Ajratish dastgohlari: mexanik va gidravlik


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana18.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1099826
  1   2   3   4   5
Bog'liq
15-Ma\'ruza



15-MA’RUZA. BO’TANALARNI FAZALARGA (QATTIQ VA SUYUQ) 
AJRATISH DASTGOHLARI: MEXANIK VA GIDRAVLIK 
SINFLAGICHLAR (KLASSIFIKATOR). 
REJA: 
1. Mexanik (spiralli) klassifikatorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi 
2. Gidrosiklonlarning tuzilishi va ishlash prinsipi 
3. Gravitatsion gidravlik tasniflagich 
 
Tasniflagich - dastlabki mahsulotni elovchi yuza qo`llamagan holda ikki 
yoki undan ko`p o`lchamdagi sinflarga ajratish uchun qo`llaniladigan uskunadir. 
Olib boriladigan tasniflash jarayoni muallaq holdagi yirik va mayda zarrachalarni 
sokin yoki harakatdagi muhitda erkin bo`lmagan tushish tezliklari farqiga 
asoslangan. Tasniflagichda bo`tana turli o`lchamdagi ikki yoki undan ko`p 
mahsulot (fraktsiya)ga bo`linadi. Ikki mahsulotga bo`linganda, katta o`lchamdagi 
mahsulot qum fraktsiyasi, qisqacha qum deb ataladi va mayda mahsulot sliv deb 
ataladi. Uch yoki undan ko`p mahsulotga (fraksiyalarga) bo`linish ko`p mahsulotli 
tasniflagichlarda amalga oshiriladi. 
Ishlash usuli bo`yicha tasniflagichlar bo`linish gravitatsiya kuchlari ta`siri 
ostida kechadigan - gravitatsion (piramidali, konusli, elevatorli va skrebkali), va 
markazdan qochma kuchlar ta`siri ostida bo`linadigan - markazdan qochma 
(gidrosiklonlar, yoysimon g’alvirlar) ga bo`linadi. 
Tasniflagichlarning konstruktiv tuzilishiga qarab bo`tananing (yoki 
qo`shilgan suvning) harakati vertikal, gorizontal, klassifikatorning o`qi bo`ylab 
yoki spirali bo`ylab berilishi mumkin. 
Mexanik spiralli tasniflagich (48-rasm) qiya korita 1, koritaning ichiga 
o`rnatilgan bir yoki ikkita aylanuvchi spiral 3 bilan jihozlangan val 2 dan iborat. 
Ajralish gorizontal oqimda sodir bo`lib, yirik mahsulot – qumga va mayda 
mahsulot – slivga ajraladi. 
Dastlabki mahsulot tasniflagichning pastki qismidan koritaning yon devorida 
joylashgan qabul qiluvchi cho`ntak orqali yuboriladi. Yirik zarralar (qum) korita 
tubiga cho`kadi va aylanuvchi spiral bilan tasniflagichning yuqori qismiga 
bo`shatuvchi tirqish 4 tomon harakatlanadi. Mayin zarrachalar esa bo`tana 
ko`rinishida sliv yoqasida 5 dan oqib chiqib ketadi.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling