Ajratish dastgohlari: mexanik va gidravlik
Gravitatsion gidravlik tasniflagich
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
15-Ma\'ruza
Gravitatsion gidravlik tasniflagich – tasniflash uskunasi bo`lib, unda
dastlabki mahsulot silindrsimon, konussimon yoki piramidal ko`rinishdagi idishda tindirish usuli yordamida sinflarga bo`linadi. Gidravlik kamerali tasniflagich mahsulotlarni gravitatsiya usulida boyitishdan avval (masalan, boyitish stollaridan) tayyorlovchi tasniflash uchun keng qo`llaniladi. Tasniflagichlar to`rtta, oltita yoki sakkiz kameradan iborat bo`lib, ularning har biri turli xildagi oqim tezligini ushlab turadi, bu esa bir nechta teng tushuvchan sinfdagi mahsulot olishga erishish imkonini beradi. Gidravlik kamerali tasniflagich (50-rasm) to`rtta kamera 1, dastlabki mahsulotni berish nuqtasidan sliv yoqasi tomon o`lchami kattalashib boruvchi spigot 5 dan iborat. Har bir kameraning pastki qismi kesilgan konus 9 ga o`tuvchi silindrsimon zona 8, tasniflash quvuri 10, suv o`tkazish tarmog’iga ulangan suv bosimi quvuri 11, sharikli klapan 13 bilan davriy ochib turiladigan cho`qqan mahsulotni tirqish orqali bo`shatiladigan qabul qiluvchi idish 12 dan iborat. Sharikli klapin ichi bo`sh val 6 ichi orqali o`tuvchi sterjen 14 ga mahkamlangan. Yurituvchi val 3 yuritgich 4 orqali harakatlantirilganda har bir qurtsimon reduktor 2 da joylashga mushtli mexanizm yordamida sterjen klapin bilan davriy ko`tariladi va bo`shatuvchi teshikni ochadi. Kameraning bo`shatish teshigini ochish davri turlicha bo`lib, odatda u katta sinf kameralarida tezroq va mayda sinf kameralari uchun kamroq ochiladi. Vertikal ichi bo`sh val 6 ning pastki uchida mahsulotni kamerada cho`kib qolishini bartaraf qiluvchi va mahsulotni aralashtirib turuvchi aralashtirgich 7 mahkamlangan. Aralashtirgich va vertikal val harakatni gorizontal val 3 dan oladi. Vertikal valning aylanish chastotasi 1,2 min -1 . Tasniflagichning har bir kamerasidagi yuqoriga harakatlanuvchi oqim tezligi bosim ostida beriladigan suv oqimini o`zgartirish orqali tartibga solinadi. Tartibga solish suv ta`minoti tarmog’i quvuri bilan suv bosimi quvuri 11ulangan joyda o`rnatilgan raqamli ko`rsatgichli ventil yordamida amalga oshiriladi. Suv yuboriluvchi quvurdan tangentsial holatda yuboriladi. Natijada yuqoriga harakatlanuvchi aylanma oqim hosil bo`ladi va u cho`kkan mahsulot orasidagi mayin zarralarni o`zi bilan yuqoriga olib ketadi. Shuning evaziga cho`kkan zarrachalarning mayin zarrachalardan tozalanish darajasi ortadi. Yuqoriga harakatlanuvchi oqim tezligini o`zgartirib, har bir kameradan chiqarilgan mahsulotning yirikligini tartibga solish mumkin. Cho`kkan mahsulotni qabul qiluvchi kamera 12 dan chiqarib tashlash doimiy ravishda amalga oshiriladi. Dastlabki bo`tana tasniflagich vannasining tor oxiriga yuborilishi natijasida gorizontal oqim paydo bo`lib, u vannaning enli tomonidagi sliv yoqasidan chiqib ketadi. Mahsulotning yirikligi bo`yicha tasniflanishi vannaning yuqori qismida gorizontal oqimda sodir bo`lib, oqimning tezligi vanna kengligi yuklovchi qismdan bo`shatuvchi qism tomon oshib borishi bilan kamayadi. Gorizontal oqim tezligining pasayishiga qarab, cho`kadigan zarrachalarning o`lchami pasayadi. Cho`kuvchi mahsulot piramidasimon kameraga tushadi va u yerda aylanuvchi aralashtirgich yordamida to`xtovsiz aralashtirilib turiladi hamda qo`shimcha beriladigan suv hosil qiladigan yuqoriga harakatlanuvchi oqim ta`siriga uchraydi. Har bir bo`lmadagi yuvilgan qum fraktsiyasi konussimon qism orqali bir tekis tushirib olinadi, mayin zarralar esa sliv bilan oqib chiqib ketadi. Balandligi 2 m va suv yuzasi maydoni 3 m 2 bo`lgan to`rt bo`linmali tasniflagichning ish unumdorligi 25 t/soatni tashkil qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling