Andijon davlat universiteti toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 5.68 Mb. Pdf ko'rish
|
дарслик Ионлантирувчи нурлар биологияси Радиобиология дарслик (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fiziologik radiobiologiya
- Radiatsion ekologiya
Radiatsion genetika – ionlovchi nur chiqaradigan genetik effektlar, uning
natijasida ro’y beradigan radiatsion mutatsiyalar, nasliy o’zgarishlar, asoratlarni o’rganuvchi fandir. Hujayra yadro apparatining nurga ta`sirchanligining yuqoriligi sababli radiatsiyaning genetik effektlari keng va chuqur o’rganilgan. Radiatsion genetika, jinsiy hujayra nurlanishining naslga ta`sir qonuniyatlarini o’rganish bilan cheklanmay, somatik hujayralarida nurlanish keltirib chiqargan saraton kasalligi (радиоционный рак), genetik o’zgarishlarni o’rganish va zararsiz nur miqdorining me`yoriy ko’rsatkichlari (допустимые уровни облучения)ni belgilash bilan shug’ullanadi. Fiziologik radiobiologiya – odam va hayvonlarning murakkab organizmida hujayralar, to’qimalar, organlar va ular tizimida ro’y beruvchi integratsiyalangan radiatsion nurlangan keyngi o’zgarishlarni o’rganadi. Masalan: umumiy nurlanishda markaziy asab tizimi tashqi va ichki retseptorlardan kelayotgan impulslarning katta oqimidan ta`sirlanadi. Natijada unda funktsional o’zgarishlar ro’y beradi, bu esa o’z navbatida boshqa organlar faoliyatining boshqarilishining 18 o’zgarishiga olib keladi; yoki nurga ta`sirchanligi yuqori bo’lgan qon ishlab chikarish tizimi, oshqozon-ichak yo’li, immunitetning radiatsiya ta`sirida zararlanishi butun organizmda ko’p tarmoqli o’zgarishlar chiqaradi. Umumiy radiobiologiya, shular kabi organlar tizimi yoki butun organizmda nur ta`sirida ro’y beradigan o’zgarishlarni o’rganish bilan shug’ullanadi. Radiatsion ekologiya – insoniyatni o’rab turuvchi muhitning radiaktivligi, uning o’zgarishlari, radioaktiv moddalar migratsiyasi va turli darajadagi radiaktivligining tabiiy biologik xamjamiyatlar – biogeotsenozlarga ta`sirini o’rganadi. Tabiiy radiatsion muhit, geologik va geografik muhitlarga bog’liq va u turli regionlarda turlicha. Bu muhit insoniyatning faoliyati tufayli tinimsiz o’zgarib turadi. Yadro sinovlari olib borilgan yillarda portlashlardan xosil bo’lgan radioaktiv moddalar butun planetaga tarqalib, o’simliklar, hayvon va odamlar organizmiga tushgan. Shunga o’xshash boshqa yadro xalokatlarida (M.Chernobil AES avariyasi) ro’y bergan radioaktiv ifloslanishlar odam va hayvonlar organizmining uzoq yillar davomida nurlanishiga sabab bo’ladi. Radioekologiya radioaktiv izotoplarning muhitda tarqalishi, ularning biosferaning turli qismlariga ko’chishi (masalan: tuproq-o’simliklar-hayvonot-odamzot; yoki dengiz suvi – dengiz maxluqlari – odamzot sistemasi bo’ylab ko’chishi) tabiatning radioaktiv muhitdan tozalanish imkoniyatlarini o’rganadi. Download 5.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling