Toshkent arxitektura va qurilish universiteti qurilish mexanikasi


Oddiy balkaning ixtiyoriy kesimida ko‘ndalang kuch Q


Download 198 Kb.
bet3/4
Sana04.05.2023
Hajmi198 Kb.
#1425987
1   2   3   4
Bog'liq
Davron oka

Oddiy balkaning ixtiyoriy kesimida ko‘ndalang kuch Q
ta’sir chizig‘ini chizish

Balkaning berilgan ixtiyoriy k kesimidagi kesuvchi kuch Qk ning ta’sir chizig‘ini chizish uchun P=1 kuchning ikki holatini tekshirish kerak (4.2-rasm, a).


1-holat. Birlik kuch (P=1) k kesimdan chap tomonda harakat qiladi, ya’ni . Balka o‘ng tomonining muvozanatini ko‘rib, Qk ni aniqlaymiz:
, (5.5)
Agar bo‘lsa ; bo‘lsa bo‘ladi.
Demak, chiziq ordinatalari balkaning B tayanch reaksiyasi ta’sir chizig‘ining teskari ishora bilan olingan chap tayanchdan k kesimgacha bo‘lgan ordinatalar qiymatiga teng bo‘lar ekan.
2-holat. Birlik kuch k kesimdan o‘ng tomonda harakat qilsin. Unda , (5.2-rasm, b). Balka chap qismining muvozanatini tekshiramiz:
(5.6) Agar bo‘lsa ; bo‘lsa bo‘ladi.
chiziq ordinatalari esa A tayanch reaksiyasi ta’sir chizig‘ining k kesimdan balkaning oxirigacha bo‘lgan qismiga mos tushadi.
(5.5) va (5.6) ga asosan: va chiziqlarni chizamiz. va chiziqlar bir-biriga parallel bo‘ladi. Chap chiziq balkaning chap tayanchidan k kesimgacha, o‘ng chiziq esa k kesimdan o‘ng tayanchgacha Qk ning o‘zgarishini ifodalaydi. (5.2-rasm, v dagi shtrix chiziq).
Balkaning zo‘riqishlari nol bo‘lgan o‘qiga sanoq chizig‘i deyiladi.
Shunday qilib, balkaning ixtiyoriy k kesimidagi ko‘ndalang kuch Qk ta’sir chizig‘ini chizish uchun sanoq chizig‘iga chap tayanch ostida birlik musbat ordinatani o‘lchab qo‘yib, uni o‘ng tayanch sanoq chizig‘ining nol nuqtasi bilan tutashtiramiz, so‘ngra sanoq chizig‘iga o‘ng tayanch ostiga birlik manfiy ordinatani o‘lchab qo‘yib, uni chap tayanch ostidagi nol nuqtasi bilan tutashtiramiz. Natijada bir-biriga parallel bo‘lgan chap va o‘ng to‘g‘ri chiziqlarni hosil qilamiz. Chap to‘g‘ri chiziq chap tayanchdan k kesimgacha, o‘ng to‘g‘ri chiziq esa k kesimdan o‘ng tayanchgacha bo‘lgan oraliqlarda Qk ning o‘zgarishini ifodalaydi (5.2-rasm, v).
Ko‘ndalang kuchning ta’sir chiziqlari tayanch reaksiyalarining ta’sir chiziqlari kabi o‘lchamsiz bo‘ladi.



Download 198 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling