Andijon davlat universiteti toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 5.68 Mb. Pdf ko'rish
|
дарслик Ионлантирувчи нурлар биологияси Радиобиология дарслик (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Radiatsion immunologiya
Radiatsion gigiena – odam organizmini radiatsiya ta`siridan muxofaza qilish
tadbirlari, nurlanishning me`yoriy ko’rsatkichlarini belgilash va nazorat kqilish bilan shug’ullanuvchi fandir. Radiatsion gigienaning ikki turi - kommunal va professional radiatsion gigienaga buo’linadi. Radiatsion gegiena, ionlovchi nur manbalari o’rnatilgan binolar, ishchi xodimlar, bemorlar va atrofda joylashgan xonalarning sanitariya-gigiena me`yoriy ko’rsatkichlari, muxofaza vositalarining nazorati, radioaktiv fon, qurilish materiallari, mineral o’gitlar kabi radiaktivligi yuqori moddalarning texnogen radioaktiv foni, suv, oziq-maxsulotlar radiaktivligi, professional nurlanishning individual normativlari, radioaktiv chiqindilarni to’plash, saqlash, (kumish), energetik yadro qurilmalari - atomoxodlar, AESlar chiqindilarini utilizatsiyasi bilan shug’ullanadi. Radiatsion gigienaning asosiy 19 me`yoriy xujjati «Sanitarnie pravila i normi pri rabote s radioaktivnimi izotopami», «Normi radiatsionnoy bezopasnosti - NRB-96» xisoblanadi. Radiatsion immunologiya – Radiatsiyaning immunitetga ta`siri va shu orqali immunologik faktorlar, ularning mexanizmlarini o’rganish bilan shug’ullanuvchi fandir. Radiatsion mikrobiologiya – ionlovchi nurlarning mikrobiologik ob`ektlarga ta`siri, mikroblarda radiatsion mutatsiya, sterilizatsiya, mikrob o’zgarishlari vositasida turli radiobilogik jarayonlarni o’rganish bilan shug’ullanuvchi fandir. Yer shari bir necha 10 km qalinlikka ega atmosfera qatlami bilan o’ralgan. Bu qatlam fazodan kelayotgan kuchli nur oqimini yutadi. Yerga kosmik nurlarining kichik bir ulushigina yetib keladi. Er yuzasidan yuqoriga ko’tarilgan sari bu nurlarning miqdori ortib boradi, uzoq vaqt davomida 80-100 km va undan balandlikda bo’lish hayot uchun xavfli. Yer atrofidagi radiatsiya, yerning magnit belbog’lari sohasida ayniqsa kuchli. Fan va texnikaning rivoji tufayli XX asrning ikkinchi yarmida kosmik parvozlar va sayoxatlar erasi boshlandi. Bu yangi muammolarni tug’dirdi. Parvozlar jarayonida radiatsiyaning turli jonzodlar, birinchi navbatda odam organizmiga ta`sirini o’rganish va kosmonavtlarni fazo radiatsiyasidan saqlash bilan shug’ullanuvchi radiobiologiyaning yangi bir sohasi - kosmik radiobiologiya yuzaga keldi. Bu fan sayyoralararo sayoxatlarda kosmonavtlar organizmiga nur ta`siri va undan muxofazalash muammolari bilan shug’ullanadi. Xozirgi paytda kosmik sayoxatlarni ta`minlovchi yadro energetik qurilmalari yaratilgan. Download 5.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling