doimiy urushlar olib borishga qisman chek qo‘ygan va mamlakatda muayyan darajada tartib o‘rnatishga erishgan. Bu esa o‘z navbatida, amirlikda savdo-sotiq va dehqonchilik ishlarining rivojlanishiga turt- ki bo‘lgan. Dastlabki manbalarga asoslangan xorij tadqiqotlarida ham Muhammad Rahimning davlat boshqaruviga ijobiy baho beriladi. Xususan, Anke fon Kyugelgen “Muhammad Rahim mamlakatni rivojlantirdi va mamlakatda yashovchilarni baxtiyor ayladi. U davlatni boshqarish bilan birga o‘zini boshqarishni va fuqarolarni hurmat qilishni hamda ularning dardi bilan yashashni unutmadi” – deb qayd etadi. Tarixnavis Somiy ham Muhammad Rahimni saxiy, mehribon, oliyjanob hamda jazolashda qat’iy qaror qabul qiluvchi hukmdor sifatida ta’riflaydi. Mang‘itlar sulolasining keyingi vakili Muhammad Doniyolbiy (1759-1785) Muhammad Rahim davrida uning siyosiy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha yordamchisi va maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan. U davlat tepasiga kelishi bilan oldindan mang‘itlarga qarshi bo‘lib kelgan o‘zga urug‘lar tomonidan turli g‘alayonlar kelib chiqqan. G‘alayonchilar Muhammad Doniyolbiyning hukmdorligi legitim (qonuniy) emasligini ro‘kach qilib, hokimiyat tepasiga chingi- ziy(ashtarxoniylar)lar kelishini talab qiladilar. Amirlikka qarashli bo‘lgan Shahrisabz, Miyonqol va Qarshi bekliklarida yana musstaqillik uchun kurash avj olib ketadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Muhammad Doniyolbiy Muhammad Rahim vafotidan keyin mamlakatda eng yuqori unvon hamda lavozimga ega shaxs edi. Shuning uchun ham Muhammad Doniyolbiy barcha olimu-fuzalolar, din peshvolarining tanlovi asosida davlatni boshqara boshlagan. Muhammad Doniyolbiy birinchi navbatda davlatda tartibsizliklarni bartaraf etishga va huquqbuzarliklarni oldini olishga e’tibor qaratgan. Ikkinchi o‘rinda u nafaqat Buxoro shahri balki amirlik tarkibiga kiruvchi barcha bekliklarda savdo- sotiq, hunarmadchilikni rivojlantirishga hamda fuqarolarga tinchlik va havfsizlikni ta’minlab berishga muyassar bo‘lgan. Muhammad Doniyolbiy ijtimoiy munosabatlarni huqukiy asoslarda tartibga solishning tarafdori bo‘lgan. Shuning 23 uchun u fiqh ilmi ulamolarini har taraflama qo‘llab-quvvatlagan. Manbalarda keltirilishicha, Muhammad Doniyolbiy barcha huquqiy masalalarda islom huquqshunoslaridan maslahat olgan. Muhammad Doniyolbiy davlat va jamiyat boshqaruvidagi turli masalalarni kengashgan holda maslahatlashib amalga oshirgan. Xususan, 1781 yilda Rossiya hukumatining Buxoroda savdo shartnomasini tuzishga oid taklifiga u dastlab 92 o‘zbek urug‘i vakillarining fikrini olishi lozimligini uqtirib o‘tadi. Shuni ta’kidlash joizki, Muhammad Doniyolbiy so‘fizm ta’limotiga alohida e’tibor qaratgan. Xususan, u Muhammad Rahimning vafotidan so‘ng mamlakatda boshlanib ketgan turli g‘alayonlarni oldini olish, xalq tinchligi va havfsizligini ta’minlash maqsadida so‘fizm namoyondalaridan biri hisoblangan Mahdumi A’zamning avlodlaridan biri Ishoq Xojadan maslahat olib turgan. Binobarin, Muhammad Doniyolbiyning so‘fizm ta’limotini ashaddiy tarafdori ekanligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot bo‘lmasada, u o‘g‘li Shohmurodni ushbu ta’limotning yirik namoyondalaridan biri bo‘lib shakllanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bergan. Muhammad Doniyolbiy vafotidan keyin uning o‘g‘li Shohmurod davlatni boshqarish vakolatini qo‘lga kiritadi. U Muhammad Doniyolbiy davrida Karmana, Qarshi bekliklarini boshqaradi va ma’lum vaqt davomida davlatdagi eng oliy mansablardan biri bo‘lmish qushbegi lavozimida faoliyat yuritadi. “Boshdanoq u mamlakatda qattiq tartib o‘rnatishga kirishib, ishni sulola mavqeini rasmiy jihatdan mustahkamlashdan boshlaydi. Ya’ni soxta xonlik an’anasiga chek qo‘yib, taxtga rasman o‘zi chiqadi, lekin xon emas, amir unvoni bilan” 1 . Shohmurod davlat boshlig‘i – amir unvonini ta’sis etar ekan, ushbu unvonning o‘zbek va mo‘g‘ul urug‘lari an’analari bilan emas, balki shariat qoidalari asosida yuzaga kelganini asoslab beradi. Huquqshunos olim Z.Muqimovning ta’kidlashicha, “Amir Shohmurod soliqlardan ezilgan xalqning noroziligi kuchaygan davrda taxtga o‘tirganligi uchun ham birinchi islohotni soliqlarni tartibga solishdan boshladi. Butun Buxoro amirligi aholisiga tarxon yorlig‘i berib, o‘zidan avvalgi hukmdorlar joriy qilgan, shariatga to‘g‘ri kelmaydigan yorg‘u, boj, tarx, tushmol, yasoq kabi soliqlarni bekor qildi 2 . Amir Shohmurod tomonidan amalga oshirilgan soliq islohotlari uning soliq solish va uni undirishni tartibga keltirishga oid farmonlarida aks etgan. Amir Shohmurod tomonidan o‘tkazilgan sud – huquq islohotlari o‘z navbatida, mamlakatda sud ishlarini yuritishda nohaqliklarga chek qo‘yilishiga, qozilar tomonidan muayyan darajada odillik, adolat va insonparvarlik ruhida sud jarayonlarini amalga oshirishga imkon yaratib bergan. Ushbu sud-huquq islohotlarining yana bir muhim jihati qozining hukmidan norozi bo‘lgan tarafning qozi-ul-quzzotga yoki amirga shikoyat qilish huquqini qo‘lga kiritganligida ko‘rinadi. O‘z navbatida, qozikalonga yoki amir nomiga yozilgan shikoyatnoma 1 Зиё Азамат. Ўзбек давлатчилиги тарихи. – Тошкент: Шарқ, 2000. – Б.281. 2 Муқимов З. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи. – Тошкент: Адолат, 2004. – Б.210. 24 o‘rganib chiqilib, qozining hukmini asosli ravishda qozi-ul-quzzot bekor qilishi hamda uning qarorini faqat amir bekor qilishi mumkin bo‘lgan. Amir Shohmurod tomonidan o‘tkazilgan sud-huquq islohotlari o‘z davrida nafaqat Buxoro amirligi, balki boshqa xonliklar uchun ham progressiv ahamiyatga ega edi. Shu bilan birga, amir Shohmurod sudlovni tashkil etish, xususan, quyi sud qozilarining tayinlanishi borasida ham muayyan o‘zgarishlarni amalga oshirgan. Binobarin, amir Shohmurodning bevosita tashabbusi bilan qirq a’lamdan (qonunshunoslardan) iborat tarkibda oliy sud (qozixona) palatasi tuzilgan . Ushbu palatada qozilarning hukmidan norozi bo‘lib yozilgan arz va shikoyatnomalar shariat normalari bilan birga, amir Shohmurod tomonidan tuzilgan qoidalar to‘plami asosida ko‘rib chiqil- gan. Sud palatasida arz yoki shikoyatnoma ko‘rilayotganda da’vogarning shaxsan o‘zi ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Amir Shohmurod tomonidan amalga oshirilgan ushbu islohotlar xorij olimlari tomonidan ham e’tirof etilgan. Xususan, ingliz olimi X.Malkolmning ta’kidlashicha, amir Shohmurod davlat va huquq islohotchisi, islom huquqi normalarining g‘oyaviy va amaliy kurashchisi hamda davlat boshlig‘i sifatida qirq a’lam sudi ishlarida ishtirok etganda taraflarning o‘zaro kelishuvi, jabrlanuvchi va ayblanuvchi tomonlarning o‘zaro yarashuvining tarafdori edi. U amirlik xazinasidan jabrlanuvchining foydasiga yetkazilgan zararning yarmini qoplash uchun ayblanuvchining kelajakda ijtimoiy tarbiyalanishi, oilasi, farzandlari qarovsiz qolib ketmasligining oldini olish maqsadida foizsiz mablag‘ ajratish amaliyotini qo‘llagan. Ushbu xususiyati bilan amir Shohmurod tomonidan amalga oshirilgan yarashuv mexanizmi o‘z davri uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, amir Shohmurod tomonidan o‘tkazilgan ushbu islohot bugungi kunda sud- huquq amaliyotida muhim amaliy ahamiyatga egadir. Amir Shohmurod shariat normalariga mutlaqo zid bo‘lgan va uning talablariga javob bermaydigan zid bo‘lgan barcha normalarning amal qilishini bekor qilgan. Tarixnavis Somiyning ma’lumotlariga qaraganda, harbiy sohadagi boshqaruv faoliyatini ulamolarning fatvosi asosida olib borgan hamda aynan uning davrida huquq manbasi bo‘lmish sunnaga sezilarli darajada amal qilingan. Shohmurod vaqf mulklari hamda ulardan tushadigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar hisobidan eski madrasa, masjid, honaqo, maktab va mozorlarni qayta tiklaydi. Madrasa mudarrisi, muftiy, imom, qozi va boshqa diniy mansablarga nomzodlarni tayinlashda ularning shariat normalariga amal qilish darajasi, huquqiy bilimlari va huquqiy savodxonligiga e’tibor qaratgan. U shariat normalarini chuqur o‘zlashtirgan madrasa talabalariga soliqlar hisobidan qo‘shimcha talabalik haqlari berish tizimini joriy qilgan. Shohmurod nafaqat ta’lim jarayonida, balki boshqa fuqarolarning ham islom huquqi normalarini bilishlikka da’vat etish bilan birga, ularga keng imtiyoz va imkoniyatlar yaratib bergan. 25 Bu borada Xumuliyning ta’kidlashicha, amir Shohmurod fiqhshunos olimlar va viloyat beklaridan amirlikning barcha hududlaridagi masjid va madrasalarda aholiga haqiqiy islom huquqi normalariga asoslangan odat va majburiyatlarni tushuntirishni hamda ularning shar’iy huquqiy bilimlari darajasini yanada oshirishni talab qilgan. Amir Shohmurodni o‘z navbatida islom fiqhshunosligi murabbiysi sifatida ham e’tirof etish mumkin. Shohmurod madrasalarda xanafiy mazhabi, xususan, Burhoniddin al-Marg‘inoniyning “Al-Hidoya” asari, Imom Al- Moturidiyning g‘oyalari, Qur’oni Karimni talqin qilish va uni sharhlash bo‘yicha Andalusiyalik mashhur Ash-Shotibiy asarlaridan foydalangan holda dars mashg‘ulotlarini o‘tkazgan. Tarixnavis Miriyning ta’kidlashicha, amir Shohmurod so‘fiylik ilmini, islom huquqi normalari va majburiyatlari haqidagi ilmlarni Shayx Safardan, Qur’oni Karim ilmini esa uch murabbiydan, ya’ni Hofiz Ashur, Nodir Boqi qori va Niyozquli qorilardan tahsil olib o‘rgangan. Shu bilan birga, amir Shohmurod huquqiy masalalarga oid bo‘lgan kitoblar yozgan. Xususan, xanafiya mazhabiga oid bo‘lgan barcha fatvolar va qoidalarni mujassamlashtirgan “Fatvoyi ahli Buxoro” va “Ayn ul- Hikma” nomli to‘plamlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Shu jihatdan olganda, amir Shohmurodning ushbu asarlarini bugungi kunda milliy davlatchilik tarixini o‘rganish va uni ilmiy tahlil etishda nodir va qimmatli huquq manbasi sifatida qarash lozim. Amir Shohmurod nafaqat Buxoro shahrida balki amirlikning turli viloyatlariga borib ulardagi masjid va madrasalarda shariat huquqi normalari va ularni tadbiq etishga oid masalalar yuzasidan mashg‘ulotlar o‘tkazib kelgan. Masjidlarda imomlik qilib, namoz tugaganidan so‘ng “oliy yig‘in”(majlisi oliy)ni chaqirgan hamda unga ilm ahlini, qozilarni, hadisshunos olimlarni to‘plagan. Ushbu majlislarda islom huquqi normalariga, huquqiy odatlarga asoslangan holda aholiga ularning fiqhiy muammolarga oid savollariga javob qaytargan. Amir Shohmurod Buxoro amirligi hududida qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va yer unumdorligini oshirish maqsadida ariqlar, zovurlar qazdirgan, daryo va irmoqlarni qaytadan ta’mirlagan. Amerikalik olim G. Xembli amir Shohmurod shaxsiga, uning davlat boshlig‘i va davlatni boshqarish san’atining o‘ziga xosligiga alohida e’tibor berib, Shohmurodning yoshlik yillari Buxoroning qadimiy Masjidi Kalonida diniy va dunyoviy ilmlarni o‘rganish bilan o‘tganligini, u darvesh jamiyatining odatlari va kiyimlarini saqlab qolib, hatto o‘z qo‘shinlarini jangga boshlab borayotganda ham oddiy past bo‘yli otida borishini, harbiy yo‘lboshchi sifatida ajoyib tashkilotchilik qobiliyatiga ega ekanligini ta’kidlab o‘tadi. O‘z navbatida G.Xembli amir Shohmurodning siyosiy-huquqiy faoliyatiga quyidagicha baho beradi: “U Afg‘onistonning Durroniy hukmdorlaridan Balxni tortib ololmasada, ammo Eronga qarshi Amudaryoni yildan-yilga muvaffaqiyatli kesib o‘tdi. Uning asosiy maqsadi Eron madaniyat markazi sanalmish Marvni 26 egallab olish edi. Shuning uchun ham Buxoro aholisi amir Shohmurodni harbiy zafarlari tufayli shariatning qat’iy talablari kabi hurmat qilardi”. Tarixchi olim T.Fayziyev ham amir Shohmurodga davlat boshlig‘i sifatida quyidagicha ta’rif beradi: “Begunoh amir nomini olgan Shohmurod shariat ishlariga keng yo‘l ochgan, vaqflarni tiklagan, masjid va madrasalar ishiga katta e’tibor bergan. U zohidlarga xos hayot kechirib, mamlakatda ro‘y bergan siyosiy-iqtisodiy vaziyat taqozosiga ko‘ra, bir necha jangu-jadallarda bo‘ldi. Mang‘itlar saltanatida bid’at va nomashru ishlarni tag-tomiridan uzgan birinchi hukmdor bo‘lgan” 1 . Sobiq ittifoq davrida milliy davlatchiligimizni, xususan, adolatli hukmdorlarni hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ko‘plab ezgu ishlarni o‘rganish uchun yetarli tarixiy manbalar mavjud bo‘lishiga qaramasdan, ularni o‘rganishga deyarli rag‘bat ko‘rsatilmagan. Shu asosda davlatchilikni rivojlanishiga muayyan darajada o‘z hissasini qo‘shgan amir Shohmurodga o‘xshagan hukmdorlar faoliyati ham bir tomonlama ya’ni faqat salbiy nuqtai nazardan o‘rganilgan. Holbuki, o‘z davrida mang‘it hukmdorlarining faoliyatini tanqidiy tasvirlagan Ahmad Donish ham amir Shohmurodni xalifa Umar bilan bir qatorga qo‘yib amirlik gilamini kambag‘allik kiyimi bilan bezadi, jahon bog‘idan dushmanlik va yomonlik tomirini sug‘urib tashladi va adolat nihollarini o‘tkazdi, - deb uning faoliyatini yuk- sak baholagan edi. Amir Shohmurod faoliyati yuzasidan xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mang‘itlar hukmronligi davrida Buxoro amirligida davlatchilikni taraqqiy etib shakllanishi va rivojlanishi aynan u davlatni boshqargan davrga to‘g‘ri keladi. O‘z o‘rnida yuqoridagi xislatlarga ega bo‘lgan davlat boshlig‘i haqida Prezident I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tish o‘rinli deb hisoblaymiz: “Odil va oqil hokimiyat xalq kayfiyatini, uning irodasini albatta hisobga oladi. Xalqning iste’dodini, undagi barcha olijanob xislatlarni ishga soladi, xalq g‘ayratini yaratuvchilik yo‘liga boshqaradi”. Amir Shohmuroddan so‘ng davlatni boshqarish uning o‘g‘li Qarshi bekligining hokimi amir Haydar qo‘liga o‘tadi. Amir Haydar davlatni boshqarish masalasida otasi amir Shohmurod siyosatining izchil davomchisi edi. Ushbu holat ayniqsa, uning ulamolarga munosabati va tashqi siyosatni izchillik bilan davom ettirishida ko‘rinadi. Amir Haydar o‘z hukmronligi davrida asosan ichki dushmanlarga qarshi kurash olib boradi. Shahrisabz, Samarqand, Urgut bekliklarida bo‘lib o‘tgan g‘alayonlar, Marv vohasi uchun Xiva xoni Muhammad Rahimxon bilan olib borilgan urushlar Amir Haydarni davlatda harbiy-siyosiy islohotlar o‘tkazishga majbur qildi. U olib borgan tinimsiz kurashlar natijasida 1817-1850 yil- larda Balx vohasi qo‘lga kiritildi, Maymana, Badaxshon va Qunduz viloyatlari amirlik hududiga qo‘shib olindi. Amir Haydar davlatni boshqarishda asosan tashqi munosabatlarga e’tibor qaratadi, xususan, u afg‘on hukmdori Ahmad Shoh 1 Файзиев Т. Мутасаввиф ҳукмдор // Шарқшунослик. – Тошкент, 1997. - № 8. – Б.72. 27 Durroniyning o‘g‘li SHo‘ja al-Mulkom bilan ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro do‘stlik rishtalarini qayta tiklashga muvaffaq bo‘lgan. Buxoroga qo‘shni davlatlarning hukmdorlari amir Haydar hukmronligini zaiflashtirish maqsadida uning saroy a’yonlari va beklari, qarindosh-urug‘lari va birodarlariga turli va’dalar berib, ularning o‘zaro totuvligiga putur yetkazishga intilganlar. Markaziy hokimiyatga qarshi isyon ko‘targan Nosiriddin To‘ra 4000 askar bilan Marvdan chiqib, Chorjo‘yga kelganida amir Haydar unga qarshi Niyozbek parvonachini 10 000 kishilik qo‘shinga qo‘mondon qilib jo‘natgan. Shuningdek, qo‘shni davlatlar Buxoro amirligi ichida ko‘tarilgan turli g‘alayonlardan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishga uringanlar. 1821-1825 yillarda amir Haydarning soliq siyosatiga qarshi xitoy-qipchoqlar ko‘targan Miyonqol qo‘zg‘oloni katta qiyinchilik bilan bostirilgan. Ushbu qo‘zg‘olonga qo‘shni davlatlardan ko‘mak ko‘rsatilib, shu orqali Buxoro davlatini zaiflashtirishga harakat qilingan. Amir Haydar boshqa mang‘it hukmdorlaridan farqli ravishda o‘z qo‘shinidagi askarlarga muntazam ravishda yaxshi maosh to‘lab borgan. Bundan tashqari u mamlakatdagi soliq yig‘uvchilarga yillik maosh ajratish bilan birga, ularga yiliga ikki marta sarupo ulashgan. O‘z navbatida kambag‘allar, yetim- yesirlar, qashshoqlar, darveshlar, muhojirlar va mullalarga har yili nafaqa berish uchun katta miqdorda mablag‘ ajratgan. Shu bilan birga, amir Haydar amirlikda xitoy-qipchoqlar tomonidan yuzaga kelib turadigan turli mojarolarni oldini olish maqsadida ushbu hududlarga nisbatan turli to‘lovlar miqdorini kamaytirgan. Amir Haydar mamlakatda muayyan darajada huquqiy tizimni mustahkamlashga ham harakat qilgan. Bu borada tarixchi olim Q.Rajabovning e’tirof etishicha, “Amir Said Haydar islom fiqhining hanafiya mazhabiga oid “Al- favoid al-alfiya” nomli asar ham yozgan. Amir Haydar davlat hujjatlarini tizimlashtirishga alohida e’tibor qaratgan mang‘itlar sulolasining dastlabki hukmdorlaridan biri ekanligi bilan ham diqqatga sazovordir”. Tarixnavis Somiy ham amir Haydarni ziyoli davlat boshlig‘i va odil hukmdor sifatida baholab, uning davlat ishlari bilan nechog‘lik band bo‘lishiga qaramasdan olimu-fuzalolar bilan huquqiy mavzulardagi mashg‘ulotlarda doimo ishtirok etishini hamda ularning fikriga tayanib ish tutganligini e’tirof etadi. Amerikalik olim G. Xembli ham amir Haydarning davlatni boshqarishga oid xususiyatlarini inobatga olgan holda uning faoliyatiga quyidagicha ta’rif beradi: “amir Haydar shahzodalarning rolini darveshlik bilan bir darajada muvaffaqiyatli bog‘ladi”. O‘z navbatida amir Haydarning maktub va nomalarini o‘rgangan olim Sh.Tilavov: “savodli va ilmli bo‘lmagan hukmdorning turli-tuman mavzularda shunchalar maktublar yozishiga ishonish qiyin”, - deb unga yuksak baho beradi. Buxoro amirligi davlatchiligi rivojlanishining ikkinchi bosqichi 1826-1920 yillarni o‘z ichiga oladi. Ushbu davrda davlatda mang‘it sulolasidan amir Nasrullo, amir Muzaffar, amir Abdulahad, amir Olimxonlar hukmronlik qilganlar. 28 Amir Nasrullo hokimiyat tepasiga otasi amir Haydarning o‘limidan so‘ng olti oy o‘tgandan so‘ng kelgan. U milliy davlatchilik tarixida kuchli, jasur hamda qattiqqo‘l davlat boshlig‘i sifatida joy olgan. Tarixchi va sayohatchilarning ma’lumotlariga qaraganda, amir Nasrullo hukmdor sifatida davlatning ichki va tashqi dushmanlariga haqiqiy zarbani berdi. Amir Nasrullo tomonidan olib borilgan harbiy-siyosiy islohotlar natijasida davlatning harbiy qudrati mustahkamlana borgan. Olib borilgan tinimsiz urushlar barobarida Qo‘qon xonligi (1842y) hamda Shahrisabz (1856y) bekligi egallanadi 1 . Amir Nasrullo tashqi siyosat masalasida oldingi davlat boshliqlaridan farqli ravishda, Markaziy Osiyoning iqtisodiy salohiyatiga talabgor bo‘lgan ikki yirik davlatlar Rossiya va Angliya bilan ochiq siyosat olib borish dasturini amalga oshirgan. XIX asr 30 yillarining boshlarida Buxoro amirligiga Vest-Indiya kompaniyasining topshirig‘i bilan kelgan leytenant Aleksandr Berns bilan olib borilgan muzokaralar asosida Angliya davlati bilan qisqa muddatga bo‘lsada, o‘zaro hamkorlik munosabatlari o‘rnatiladi. Shu bilan birga, ayrim tarixiy manbalarda amir Nasrullo shafqatsiz hukmdor sifatida e’tirof etiladi. Lekin ingliz olimi Uiler amir Nasrulloni: “shafqatsiz hamda mustabid hukmronligiga qaramasdan, u davlat qurilishi yo‘lida bir qator ijobiy ishlarni ham amalga oshirdi. O‘ziga sodiq harbiylar bilan birga professional qo‘shin tashkil qildi, bir qancha sug‘orish loyihalarini va ma’muriy-huquqiy islohotlarni amalga oshirdi” deb, uning davlatni boshqarish faoliyatiga ijobiy baho beradi. Amir Nasrullodan keyin davlatni boshqargan mang‘it sulolasi vakillaridan amir Muzaffar, amir Abdulahad, amir Olimxonlar davri milliy davlatchilik tarixida kam o‘rganilgan davr bo‘lib, tegishli manbalarda ushbu hukmdorlarga nisbatan deyarli ijobiy baho berilmagan. Istiqlol sharofati ila milliy davlatchilik manbalarini tadqiq etish jarayonida yuqorida nomlari zikr etilgan hukmdorlar tomonidan ham muayyan darajada islohotlarni amalga oshirishga harakat qilinganligiga guvoh bo‘lamiz. Xususan, amir Abdulahad sud-huquq tizimini tubdan isloh qilishga hamda ushbu sohani yanada insonparvarlik tamoyili asosida shakllantirishga, amir Olimxon jamiyatda poraxo‘rlikni butunlay yo‘qotish va ta’lim tizimini tubdan isloh etishga uringanlar 2 . Buxoro davlatining butunlay Chor Rossiyasi tarkibiga qo‘shib olinishini oldini olish maqsadida amir Muzaffar chor hukumati bilan sulh shartnomasini tuzishga majbur bo‘lgan. Ushbu shartnoma asosida Buxoro amirligi tashqi va ichki siyosiy masalalarni hal qilishda mustaqillikdan mahrum bo‘lib Rossiya davlati ostidagi yarimmustamlaka davlatga aylandi. Ayniqsa, chor qo‘shinlarining 1871- 1 Абдураимов М.А. “Очерки аграрних отношений в Бухарском ханстве в ХVIII – первой половине ХIХ века”. Т.2. – Тошкент: Фан, 1970. 86-б 2 Азизхўжаев А.А. “Давлатчилик ва маънавият”. – Тошкент: Шарқ, 1997. 78-б 29 1872 yillarda Zarafshon daryosi boshqaruvini nazoratga olishlari Buxoroning bundan keyingi rivojlanishiga salbiy ta’sir o‘tkazgan. Buxoro amirligi bilan Rossiya davlati o‘rtasida tuzilgan sulh shartnomasidan kelib chiqib, 1884 yilda Buxoro bilan Kattaqo‘rg‘on shaharlari orasida telegraf aloqasi hamda 1888 yilda Chorjo‘y, Amudaryo, Buxoro va Samarqandgacha, nihoyat 1898 yilda Toshkentgacha temir yo‘llari yotqiziladi. XIX asr boshlariga kelganda, amirlikda xizmatkor amaldorlar tabaqasi shakllandi. Faqat amir saroyining o’zida 300 ga yaqin amaldor xizmat qilardi. Bu tabaqa davlat xazinasidan maosh olar, amirga batamom qaram bo’lib, ularni amirning o’zi tayinlar yoki egallab turgan lavozimidan olib tashlar edi. Amaldorlar amir farmoyishini bajaribgina qolmay, uning istak-xohishi va ko’nglini topa bilishlari, unga doimo xushomad qilishlari kerak edi. Shu bois saroyda xushomadgo’ylik, amir shaxsini ulug’lash rasm bo’lib qoladi. Amir va uning oilasigagina emas, quyi mansabdagilar yuqori amaldorlarga ham xushomadgo’ylik qilardilar. O’z mavqei, turmushi, oilasining omonligi, mulki uchun qo’rqish, ertangi kunga ishonmaslik kabi og’ir vaziyat vujudga keladi. Qisqasi, mansabdorning taqdiri to’lig’icha yuqori amaldor qo’lida edi. Mansabni sotish, poraxo’rlik keng tarqaldi. Amirlikdagi eng katta saroy mansablari va unvonlari: -Qushbegi, dargoh vaziri, ya’ni bosh vazir lavozimi edi. Davlatning barcha boshqaruv idoralari unga itoat etar edi. Bir so’z bilan aytganda, barcha ijroiya hokimiyat qushbegining qo’lida edi. Viloyat va tuman hokimlari ham qushbegi tavsiyasiga binoan tayinlanar edi. Qushbegi xon istiqomat qilib turgan arki oliyda turar edi. Devonbegi - xonlikning moliya-xazina ishlarini boshqargan. Soliq va jarimalarning undirilishi ustidan nazoratni ham devonbegi amalga oshirgan. Devonbegi arki oliyning bir chetida yashagan. Ko’kaldosh -(xon bilan bir onadan sut emgan kishi) butun amirlik hududida amirga va amirlikka nisbatan do’stona yoki dushmanlik munosabatida bo’luvchilar haqidagi ma’lumotlarni to’plab hukmdorga etkazib turgan. Mushrif - lavozimida ishlagan amaldorlar xonga in’om etilgan buyumlarni hamda harbiy anjomlarni ro’yxatga olish bilan mashg’ul bo’lgan. Soliq tushumlarini ham maxsus daftarga yozib borgan. Mirshab - tungi qorovullar boshlig’i vazifasini bajargan. Dodxoh - fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi, hal etuvchi mansabdor bo’lgan, bularni kerak bo’lsa xon yoki qushbegiga etkazib turgan. Inoq - bu lavozimda ishlagan amaldorlarning vazifasi amir farmoyishlarini bek va boshqa tabaqadagi mahalliy mansabdorlarga etkazishdan iborat bo’lgan. Miroxo’r - amirning ovchi qushlarini tasarruf qiluvchilar ustida turgan, xon ovlarini uyushtirish ishiga mutasaddi bo’lgan. Dasturxonchi - amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas’ul amaldor. To’qsobo - amir tug’i sohibi bo’lgan harbiy mansabdor. Parvonachi - biror shaxsning biror lavozimga tayinlanganligi haqidagi yorliqni o’sha shaxsga etkazuvchi amaldor. Sadrlar - vaqf mulklarini boshqaruvchi mansabdorlar. Vaqf muassasasining boshliqlari bo’lgan mutavallilar sadrlarga bo’ysunganlar. 30 Sadrlarning vazifa va huquqlari vaqf yorlig’i shartlarida qayd etib qo’yilgan. Sadrlar vaqf xo’jaligi daromadining ma’lum qismini olardilar.Shayxulislom - musulmon jamoasi boshlig’i. Qozilik ishlarida hamda kundalik hayotda qonunlarga rioya etilishini ta’minlovchi amaldor. Bu lavozim avloddan-avlodga meros bo’lib ham o’tgan. Katta qozi (Qozi kalon) - davlatning oliy qozisi (sudyasi). Amir aralashmaydigan barcha qozilik ishlariga rahbarlik qiluvchi oliy davlat lavozimi. Qozi kalon «Shariat panoh» deb atalardi. Qozi kalon huzurida a’lam va 12 muftiydan iborat devon tuzilgan. Uning vazifasi jinoiy ishlarni har tomonlama ko’rib chiqishdan iborat bo’lgan. Muftiy - qozi kalon murakkab deb hisoblagan turli diniy- huquqiy masalalar bo’yicha, shariat qonunlariga asoslanib fatvo chiqargan. Bu fatvo uning yoki bir necha muftiyning muhri bilan tasdiqlangach, qoziga berilar edi. Qozi bu fatvoga asoslangan holda hukm chiqarardi. Amaldorlarga amir nazariga tushgan xizmatlari uchun otaliq, eshik og’asi kabi e’tiborli unvonlar berilgan. Xonning, uning o’g’illarining ham otalig’i bo’lgan. Amaldorlar harbiy yurishlarda ham qatnashgan. Xon yig’inida amaldorlarning amaliga qarab o’rni bo’lar edi. Shunga ko’ra ular xonning o’ng va so’l tomonida, unga yaqinroq va uzoqroq erda o’tirardilar. Ba’zilari o’tirishar, ba’zilari esa tik turishardi. Kattaroq amaldor saroyga ot minib kirsa, ba’zilari piyoda kirardi. Amirlikda amaldorlardan tashqari diniy ulamolar ham hukmron mavqega ega edi. Ular o’zlarini Muhammad payg’ambarning avlodlarimiz deb hisoblovchi sayyidlar hamda choriyor halifalar - Abubakr, Umar, Usmon va Ali avlodlaridanmiz deyuvchi xo’jalardan iborat edi. Ular katta er-suvga, savdo do’konlariga, hunarmandchilik ustaxonalariga ega edilar. Amirlikda jo’ybor shayxlari alohida mavqega ega bo’lib, XIX asrda ular Buxoroda 16 mahalla bo’lib yashardi 1 . Sudlov ishlarida shariat qonun - qoidalariga rioya etilishini ta’minlashda shayxulislom, a’lam va qozilar amirning eng yaqin yordamchilari edi. Amirlikda eng katta mansabdorlardan biri Qozi kalon hisoblanardi. Uning mahkamasida har bir viloyatdan bittadan qozi ish olib borardi. Ularni amirning o’zi tayinlardi. Qozi din masalalari, oila, meros, jinoiy ishlarga oid masalalar bo’yicha hukmlar qabul qilardi. Buxoro amirligi 27 beklik: Karmana, Xatirchi, Ziyovuddin, Nurota, Qarshi, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog’, G’uzor, Boysun, Sherobod, Denov, Karki, Chorjuy, Xisor, Ko’lob, Qorategin, Darvoz, Baljuvon, Sho’g’non-Rushon, Qo’rg’ontepa, Qobodiyon, Kalif, Bo’rdalik, Qoboqli va Norazm bekliklaridan iborat edi. Har bir beklikni amir tomonidan tayinlab qo’yiladigan hokimlar - beklar idora qilardi. Hokim huzurida yuzlab mahalliy ma’murlar xizmat qilardi. Manbalar amirlikda mahalliy ma’murlar shtati 30000 kishini tashkil etganligidan guvohlik beradi. Hokim va uning xizmatkorlariga maosh davlat xazinasidan berilmas edi, ular mahalliy aholidan olingan turli - tuman soliq va to’lovlar hisobiga tirikchilik 1 Азизхўжаев А.А. “Давлатчилик ва маънавият”. – Тошкент: Шарқ, 1997. 47-б 31 qilishardilar. Hokimlar, soliq yig’uvchilar, qozilar xohlagancha ish yuritardilar, ularning faoliyatini belgilovchi qonun-qoidalar yo’q edi. Ularning suiste’mollari xalq gardaniga og’ir yuk bo’lib tushardi. XIX asr 30-yillarida amir qo’shinida 19 mingga yaqin yollangan askarlar bo’lib, ular turli shahar va istehkomlarda harbiy xizmatni o’taganlar. Qo’shin askarlari, asosan, o’q-yoy, nayza, qilich, xanjar, oybolta kabilar bilan qurollangan. Manbalar amir qo’shinida piltali miltiqlar va kichik to’plar ham bo’lganligidan guvohlik beradi 1 . Amir qo’shinining jangovorlik darajasi past edi. Askarlar harbiy mashqlarga nisbatan ko’proq mehnat bilan band bo’lardi. Sipohlikka 15 yoshdan 70 yoshgacha erkaklar olinardi, qo’shin safida keksayib qolganlar anchagina bo’lardi. Amirlikning yillik daromadi 2 mln. 300 ming so’m bo’lgani holda, uning 1 mln. 300 ming so’mi qo’shinni saqlashga sarflanardi. Oziq-ovqat etishmasligidan sipohlar qochardi, kiyimi yupun edi. XIX asr o’rtalarida askarlar soni, piltali miltiq va to’plar ham anchagina ko’paygan. Qo’shinda yuz boshi, ming boshi singari harbiy lavozimlar bo’lib, umumiy qo’mondonlikni lashkarboshi boshqargan. Amirlikning qo’shini muntazam bo’lmay, zaruriyat bo’lganda to’planardi, ularni to’plash qiyin kechardi. Bu amirlikning zaiflik omillaridan biri edi. 1 Ражабов Қ. Насруллоҳхон. Тошкент, “Абу Матбуот-Консалт”, 2011.-Б.28. 32 Xulosa Buxoro amirligi XIX asrning o’rtalariga kelib, O’rta Osiyo xonliklari ichida o’z salohiyati, hududi, aholisi, ishlab chiqarishi va tabiiy resurslari jihatidan alohida mavqyega ega bo’lib, O’rta Osiyo hududidagi eng yirik monarxistik davlat hisoblangan. XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Buxoro xonligida hokimiyat tepasiga mang’itlar sulolasining kelishi tufayli uzoq vaqtlar davomida hukm surib kelgan o’zaro kurashlar va urushlarga chek qo’yildi. Katta harakatlar evaziga markazlashgan hokimiyat tizimi yuzaga keltirildi va qishloq xo’jaligi, hunarmadchilik, savdosotiq, ishlab chiqarish borasida bir qator ijobiy o’zgarishlar amalga oshirildi. XVIII asrning o’rtalariga kelib, Buxoro amirligi o’z hukmronligida faqatgina Buxoro shahri va uning atrofidagi tumanlar bo’lmish Vobkent, G’ijduvon, Qorako’l, Vardonze, Qashqadaryo viloyati hududlari va Miyenkol vohasi hududlarini saqlab qolgan bo’lsa, XIX asrning boshiga kelib, Buxoro amirligi hududiga Zarafshon hamda Qashqadaryo vohasi hududlaridan tashqari, Surxon vohasi hududi, Hisor, Xo’jand, O’ratepa, Panjikent kabi aholi zich yashaydigan tumanlar, Zarafshon daryosining yuqori oqimi, Janubiy Turkistonning katta qismi hamda Chorjo’ydan tortib, to Murg’ob daryosiga qadar bo’lgan sarhadlar kirgan. XIX asrning 20–50 yillarida Buxoro amirligi hududiy tuzilishida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Buxoroda ushbu davrda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy tushkunlik natijasida, uning bir qator sarhadlari qo’ldan chiqib ketdi. Jumladan, Toshkent, Turkiston, Xo’jand va O’ratepa Buxoro amirligi tasarrufidan chiqib, Qo’qon xonligiga o’tdi. Hisor viloyati hamda Zarafshon daryosining yuqori oqimi qismlaridagi hududlar mustaqil hukmronlikni qo’lga kiritishdi. Shahrisabz va Kitob Buxoroga bo’ysunmay qo’ydi. XIX asrning 50-yillariga kelib esa uzoq vaqt Buxoroga tobe hisoblangan Balx, Andxoy, Maymana, Shibirg’on va Janubiy Turkistonning boshqa viloyatlari bevosita Angliya hukumatining ta’siri va yordami tufayli afg’on amirlari tomonidan egallab olindi. XIX asrning 50–60yillariga kelib, Buxoro 44 ta beklikdan iborat bo’lgan bo’lsa, 1915 yilda Buxoro amirligi 27 viloyat (beklik) va 11 ta tumandan iborat bo’lgan. Buxoro amirligida viloyatlar (bekliklar) va tumanlar doimiy ravishda yo qo’shilib turgan, yo ajralib turgan. XIX asr boshida Buxoro amirligi iqtisodiy hayotida yerga egalik masalasi muhim ahamiyat kasb etgan. Yer egaligining uch xil kategoriyasi: 1) davlatga taalluqli bo’lgan yerlar; 2) xususiy yer egalariga taalluqli bo’lgan yerlar; 3) musulmon diniy muassasalar ixtiyeridagi yerlar mavjud bo’lgan. XIX asr o’rtalariga kelib Buxoro, Samarqand, Qarshi, G’uzor, Shahrisabz, Kattaqo’rg’on, Denov kabi amirlikning yirik shaharlari Buxoro amirligining asosiy savdo markazlari hisoblangan. Amirliqda hunarmandchilikning rivojlanishi savdo munosabatlarining kengayishiga bosh sabab bo’lgan. Ushbu holat ayniqsa, ichki savdo rivojlanishiga keng yo’l ochdi. Bu davrda Buxoroning qo’shni davlatlar – Qo’qon va Xiva xonligi, 33 Afg’oniston hamda Rossiya, Eron, Hindiston va Xitoy kabi yirik davlatlar bilan savdo aloqalari tez sur’atlar bilan rivojlanib borgan. Rossiya-Buxoro savdo munosabatlarida paxta va undan tayyorlangan mahsulotlar hamda qorako’l teri ustuvor o’rinni egallagan. Amir Nasrullohxon davrida Buxoro amirligining ichki va tashqi siyosati mavzusini tadqiq etib, o’rganib quyidagi xulosalarga kelindi: Birinchidan, aholining siyosiy-huquqiy tafakkurini yanada boyitish maqsadida, milliy o‘tmishimizning intellektual boyligiga tayangan holda yosh avlodni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalashning muayyan mexanizmini ishlab chiqish hamda amalga oshirish maqsadga muvofiqligi ko’rsatib berildi; Ikkinchidan, amir Shohmurod tomonidan amalga oshirilgan islohotlardan tarixiy-huquqiy asos sifatida foydalanish mumkin; Uchinchidan, keyingi davr tarixchilari va sayohatchilarining Amir Nasrulloh haqidagi fikrlarini umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, Nasrulloh o‘zining barcha potensial raqiblarini qisqa muddat mobaynida yo‘qotgan yohud ularni Buxorodan badarg‘a qilgan. Ushbu fikrga e’tiroz bildirish qiyin, biroq, u har kuni Buxoroda 50-100 kishining qonini to‘kkanligi esa mubolag‘adan boshqa narsa emasligi yoritildi; To’rtinchidan, Amir Nasrullo hokimiyat tepasiga otasi amir Haydarning o‘limidan so‘ng olti oy o‘tgandan so‘ng kelgan. U milliy davlatchilik tarixida kuchli, jasur hamda qattiqqo‘l davlat boshlig‘i sifatida joy oldi; Beshinchidan, Tarixchi va sayohatchilarning ma’lumotlariga qaraganda, amir Nasrullo hukmdor sifatida davlatning ichki va tashqi dushmanlariga haqiqiy zarbani berdi; Oltinchidan, Amir Nasrullo tomonidan olib borilgan harbiy-siyosiy islohotlar natijasida davlatning harbiy qudrati mustahkamlana borgan. Olib borilgan tinimsiz urushlar barobarida Qo‘qon xonligi (1842y) hamda Shahrisabz (1856y) bekligi egallandi; Yettinchidan, Amir Nasrullo tashqi siyosat masalasida oldingi davlat boshliqlaridan farqli ravishda, Markaziy Osiyoning iqtisodiy salohiyatiga talabgor bo‘lgan ikki yirik davlatlar Rossiya va Angliya bilan ochiq siyosat olib borish dasturini amalga oshirgan. XIX asr 30 yillarining boshlarida Buxoro amirligiga Vest-Indiya kompaniya- sining topshirig‘i bilan kelgan leytenant Aleksandr Berns bilan olib borilgan muzokaralar asosida Angliya davlati bilan qisqa muddatga bo‘lsada, o‘zaro hamkorlik munosabatlari o‘rnatildi; Sakkizinchidan, XIX asrga kelganda, Buxoro amirligining hududi qariyb 200 ming kvadrat kilometrni tashkil etdi. Uning chegaralari janubda Amudaryoning so’l qirg’og’idan boshlanib, Sirdaryogacha cho’zilib, qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Amirlik sharqda Pomir tog’lari, g’arbda Xiva xonligi chegaralarigacha bo’lgan hududni ishg’ol etdi; To’qqizinchidan, Amir Nasrulloh o‘z hukmronligi davrida islom shariati ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilgan. Nasrullohxon jasur va dovyurak kishi bo‘lganligi bois unga bahodurxon va boturxon unvonlari berildi; O’nincidan, Amir Nasrulloh Buxoro taxtiga o‘tirgan yili dunyoga kelgan mashhur tarixchi va davlat 34 arbobi Ahmad Donishning keyinchalik yozishicha, “Amir Nasrulloh vazmin va qo‘rqmas, qattiqqo‘l va zukko hukmdor edi. U o‘z hukmronligi davrida el va ulusda fitna chiqarishda nom qozongan, markaziy hokimiyatga qarshi urug‘-qabilalarning turli isyonlarida qatnashgan yoki ilgarigi amirlarga nisbatan ko‘rnamaklik qilganlarning barchani jazoladi va yo‘q qildi; O’n birinchidan, XX asr boshlarida Buxoroda amirlik tuzumi va mang‘itlar sulolasi hukmronligiga qarshi keng miqyosdagi kurash, jadidchilik harakati va Yosh buxoroliklar partiyasining faoliyati natijasida, shuningdek, Rossiyada bolsheviklarning hokimiyat tepasiga kelishi va sovet Rossiyasining harbiy kuchlari bo‘lgan qizil armiya jangchilari tomonidan Buxoro shahriga qilingan bosqin oqibatida 1920 yil 2 sentabrda Buxoroda amirlik tuzumi ag‘darib tashlandi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling