Toshkent arxitektura va qurilish universiteti qurilish mexanikasi


Download 198 Kb.
bet1/4
Sana04.05.2023
Hajmi198 Kb.
#1425987
  1   2   3   4
Bog'liq
Davron oka


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA VA QURILISH UNIVERSITETI


Qurilish mexanikasi fanidan



MUSTAQIL ISH


Mavzu: Oddiy va konsol balkalarda zo’riqishlarning ta’sir chiziqlari



Guruh:________________
Bajardi:_______________ Tekshirdi:______________





TOSHKENT 2023-yil
Mavzu: TA’SIR CHIZIQLAR NAZARIYASI


Reja:


1. Harakatlanuvchi yuklar va ta’sir chiziqlar nazariyasi haqida tushuncha.
2. Oddiy va konsol balkalarda zo‘riqishlarning ta’sir chiziqlari.


Harakatlanuvchi yuklar va ta’sir chiziqlar nazariyasi haqida tushuncha.

Inshootlarni hisoblashda qo‘zg‘almas tashqi yuklardan tashqari qo‘zg‘aluvchan, harakatdagi yuklar ta’siri ham hisobga olinadi. Ko‘pgina muhandislik inshootlarini, masalan, ko‘prik, kran osti balkalari, estakada kabi inshootlarni hisoblashda asosan harakatdagi yuk ta’siri muhim rol o‘ynaydi.


Temir yo‘l va avtomobil ko‘priklariga ta’sir qiluvchi poezd va avtomobillarning ta’sirini harakatlanuvchi va bir-biriga bog‘langan vertikal yuklar sistemasi deb qarash mumkin.
Harakatlanuvchi va bir-biri bilan bog‘langan vertikal yuklar sistemasi ta’sirida inshoot elementlarida hosil bo‘ladigan maksimal zo‘riqishlarni aniqlash uchun ta’sir chiziqlar nazariyasidan foydalaniladi.
Bu nazariyaga ko‘ra dastlab inshoot bo‘ylab vertikal birlik kuch (P=1) harakat qilyapti deb qaraladi. Birlik kuch ta’siridan inshoot elementida hosil bo‘ladigan zo‘riqishlarning o‘zgarish qonuni tekshiriladi. Bu o‘zgarish qonunlariga asosan va kuchlar ta’sirining o‘zaro bog‘liqsizligi shartidan foydalanib, harakatlanuvchi yuklar sistemasi ta’sirida inshoot elementlarida hosil bo‘ladigan zo‘riqishlar aniqlanadi.
Inshoot bo‘ylab birlik kuch (P=1) harakat qilganida uning elementlarida (tayanch reaksiyalar yoki ixtiyoriy kesimida) hosil bo‘ladigan zo‘riqishlar miqdorining o‘zgarishini ifodalovchi grafik shu zo‘riqishlarning ta’sir chizig‘i deyiladi.
Ta’sir chiziqlarni chizishning statik va kinematik usullari mavjud.
Statik usulda harakatlanuvchi birlik kuch (P=1) ning ixtiyoriy nuqtada turgan holati uchun muvozanat tenglamalar tuzib, izlanayotgan zo‘riqishning analitik ifodasi hosil qilinadi.

S = f(x) (5.1)


Bu analitik ifoda yordamida S zo‘riqish miqdorining o‘zgarishi grafigi chizilib, uning ta’sir chizig‘i olinadi. Kinematik usuldan zo‘riqishlar ta’sir chizig‘ining umumiy ko‘rinishini hosil qilish uchun qo‘llaniladi.



Download 198 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling