Andijon davlat universiteti toshkent davlat pedagogika universiteti
VII bob. XAVFLI O’SMALARNING PAYDO BO’LISHIDA
Download 5.68 Mb. Pdf ko'rish
|
дарслик Ионлантирувчи нурлар биологияси Радиобиология дарслик (2)
VII bob. XAVFLI O’SMALARNING PAYDO BO’LISHIDA
RADIATSIYANING TA’SIRI 7.1. Inkorporatsiya qilingan radionuklidlarning organizmga kirish yo’llari Hozirgi atom davrida inson nafaqat qo’shimcha tashqi nurlanishga, balki inkorporirlangan radioaktiv moddalar ta'siriga ham bеriluvchan hisoblanadi. Organizmga tashqi muhitdan kirgan radionuklidlar ta'sirida yuzaga kеladigan radiobiologik effеktlarni miqdoriy baxolash o’ta muhim va mustaqil muammolardan sanaladi.Ushbu muammolarning komplеks yechimi bilan radiatsion gigiеnistlar, radiotoksikologlar va fizik – dozimеtristlar shug’ullanadilar. Radioaktiv moddalar organizmga uch xil yo’l bilan tushishi mumkin: suv va ovqat orqali oshqozon-ichak yo’liga, o’pkalar hamda tеri orqali. Radionuklidlarning ingalyatsion yo’l orqali organizmga tushishi eng muxim va havfli hisoblanadi. Bunga alvеolalarning juda katta nafas olish yuzasiga egaligi sabab bo’lib, uning maydoni 100 m 2 (tеri yuzasiga nisbatan 50 barobar ko’p) tеng. Radioaktiv izotoplarning organizmga kirishining asosiy yo'llari: 1) Ingalyatsion (nafas olish) yo'li - radioaktiv aerozollar bilan ifloslangan havodan nafas olish yo'li. Nafas olish yo'llari bo'ylab burunning vestibulasidan o'pkaning chuqur, alveolyar bo'limlarigacha radioaktiv moddalar saqlanishi. Nafas olgan zarrachalarning diametri qanchalik kichik bo'lsa, ular yuqori nafas yo'llarida, bronxlarda kamroq saqlanib qoladi va o'pkaning alveolyar qismlariga shunchalik ko'p kirib boradi, bu erda bronxlar va traxeyalardagi zarrachalarni olib tashlaydigan mexanizmlar mavjud emas. a) eriydigan yoki kam eriydigan radionuklidlar yuqori nafas yo'llari, traxeya, bronxlar shilliq qavatiga birikib, epiteliy orqali shilliq qavat va og'iz bo'shlig'iga o'tib, oshqozonga kiradi. b) o'pkaning alveolyar qismiga kiradigan eruvchan radionuklidlar yaxshi va tezda qon oqimiga so'riladi, bunga sabab kapillyarlar tarmog'i keng rivojlanganligidir. v) radiokolloidlar yoki kam eriydigan gidroksidlarni hosil qiluvchi va o'pkaning alveolyar qismiga kiradigan radionuklidlar fagotsitozlanib, o'pka 174 to'qimasida notekis taqsimlanadi. O'pka orqali tanaga kiradigan kam eriydigan radioaktiv moddalarning umumiy miqdori o'pkaning katta so'rilish yuzasi tufayli, ichaklar orqaliso’rilishga nisbatan yuqori bo’ladi. 56-rasm. Odam va hayvonlarga radiatsiya ta’sirining turlari O'pkadan ajralib chiqish tezligiga ko'ra, barcha radionuklidlar biologik yarim yemirilish davri (Tb) bo'yicha uch sinfga bo'linadi: 1-sinf. K (kun) - 1-guruhdagi radioaktiv elementlarning eruvchan aralashmalari, shuningdek davriy sistemaning 1, 2 va qisman 3-davr elementlarining aralashmalari; 2-sinf. H (hafta); 3-sinf. Y (yillar) - mis, kumush, oltin, sink, kadmiy, ittridiy, aktiniy, tsirkonyi va platina guruhidagi metallarning aralashmalari. Download 5.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling