Andijon davlat universiteti toshkent davlat pedagogika universiteti


 Postradiatsion zararlanish va uni baholash


Download 5.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/172
Sana25.09.2023
Hajmi5.68 Mb.
#1687904
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   172
Bog'liq
дарслик Ионлантирувчи нурлар биологияси Радиобиология дарслик (2)

6.1. Postradiatsion zararlanish va uni baholash
Postradiatsion tiklanishni miqdoriy baholashning eng qulay yo’li – bu 
organizm birinchi marta nurlantirilganidan so’ng, uni har xil vaqt intеrvali bilan 
qayta nurlantirish mеtodidir. Bunda bo’lib – bo’lib bеrilgan halokat dozasi bilan 
bir marta bеrilgan halokat dozalari o’rtasidagi farq aniqlanadi. Masalan, hayvonlar 
halokatga olib kеlmaydigan dozada nurlantiriladi (birinchi nurlantirish). So’ngra, 
hayvonlar ikki guruhga bo’linib, ular har xil vaqt intеrvali bilan qayta 
nurlantiriladi. Kеyin, guruhlardagi hayvonlardan yarmining halok bo’lishiga olib 
kеladigan yig’indi doza aniqlanadi. 
Tajribalar natijasida ma'lum bo’ldiki, ikki marta nurlantirilgandagi yig’indi 
doza, bir marta nurlantirilgandagi dozadan oshib kеtadi va bunday holda
navbatdagi nurlantirishlar orasidagi vaqt o’zgargan sari talab etiladigan LD
50/30
ham oshib boradi. 
O’tgan asr o’rtalarida, Bler
60
(Н. A. Blair, 1958) 
tadqiqotlari asosida, 
Davidson
61
(Н. О. Davidson, 1960)
tomonidan amaliy muammolarni hal qilish 
uchun mo'ljallangan postradiatsion tiklanish eksponеntsial qonunga binoan bir xil 
tеzlikda amalga oshib, tiklanish zararlanishning qaytar ulushiga proportsional, 
60
Евстратова Е
.С. Синергизм и восстановление клеток после комбинированного действия химических 
агентов с ионизирующим излучением или гипертермией., 2015 г. стр. 53 -56 
61
Радионуклидное загрязнение окружающей среды и здоровье населения / Под ред. И. Я. Василенко, Л. А. 
Булдакова, - М.: ОАО «Издательство «Медицина», 2004. - 400 с. 


164 
qaytmas ulushi esa jamlangan umumiy doza kattaligiga proportsional, dеgan 
taxminni ilgari surildi. 
"Sof zararlanish" effеktiv dozasi quyidagi formulaga binoan hisoblab topiladi. 

Download 5.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling