Mavzu: Temir beton elementlarning yoriq bardoshligi egilishga ishlaydigan elementlarni normal yo'nalishlar hisobi elimentlarda og'ma yorilishlar hisobi Reja
Download 37.16 Kb.
|
Temir beton elementlarning yoriq bardoshligi egilishga ishlaydigan elementlarni normal yo\'nalishlar hisobi elimentlarda og\'ma yorilishlar hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temirbeton konstruksiyalar
Mavzu: Temir beton elementlarning yoriq bardoshligi egilishga ishlaydigan elementlarni normal yo'nalishlar hisobi elimentlarda og'ma yorilishlar hisobi Reja: 1.Qoliplarning turlari. 2.Beton va temir-beton mahsulotlarini qoliplash 3.Temir beton elementlarning yoriq bardoshligi egilishga ishlaydigan elementlarni normal yo'nalishlar hisobi elimentlarda og'ma yorilishlar hisobi Temirbeton konstruksiyalar — temirbetonlai tayyorlangan elementlar va ularning birikmalari. Tayyorlanish usuliga koʻra, monolit (yaxlit), yigʻma va yigʻmakuyma xillari boʻladi. Temirbeton konstruksiyalar k. yangi paydo boʻlgan davrlarda (19-asr oxiri, 20-asr boshlari) monolit varianti kengtarkaldi. 20-asr oʻrtalaridan boshlab yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ham paydo boʻla boshladi. Endilikda qurilishni yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. siz tasavvur etib boʻlmaydi. Monolit Temirbeton konstruksiyalar k. poydevorlar, gidrotexnika va melioratsiya inshootlari, rezervuarlar, suv bosimi minoralari, bunker va silos minoralari qurishda ishlatiladi. Ayniqsa, zilzilabardosh imoratlarni qurishda juda qoʻl keladi, chunki poydevor, ustun, toʻsin va yopmalarning yaxlit holda ishlanishi binoning zilzila bardoshligini taʼminlaydi. Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ixtisoslashgan zdlarda, mexanizatsiyalashgan ochiq poligonlarda yoki qurilish maydonlarida tayyorlanadi va inshoot kuriladigan joyga tashib keltirilib, koʻtarish kranlari vositasida yigʻiladi (montaj qilinadi). Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ning monolit konstruksiyalardan afzalligi shundaki, qolip tayyorlash uchun ketadigan mehnat va yogʻoch sarfi bir necha marta qisqaradi (Oʻzbekistonda yogʻoch kamligi uchun buning ahamiyati katta), qurilish muddati kamayadi va narxi ham ancha arzonlashadi, konstruksiyalarning sifati ortadi. Metall va yogʻoch konstruksiyalarga nisbatan yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. chidamliligi, olovbardoshligi hamda zanglashga chidamliligi bilan farqlanadi. Sanoat, uyjoy va fuqaro qurilishi uchun temirbeton qoziqlar, poydevor bloklari, ustunlar, toʻsinlar, ferma elementlari, tom, orayopma va devor panellari, kranosti toʻsinlari, zinapoya marshlari va maydonchalari, balkon va karniz plitalari, deraza va eshik oʻrni panellari, sarbasta (tepadon), deraza osti plitalari va boshqa ishlab chiqariladi. Sanoat binolarining 85% ini yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. tashkil etadi. Yoʻltransport qurilishi uchun temirbeton shpallar, koʻpriklarning yigʻma elementlari, yoʻlovchi va yuk tashish platformalari detallari, oqova suv quvurlari va ariqlari, avtomobil yoʻllariga toʻshaladigan yigʻma plitalar va boshqa ishlab chiqariladi. Gidrotexnika inshootlari uchun qobiq plitalar; qishloq xoʻjaligi qurilishi uchun ustunlar, toʻsinlar, turli xil plitalar, molxonalar hamda issiqxonalar, yem saqlanadigan transheyalar uchun kerakli detallar, quduqlar uchun xalkalar va boshqa ishlab chiqariladi. Bulardan tashqari bosim ostida yoki bosimsiz ishlaydigan temirbeton quvurlar, elektr va aloqa simlari uchun temirbeton ustunlar ham tayyorlanadi. Bunday mahsulotlarning aksariyati standart oʻlchamlarda bajariladi. Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. uchun betonning mustahkamligi yuqori boʻlgan turlari (V20— V40)dan foydalaniladi. Temirbeton elementlarning choʻziladigan zonalariga qoʻyiladigan armaturalar oldindan zoʻriqtirilsa (tortib taranglashtirilsa), Temirbeton konstruksiyalar k. ning yoriqlar hosil boʻlishiga qarshiligi ortadi. Choʻzuvchi kuchlanishlar paydo boʻladigan konstruksiyalar (egiluvchan elementlar, quvurlar, rezervuarlar, minoralar va boshqalar) da oldindan zoʻriqtirilgan armaturali temirbetondan foydalanish yaxshi samara beradi. Krlipga quyilgan beton qorishmasi mexanizatsiyalashgan usulda zichlashtiriladi. Koʻpincha (ayniqsa, oldindan zoʻriqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlashda) armaturaning oʻta mustahkam xillaridan, tez qotuvchan sementlardan foydalaniladi; betonning qotishini tezlashtirish uchun maxsus kameralarda bugʻlantiriladi. Yigʻmaquyma (monolit) Temirbeton konstruksiyalar k. yigʻma elementlarning kuyma beton bilan mustahkam birikmasi. Bunda barcha tarkibiy qismlar birgalikda ishlaydi, konstruksiyaga qoʻyiladigan yuk barcha elementlarga tekis taqsimlanadi; Temirbeton konstruksiyalar k. ning yaxlitligi taʼminlanadi. Temirbeton konstruksiyalar k. ning yuk koʻtarish imkoniyati boʻyicha hisoblash nazariyasi oʻzining rivojlanish jarayonida 3 asosiy davrni bosib oʻtdi. Birinchi — dastlabki davrda Temirbeton konstruksiyalar k. ni hisoblashda ruxsat etilgan kuchlanishlar nazariyasidan foydalanilgan. Bu nazariya materiallar qarshiligi fanining formulalariga asoslangan edi. Rivojlanishning ikkinchi davri A. F. Loleyt va A. A. Gvozdevning ilmiy ishlaridan boshlandi (1931). Bu ishlar asosida yaratilgan buzilish bosqichi nazariyasi 1938—55 yillarda qurilish meʼyorlarida asosiy qisoblash nazariyasi boʻlib keldi. Shu davr mobaynida Temirbeton konstruksiyalar k. larining mustahkamligi shu nazariya asosida hisoblanib kelindi. Rivojlanishning uchinchi davrida (1955-yildan) yangi usul — chegaraviy holatlar boʻyicha hisoblash usuli yaratildi. Bu usul hozirgi kunda ham qoʻllaniladi va davr talabiga moye ravishda yil sayin takomillashib boradi. Zamonaviy qurilish texnologiyasining muhim vazifalaridan biri temirbeton, shu jumladan, yengil Temirbeton konstruksiyalar k. yaratish va amalda joriy etishdan iborat. Qoliplar temir-beton zavodlaridagi eng ko`p foydalaniladigan qurilmalar bo`lib ularning narxi temir-beton konstruksiyalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan uskunalarning taxminan 50%ini tashkil etadi. Ishlab chiqarishning qabul qilingan shakliga ko`ra qoliplar quyidagicha bo`lishi mumkin: bir joydan boshqasiga ko`chirilib yuradigan, suriladigan va statsionar (stend usulida) (5.1 -rasm); mahsulotning qoliplash vaqtidagi holatiga ko`ra gorizontal va vertikal; faqatgina qolipning tagidan iborat bo`lganda ularning borti qoliplovchi mashinaga tegishli bo`ladi; qoliplar bir (individual) yoki bir necha mahsulotga (guruhga) mo`ljallangan bo`lishi mumkin; ba‘zi xollarda qoliplar ulardagi mahsulotga issiqlik ishlovini berish uchun issiqlik bo`lmasiga ega bo`lishlari mumkin; qoliplar oldindan zo`riqtirilgan konstruksiyalarni ishlab chiqarish uchun kuchli qoliplar va oddiy bo`lishi mumkin. Temir -beton buyumlari ishlab chiqarish zavodlarida plitalar, balkalar, klonnalar, tashqi devor panellari, qobirg`ali va ko`p kovakli plitalarni tayyorlashda metall tagli va ko`tarma bortga ega qoliplardan foydalanish keng tarqalgan. Ishlab chiqarishning agregat oqimli usulida qoliplarni bir postdan boshqasiga ko`chirib o`tkazish zarurligi uchun qoliplarning mustaxkamligini ta‘minlash zarur bo`ladi. Shuning uchun ularning taglari №14 va №18 shvellerlar va qalinligi 8-10 mm bo`lgan listlardan foydalanib loyihalanadi va tayyorlanadi. - rasmda oldindan zo`riqtirilgan tavr kesim yuzali kranosti, ikki nishabli balkalar va boshqalarni tayyorlash uchun qoliplarning rasmlari keltirilgan. Bunday qoliplar armaturaning taranglashtirilganida hosil bo`ladigan zo`riqish kuchlarini qabul qilganliklari uchun etarli darajada mustaxkam bo`lishlari kerak. Qismlarga ajratiladigan qoliplar qolipning tagi, mustahkamlikni ta‘minlovchi qobirg`alar bilan kuchlantirilgan ikkitadan bo`ylama va ko`ndalang shitlardan iborat. 11.1-rasm.Oldindan zo`riqtirilgan balkalarni tayyorlash uchun kuchli qoliplar: a – uzunligi 12 m bo‘lgan kranosti balkalari uchun; b – rigel uchun; 1 – mahsulot; 2 – qolipning kuchli qismi; 3 – yechiladigan bort; 4 – ko‘tarma bort. 10.2- rasmda yon tomonlari sharnirli ochiladigan va yig`iladigan qolipning bir turi keltirilgan. Qolipning yon devorlai mahsulotga bo`g` yordamida issiqlik ishlovi berish imkonini berish uchun qoplamadan iborat. Yupqa devorli qobirg`ali panellarni tayyorlash uchun temir-beton matristali qoliplardan ham foydalaniladi (10.3 - rasm). Bu kabi qoliplar metall bortlar va vintli, gidravlik yoki pnevmatik domkratlar bilan jihozlangan itarib chiqaruvchi uskunalardan iborat. Ular mahsulotning butun yuzasi bo`yicha bir tekisda joylashtirilgan. Bu esa yupqa devorli tayyor mahsulotni darzlar hosil qilmasdan qolipdan yechib olish imkonini beradi. Qoliplarning temir-beton matristalari V15 – V22,5 klassli betondan tayyorlanadi. 11.3- rasm. Yupqa devorli qobirg„ali panellarni tayyorlash uchun temir-beton matrista: - matrista; 2 - metall bort; 3 - plita; 4 - traversa; 5 - vintli domkrat. Beton va temir-beton mahsulotlarini qoliplash Mahsulotni qoliplashdagi asosiy maqsad - zarur o`lcham va shakldagi mahsulotni olish bilan birga armatura va o`rnatiladigan detallarning to`g`ri joylashishi va betonning maksimal zichlash va bir xil strukturasini hosil qilishdir. Beton qorishmasini qoliplash klassifikatsiyasi quyidagichadir: -Quyish usuli orqali. Bu usulda tashqi kuchlar ta‘sirisiz qolipni yaxshi to`ldiruvchi yuqori oquvchan beton qorishmalaridan foydalaniladi. Qoliplashning tebratish usullarining bir necha turlari mavjud. Qolipga quyilgan beton qorishmasining butun hajmi vibromaydonchalarda zichlanadi; -Chuqurlikda ishlaydigan vibratorlar yordamida mahsulotlarni qoliplash. Bundan tashqari qorishmani ichkaridan tebratish mahsulot ichida kovak hosil qilish uchun avvaldan o`rnatilgan vibrovkladishlar yordamida ham amalga oshirilishi mumkin; -Mahsulotlarni yuza vibratorlari yordamida qoliplash. Yuza vibratorlari yordamida mahsulotlarni qoliplash qolipga to`ldirilgan beton qorishmasining ustiga o`rnatilgan siljuvchi titratuvchi yuza orqali amalga oshiriladi; -Mahsulotlarni tashqi titratish orqali qoliplash qolipning tagi yoki yon devorlariga mahkam o`rnatilgan vibratorlar yordamida amalga oshiriladi; -Qoliplashning markazdan qochuvchi kuchdan foydalanish usuli. Bu usulda mahsulot stentrifugalarda qoliplanadi. Bu usulda qoliplanganda beton qorishmasi stentrifuga barabanini tez aylanti rilganda hosil bo`ladigan markazdan qochuvchi kuch natijasida qolipga bir xilda tarqalib zichlanali; -Torkretlash usulida mahsulot tayyorlash. Bu usulda sement-qum qorishmasi yoki mayda donali beton qorishmasi armatura to`ri, qolip yoki maxsus matrista yuzasiga sement pushka yordamida siqilgan havo yordamida purkaladi; -Beton qorishmasini presslash. Presslash usuli qolipga to`ldirilgan qum- sementli yoki mayda zarrali beton qorishmalarini butun yuzasi bo`yicha shtampli presslash orqali va mundshtukli presslashda beton qorishmasi chiqish teshigi (mundshtuk)ga tomon kichrayib boruvchi kameraga tomon presslash orqali amalga oshiriladi. pMundshtukdan presslangan mahsulot uzun butun tasma ko`rinishida chiqib boradi. -Beton qorishmasini trambovkalab zichlash. Bu usul baton qorishmasiga ko`p martalab presslash kuchini berish bilan ajralib turadi. Bulardan tashqari mahsulot tayyorlashning vibroprokatlash, vibrovakuumlash kabi boshqa usullari mavjud. Download 37.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling