Mavzu: Temir beton elementlarning yoriq bardoshligi egilishga ishlaydigan elementlarni normal yo'nalishlar hisobi elimentlarda og'ma yorilishlar hisobi Reja
Download 37.16 Kb.
|
Temir beton elementlarning yoriq bardoshligi egilishga ishlaydigan elementlarni normal yo\'nalishlar hisobi elimentlarda og\'ma yorilishlar hisobi
Temirbeton — beton va poʻlat armatura birikmasidan iborat konstruksiya va buyumlarning umumiy nomi. Temirbeton 19-asrda kashf etilgan. Temirbeton buyumlarga birinchi patentlar Fransiyada (Lambao, 1850; Kuanye, 1854; Monye, 1867), Angliyada (Uilkinson, 1854) va AQSH da (Giatt, 1855—87) berilgan. Oʻzbekistonda Temirbeton konstruksiyalar 19-asr 70y.laridan tatbiq eta boshlangan. Temirbetonda zoʻriqishlarni qabul qilishda har ikkala material (beton va poʻlat) baravar ishlaydi. Betonning choʻzilishga mustahkamligi siqilishga mustahkamligidan ancha (10—20 marta) past. Poʻlat armatura esa choʻzilishga ham, siqilishga ham birday ishlaydi. Agar betonga armatura qoʻshilsa, uning choʻzilishga mustahkamligi ancha ortadi. Betonning poʻlat armaturaga yaxshi yopishuvi, poʻlat bilan ogʻir betonning tra taʼsirida chizikli kengayish koeffitsiyentlari bir-biriga juda yaqinligi (beton uchun aBq(lsl,5)10~5; armatura uchun avq1,210~5) Temirbetonni hosil qilishga imkon beradi. Bundan tashqari, beton armaturaga zich yopishib, uni zanglash va yongʻindan asraydi. Temirbetondan poydevor bloklar, devor va qavatlararo panellar, yopma plitalar, yigʻma zinalar, ustun va toʻsinlar, ustunqoziklar, arka va fermalar va boshqa tayyorlanadi.
Temirbetonning afzalliklari: oʻta mustahkamligi; koʻpga chidamliligi; olovbardoshligi; zilzilabardoshligi; mahalliy materiallardan foydalanish imkoniyati; konstruksiyaga istalgan shakl berish mumkinligi va h.k. Vazni ogʻirligi, issiqlik va tovushni oson oʻtkazishi; mustahkamlash va tuzatishning qiyinligi; yorilishi mumkinligi; beton yotqizilgach, armatura holatini tekshirish qiyinligi kabi omillar uning nuqsonlaridir. Betonda yoriq paydo boʻlishining oldini olish uchun armatura oldindan zoʻriqtiriladi. Ilgari betonning mustahkamlik darajalari markalar (M) orqali farklanar edi. Xalqaro standartlarning yangi tizimi boʻyicha beton mustahkamligi sinflar (V) orqali belgilanadi. Mas., beton va Temirbeton uchun ogʻir betonning siqilish mustahkamligi boʻyicha quyidagi sinflar mavjud: V3,5; V5; V7,5; V10; V12:5; V15; V20; V25; VZO; V35; V40; V45; V50; V55; V60. Ogʻir betondan ishlanadigan Temirbeton konstruksiyalarda mustahkamlik sinfi V7,5 dan kam boʻlgan betonlarni qoʻllash mumkin emas. Takroriy yuklar taʼsir etadigan konstruksiyalarda sinfi V15 dan yuqori boʻlgan betonlar qoʻllaniladi. Siqiluvchi Temirbeton elementlari V15 dan kam boʻlmagan, katta yuk ostida boʻladigan konstruksiyalarda esa (mas., koʻp qavatli binolarning quyi qavat ustunlarida) sinfi V25 dan kam boʻlmagan betonlar qoʻllash tavsiya etiladi. Zoʻriqtirilgan beton uchun V20… V60 boʻlgan beton sinflari qabul qilinadi. Xulosa Xulosa qilib aytganda, Temirbeton konstruksiyalar — temirbetonlai tayyorlangan elementlar va ularning birikmalari. Tayyorlanish usuliga koʻra, monolit (yaxlit), yigʻma va yigʻmakuyma xillari boʻladi. Temirbeton konstruksiyalar k. yangi paydo boʻlgan davrlarda (19-asr oxiri, 20-asr boshlari) monolit varianti kengtarkaldi. 20-asr oʻrtalaridan boshlab yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ham paydo boʻla boshladi. Endilikda qurilishni yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. siz tasavvur etib boʻlmaydi. Monolit Temirbeton konstruksiyalar k. poydevorlar, gidrotexnika va melioratsiya inshootlari, rezervuarlar, suv bosimi minoralari, bunker va silos minoralari qurishda ishlatiladi. Ayniqsa, zilzilabardosh imoratlarni qurishda juda qoʻl keladi, chunki poydevor, ustun, toʻsin va yopmalarning yaxlit holda ishlanishi binoning zilzila bardoshligini taʼminlaydi. Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ixtisoslashgan zdlarda, mexanizatsiyalashgan ochiq poligonlarda yoki qurilish maydonlarida tayyorlanadi va inshoot kuriladigan joyga tashib keltirilib, koʻtarish kranlari vositasida yigʻiladi (montaj qilinadi). Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ning monolit konstruksiyalardan afzalligi shundaki, qolip tayyorlash uchun ketadigan mehnat va yogʻoch sarfi bir necha marta qisqaradi (Oʻzbekistonda yogʻoch kamligi uchun buning ahamiyati katta), qurilish muddati kamayadi va narxi ham ancha arzonlashadi, konstruksiyalarning sifati ortadi. Download 37.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling