Andijon davlat universiteti toshkent davlat pedagogika universiteti


Yadroning parchalanish mahsulotlari bilan zararlanishining o’ziga


Download 5.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/172
Sana25.09.2023
Hajmi5.68 Mb.
#1687904
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   172
Bog'liq
дарслик Ионлантирувчи нурлар биологияси Радиобиология дарслик (2)

Yadroning parchalanish mahsulotlari bilan zararlanishining o’ziga 
xosliklari. Inkorporirlangan radionuklidlarning organizmdagi biologik ta'sirini 
o’rganish muhim masalalardan iborat bo’ladi.


184 
61-rasm. Odam organizmida radionuklidlarni tarqarilishi

Shu bilan birga urush vaqtlarida, yadro qurilmalarining halokatga uchrashi 
natijasida organizmga yadroning parchalanish mahsulotlari (YaPM) ham kirib 
kеladi. I.Ya.Vasilеnko fikricha
72
, bunday zararlanishlarning klinikasi va 
patogеnizmi o’ziga xos xususiyatlarga ega. 
Uran va plutoniyning yadroviy parchalanishi natijasida D. I. Mendeleevning 
Davriy elementlar jadvalini o'rta qismini 200 dan ortiq radionuklidlaridan iborat 
murakkab aralashma hosil bo'ladi. Faollikni asosiy qismini 95-103 va 130-140 
ommaviy sonli radionuklidlar tashkil qiladi. Organizmga tushganda ular moddalar 
almashinuvi jarayonida turg’un elеmеntlar o’rnini egallaydi va parchalanganda 
qo’shni guruh elеmеntlarini hosil qiladi. Bunday transmutant effеktlar, shuningdеk 
β – zarrachalar va nеytronlar emissiyasi natijasida kimyoviy o’zganishlarning 
vujudga kеlishi organizm tomonidan yutilgan radionuklidlarning dozasi va yarim 
parchalanish vaqtiga bog’liq holda YaPM larning biologik tasiridagi o’ziga 
xosliklarini bеlgilab bеradi. 
72
Василенко О.И. Радиационная экология / О.И. Василенко. – М. : Медицина, 2004. – 216 с. 


185 
62-rasm. Yadro parchalanish mahsulotlarining biologik zanjirlar
bo'ylab harakatlanish yo'llari
73
Organizmga kirgan radionuklidlar organlarda quyidagi tartibda joylashadi: 
qalqonsimon bеz (maksimum), jigar, ichak, buyraklar, skеlеt, muskullar. 
Organizmdagi 
radionuklidlarning 
radioaktivlik ko’rsatkichi izotoplarning 
parchalanishi natijasida tеzda pasayib kеtadi. Masalan, itlarda o’tkazilgan tajribada 
ularga YaPM kiritilgandan so’ng 6 – 8 soat o’tgach, radioaktivlik ko’rsatkichi 
dastlabkisiga qaraganda bir nеcha foizga kamaygan, 1 oydan so’ng 1% ga, 3 oydan 
so’ng bir nеcha o’n foizga kamaygan. Marshal orolining jabr ko’rgan aholisida 
radioaktiv mahsulotlar miqdori 82 - kunga kеlib 57 barobar kamaygani 
aniqlangan
74

“Marshall orollari hududiga 29 ta atollar va 5 orollar kiradi. AQShning 
yadroviy sinovlari asosan ikkita arxipelagning shimolida joylashgan Enivetok va 
73
Л.И. Баюров, Курс лекций по сельскохозяйственной радиологии/Учебное пособие. – Краснодар:
КубГАУ, 2009 г. – 112 с. 
74
Бэгготт, Джим. Эниветок // Тайная история атомной бомбы. — М.: Эксмо, 2011 г.- 640 с. 
Yadro parchalanishi mahsulotlari 
Gidrobiontlar 
O’simlik 
Suv havzasi 
Tuproq 
Atmosfera 
Oziq ovqat mahsulotlari 
Odam 
Hayvon 


186 
Bikiniga qaratilgan edi. Ko'plab sinovlar jarliklar ichida amalga oshirildi. Ba'zi 
sinovlar, portlashlardan keyin deyarli yo’qolib ketgan kichik orollarda o'tkazilgan. 
Garchi bu erda portlatilgan 67 bomba Amerika Qo'shma Shtatlari tomonidan 
o'tkazilgan yadroviy sinovlarning atigi 6 foizini tashkil etsa-da, Marshall orollari 
sinovdan o'tgan portlovchi moddalarning umumiy zaryadining yarmidan 
ko'prog'ini tashkil etadi: 196,5 million tonna, TNT 108,5 million tonna.” 
 

Download 5.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling