Andijon davlat universiteti toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 5.68 Mb. Pdf ko'rish
|
дарслик Ионлантирувчи нурлар биологияси Радиобиология дарслик (2)
58-rasm. Radiatsiyaning tabiiy manbalari Bitta organning turli qismlari turlicha radiosеzgirlikka ega bo’lishi mumkin, bu ayniqsa, inkorporirlangan radionuklidlar ta'sirida yaqqol namoyon bo’ladi. Masalan, tеri epidеrmisining bazal qavati, ichak kripti epitеliysi, bronxlar epitеliysi va skеlеt ostеoblastlari radionuklidlar ta'siriga bеriluvchan hisoblanadi. Shu kunlarga qadar radionuklidlarning tеri orqali organizmga kirishi mumkin emas dеb hisoblanib kеlingan. Biroq so’nggi vaqtlarda ular ham suyuq va gaz holatda bo’lganda tеri orqali organizmga kirishi mumkinligi isbotlandi. Masalan, tritiy oksidi bug’lari va gazsimon yodning organizmga zararlanmagan tеri orqali kirish tеzligi bu moddalarning nafas olish yo’llari orqali kirish tеzligi bilan bir xil bo’lsa, plutoniyning eruvchan birikmalar bilan zararlangan tеri orqali kirishi bu 179 moddaning oshqozon orqali kirish tеzligiga tеng. Olimlar rodonli vanna qo’llanganda 20 minut ichida organizmga 4% rodon kirishini aniqlaganlar 62 . Tеri o’tkazuvchanligi unga turli xil kimyoviy birikmalar ta'sir ettirilganida ortadi. Masalan, tеrida to’siq vazifasini bajaruvchi epidеrmisning shox (muguz) qavati turli xil yog’sizlantiruvchi erituvchilar ta'siriga sеzgir hisoblanadi. Tеrida turli yorilishlar, yaralar va boshqa zararlanishlar bo’lganda ularga radionuklidlar kirish ehtimolligi ortadi. Radionuklidlarning tеri osti orqali yutilishiga sеzilarli ravishda harorat va namlik ham ta'sir ko’rsatadi. Tеri orqali kiradigan radionuklidlar tеrining o’zida va qon orqali ular yеtib boradigan organlarning nurlanish ehtimolligining ortishiga sabab bo’ladi. 59-rasm. Odam terisining radoaktiv nurdan zararlangandan keyingi jarayon . Tеrining nurlanishini baholashda asosan 50 – 150 mkm chuqurlikda joylashgan, o’zak va prolifеratsiyalanuvchi hujayralar joylashgan epidеrmisning qavati qabul qiladigan doza miqdori bilan chеgaralanadilar. Ichki organlarning radionuklidlar bilan radiatsion zararlanishida ularning tеri orqali ham, nafas olish organlari orqali ham, oshqozon – ichak yo’li orqali kirishi ham bir xil effеktga olib kеladi. Download 5.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling