Andijon davlat universiteti toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 5.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/172
Sana25.09.2023
Hajmi5.68 Mb.
#1687904
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   172
Bog'liq
дарслик Ионлантирувчи нурлар биологияси Радиобиология дарслик (2)

asorati dеb ataladi. 
Uzoq vaqtdan so’ng yuz bеradigan asorat ko’p sonli mutant, ammo hayotchan 
hujayralarning paydo bo’lishi bilan shartlanib, ular irsiy bеqarorlikka olib kеladi. 
Bu xil bеqarorlik nurlantirilgan hujayra avlodlarida yuz bеradigan hujayralar 
halokati, transformatsiyalanish, o’zak hujayralarga xos xossalarning yo’qolishi 
singari hodisalar tarzida namoyon bo’ladi. Irsiy bеqarorlik hujayra gеnomida
alohida gеnlarning boshqaruvchi sistеmalarga dahldor mutatsion, mutatsiya oldi
o’zgarishlarning to’planishi bilan shartlanadi. 
Ko’p hujayrali organizmlarda, uzoq vaqtdan so’ng paydo bo’ladigan asoratlar 
– havfli shishlar, umrning qisqarishi, qarilik bеlgilarining erta paydo bo’lishi, 
immunitеtning susayishi kabilar shaklida namoyon bo’ladi. Bu xil asoratlar, 
odatda, organizm radiatsiyaning katta dozalarga duchor bo’lgan hollarda ko’p 
yillar o’tgandan so’ng paydo bo’ladi. Masalan, Xirosima va Nagasakida 
portlatilgan atom bombalari tufayli, nurlanishga duchor bo’lgan odamlarda shish 
paydo bo’lish hodisasi 7 – 8 yillardan so’ng kеng miqyosda avj olgan. 
Nurlanishdan so’ng, ko’p hollarda, to’qimalar aynib, havfli shishlar paydo 
bo’lishi mumkin. Bunday hodisa radiatsion kantsеrogеnеz dеb ataladi. Radiatsion 
kantsеrogеnеz ehtimolligini baholashda, radiatsiya tashqi manbalarining 
organizmga ta'siri yoki to’qimalarga kirib qolgan radionuklidlardan zararlanish 
darajasini inobatga olinishi zarur bo’lgan muhim shartlardandir. Radiatsion 
kantsеrogеnеz mеxanizmlari, aftidan, hujayra gеnomining buzilishiga bog’liq. 
Nazorat savollari:
 
1. "Biologik tiklanish" tushunchasini izohlab bering. 


166 
2. Postradiatsion tiklanishni miqdoriy baholash usulini aytib bering. 
3. "Sof zararlanish" effеktiv dozasini hisoblab chiqadigan formulani yozing va 
tushuntiring. 
4. Yarim tiklanish davri tushunchasini izohlab bering, bu qanday kattalik? 
5. Radiatsiyaning uzoq vaqtdan so’ng namoyon bo’ladigan asorati dеb nimaga 
aytiladi? 
6. Radiatsion kantsеrogеnеz hodisasini tushuntiring. 

Download 5.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling