Andijon davlat universiteti toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 5.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/172
Sana25.09.2023
Hajmi5.68 Mb.
#1687904
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   172
Bog'liq
дарслик Ионлантирувчи нурлар биологияси Радиобиология дарслик (2)

Radiatsion biofizika - tirik organizmda nur ta`sirida ro’y beradigan birlamchi 
jarayonlarning fizik-kimyoviy qonuniyatlarini - nur yutilishining dastlabki 
soniyalarida atom va molekulalarning qo’zgalishi va ionlanishi, radikallar xosil 
bo’lishi, ularning o’zaro yoki boshqa molekulalar bilan aloqalarini o’rganadi. 
1-chizma. Radiobiologiyaning biologiya fanlari tizimida tutgan o’rni 
Yadro 
fizikasi 
Fiziologi
ya 
Sitologi 
ya 
Kimyo 
Tibbi 
yot 
Biofizi 
ka 
Biokim 
yo 
Geneti 
ka 
Radiobi
ologiya 


17 
Radiatsion kimyo va biokimyo - molekulyar miqyosda radiatsion 
zararlanishning dastlabki etaplari, hujayra mikrostrukturasining o’zgarishi, 
funktsiyasining buzilishi va metabolik jarayonlarning o’zgarishini o’rganadi. 
Radiatsion 
biokimyo 
zamonaviy 
tadqiqot 
uslublari 
ultrasentrofugalash, 
xromatografiya, elektroforez, elektron paramagnit rezonans, radionuklid 
indikatsiyalash 
yordamida 
hujayralarning 
alohida 
qismlarida 
modda 
almashinishining ilk buzilishlarini ko’rsatib beradi. Radiatsion biofizika va 
biokimyoni umumlashtirib molekulyar radiobiologiya deb atash mumkin. 
Radiatsion sitologiya – hujayra va uning alohida organoidlarida ionlovchi 
nur ta`sirida ro’y beradigan funktsional va morfologik o’zgarishlarni o’rganuvchi 
radiobiologiyaning bir qismi. Radiatsion sitologiyaning o’rganish ob`ekti turli xil 
hujayralar, mikroorganizmlar, o’simlik, hayvon, odam hujayralari xisoblanadi. 
Ko’p hollarda, sut emizuvchilarning tirik hujayralari bilan olib boriladigan 
eksperimentlar hujayralar kulturasini in vitro sharoitida (vitrium – shisha) idishda 
o’stirib amalga oshiriladi. 

Download 5.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling