Ajratish dastgohlari: mexanik va gidravlik


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana18.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1099826
1   2   3   4   5
Bog'liq
15-Ma\'ruza

48-rasm. Mexanik spiral tasniflagich 
Spiralli tasniflagichlar tuzilishining soddaligi va xizmat ko`rsatishning 
osonligi, ishlatilishdagi ishonchlilik va yuqori ish unumdorligi bilan ajralib turadi. 
Spiralning muntazam bir tekis va sokin aylanishi mahsulotni tasniflash 
uchun qulay sharoitni hosil qilib, yuqori zichlikdagi toza sliv olish imkonini 
beradi. 
Spiralli tasniflagichlarning ish unumdorligi ikkita mahsulot bilan aniqlanadi: 
sliv bo`yicha va qum bo`yicha. 
Sliv bo`yicha unumdorlik, t/sut, quyidagi empirik formula bilan aniqlanadi: 
yuqori sliv yoqasi (porog) ga ega tasniflagichlar uchun 
:
)
16
94
(
2
2
1
D
D
k
mk
Q


(5.11) 
Spirali botgan tasniflagichlar uchun 
),
10
75
(
2
2
1
D
D
k
mk
Q


(5.12) 
bu yerda m - tasniflagich spirallarining soni; k
1
- sliv o`lchamiga bog’liq 
koeffitsient (yuqori sliv yoqasi (porog) ga ega tasniflagichlar uchun k
1



0,46÷1,95, spirali botgan tasniflagichlar uchun k
1
= 0,36÷2,9); k
2
- sliv zichligiga 
bog’liq koeffitsient (k
2
= 1,9 ÷ 1); D - spiral diametri, m. 
Qum bo`yicha unumdorligi, t/sut, quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
,
135
3
2
n
D
mk
Q

(5.13) 
bu yerda n - spiralning aylanish tezligi, min
-1

Ishlab chiqaruvchi zavodlar diametri 0,3 dan 3 m gacha va koritasining 
uzunligi 2,9 dan 15,1 m gacha bo`lgan spiralli tasniflagichlar ishlab chiqaradi. 
Gidrosiklonlar – mayda yanchilgan mahsulotlarni gidravlik tasniflash 
uskunasi bo`lib, tasniflanish bo`tananing aylanishidan hosil bo`ladigan markazdan 
qochma kuch ta`sirida amalga oshadi. 
Gidrosiklon (49-rasm) silindrsimon 4 va konussimon 5 qismlardan iborat 
bo`lgan qurilma. Qurilmaning ichki yuzasi abraziv zarralarning ishqalanishidan 
himoyalovchi tosh qoplama, poleuteran yoki rezina bilan himoyalanadi. 
Silindrsimon qism yuqoridan markaziy teshikka ega bo`lgan qopqoq 2 bilan 
yopiladi. Qopqoqning teshigiga boltlar yordamida sliv quvuri 3 mahkamlanadi. 
Gidrosiklonning konussimon qismining uchiga qum uchun konussimon nasadka 
boltlar yorlamida mahkamlanadi. Gidrosikolnning silindrsimon qismida dastlabki 
mahsulot uchun quvur 1 o`rnatiladi. Gidrosiklonga kirishdagi bosim monometr 
yordamida nazorat qilinadi. Dastlabki mahsulot gidrosiklonga bosim ostida qabul 
qiluvchi quvur 1 orqali yuboriladi. (49-rasm). Qabul qiluvchi quvur 
gidrosiklonning silindrsimon qismi 4 ga urunma holda joylashganligi sababli, 
bo`tana aylanish harakatini oladi. Nisbatan katta va og’ir zarrachalar markazdan 
qochma kuch ta`sirida uskunaning devori bo`ylab spiralsimon oqimda pastga 
harakatlanadi va qum uchun quvur 6 dan chiqarib yuboriladi. Mayda zarrachalar 
suv bilan birga ichki oqim hosil qiladi, u ko`tariladi va sliv quvuri 3 orqali chiqarib 
yuboriladi. 
Gidrosiklonlarning unumdorligi va mahsulotlarning ajralish samaradorligi 
ko`pgina omillarga bog’liq bo`lib, ularning asosiy qismini quyidagilar tashkil 
etadi: gidrosiklonga kirishda bo`tananing qabul qiluvchi quvurning, sliv va qum 
uchun quvurlarning ichki qirqimi o`lchamlari; silindrsimon qismi diametri va 
gidrosiklonning konuslik burchagi; gidrosiklonga yuboriladigan bo`tananing 
zichligi; tasniflanayotgan mahsulotning xarakteristikasi. 
Gidrosiklon diametrining oshishi bilan uning hajmiy unumdorligi ortadi. 
Shunga qaramasdan, dastlabki mahsulotning o`lchami qancha kichik bo`lsa, 
gidrosiklonning diametri shuncha kichik bo`lishi kerakligini inobatga olish zarur. 



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling