Ajratish dastgohlari: mexanik va gidravlik


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana18.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1099826
1   2   3   4   5
Bog'liq
15-Ma\'ruza

49-rasm. Gidrosiklon (a) va undagi mahsulotning harakati (b) sxemasi. 
Bo`tananing 
qabul 
qiluvchi 
quvur 
o`lchamining 
oshishi 
bilan 
gidrosiklonning hajmiy unumdorligi proportsional ravishda oshadi. Biroq, hajmiy 
unumdorlikning oshishi bilan slivga katta zarralar chiqib ketadi. 
Qum chiquvchi quvur diametrining oshishi bilan slivning chiqishi kamayadi, 
quyilga mahsulotning hajmi ortadi va undagi qattiq zarralar miqdori kamayadi
mayin zarrachalar pastki quvur orqali chiqib ketishi kuzatiladi. 
Gidrosiklonga kirishdagi bosim gidrosiklonning ish unumdorligiga va 
ajralish sifatiga ta`sir qiladi. Mayin sliv olish uchun bosim 150-200 kPa dan kam 
bo`lmasligi kerak. 30-50 kPa bosimida slivdagi zarrachalarning o`lchami sezilarli 
darajada ortadi. 
Tasniflash va quyiltirish uchun gidrosikonlarning konuslilik burchagi 10-20° 
bo`lib, cho`zilgan konus qismi va qisqartirilgan sliv quvuri ega. 
Tasniflash va quyiltirishda asosiy texnologik ko`rsatkichlar quyidagicha: 
dastlabki mahsulotdagi qattiq zarrachalarning miqdori - 10-20%; eng kam ajratish 
o`lchami – 0,01 mm; dastlabki mahsulotning gidrosiklongi kirishdagi bosimi - 0,4 
MPa gacha. 
Gidrosiklonning quyilgan yirik zarrachali mahsulotida qattiqliq miqdori 
keng chegarada (300 dan 900 g/l gacha) olinishi mumkin.


Gidrosiklonning dastlabki bo`tana bo`yicha ishlab chiqarish quvvati W, 
m
3
/soat, quyidagi formuladan aniqlanadi 
,
30
H
d
d
W
c
p

(5.14) 
bu yerda d
p
– dastlabki mahsulot kiruvchi quvurning diametri, m; d
c
–sliv 
quvurining diametri - m; H – bo`tananing kirishdagi bosimi, Pa. 
Gidrosiklonda tasniflashda zarrachaning chegara yirikligi d
ch
, m, quyidagi 
formula bilan aniqlanadi 
,
005
,
0
4




p
d
DT
d
d
p
p
c
ch
(5.15) 
bu yerda d
q
- pastki (qum) chiqish quvurining diametri, m; D - 
gidrosiklonning diametri, m; T
p
= 100 / (p + 1) - dastlabki mahsulotdagi qattiq 
zarrachalarning miqdori, %; p = S : Q dastlabki mahsulotdagi suyuqlikning 
qattiqlikka nisbati; δ va ∆ - mos holda zarracha va suvning zichligi, t/m
3

Boyitirish amaliyotida gidrosiklonlar yanchilgan mahsulotni sliv va qumga 
ajratish, mahsulotlarni suvsizlantirish va quyiltirish hamda birqancha turdagi 
rudalarni boyitish uchun ishlatiladi. 
Nisbatan yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo`lgan holda mayin sliv 
olish uchun kichik diametrli gidrosiklonlar batareyalari ishlatiladi. Batareyalar 
alohida gidrosiklonlardan yig’ib joylashtiriladi yoki maxsus blokli tuzilishga ega 
bo`ladi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling