Andijon davlat univyersiteti
O’simliklar ekologiyasining boshqa fanlar bilan bog’lanishi
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
1.2. O’simliklar ekologiyasining boshqa fanlar bilan bog’lanishi Ekologlar ayrim omillarni, ya’ni tempyeratura, yorug’lik, namlik va boshqalarni o’rganish uchun tegishli metodlardan foydalanishi kerak; buning uchun esa ular hamma vaqt fizika, kimyo, meteorologiya, klimatologiya, tuproqshunoslik bilan bog’liq holda ish ko’rishlariga to’g’ri keladi. Keyingi vaqtlarda matematika va EHM dan foydalanish ham kuchayib bormoqda. O’simliklar ekologiyasi biologiya fanlaridan fiziologiya bilan chambarchas bog’liq. Lekin fiziologiya sohasidagi tadqiqotlar qat’iy nazorat qilinadigan sharoitda o’tkaziladi, ekologlar esa doimiy ravishda o’zgarib turadigan tabiiy sharoit bilan bog’liq holda ish olib boradilar. O’simliklarni tabiiy sharoitda boshqa organizmlardan yakkalab qo’yib bo’lmaydi. Bundan tashqari, ekolog hamma vaqt o’rganilayotgan tur bilan konkurentlik qiladigan boshqa turlarning o’zaro bog’liqligini hisobga olishi kerak. Bu esa kuzatish olib borishni ancha murakkablashtirib yuboradi, chunki mazkur turning hayot kechirishi uchun o’rganilayotgan muhit omillariga qaraganda tsenozda qatnashayotgan boshqa vakillar katta rol` o’ynaydi. Fiziologlar yaratgan qonuniyatlar tabiatda boshqacha namoyon bo’ladi. SHunga ko’ra, ekologiya, ayniqsa amaliy ekologiya xalq xo’jaligi uchun muhim ahamiyatga ega. SHu bilan bir vaqtda ko’pchilik fiziologlar (L.A.Ivanov, V.N.Lyubimenko, N.A.Maksimov, G.Lyundegord va boshqalar) bevosita tabiatda kuzatish olib borganlar. Ekologiyaning biogeografiya bilan bog’liqligi aniq, chunki o’simliklar ekologiyasining o’zi fitogeografiyadan kelib chiqqan, lekin turning muhit bilan o’zaro munosabati ekologlar uchun muhim hisoblanadi. Agar fitogeografni turlar tanlab olingan ikkita joy orasidagi farq qiziqtirsa, ekologlar yashash joyining 15 o’zidagi farqlar sababini o’rganadi. Agar fitogeograf, odatda tizimtik (taksonomik) birliklar bilan ish olib borsa, ekolog o’simliklarining hayotiy shakllari, ekobiomorflar, ekotiplarga e’tibor beradi. Yana ekologik turning evolyutsiyasi, tarixiy dinamikasi masalalari qiziqtirganidan ekologiya paleontologiya va paleoekologiya bilan ham bog’liqligi o’z-o’zidan ma’lum. Geobotaniklar o’simliklarni o’rganishda ekologik masalalarni priborlar yordamida o’rganishga katta ahamiyat byera boshladilar. Keyingi o’n yilliklarda o’simliklarning ekologik anatomiyasi va ekologik morfologiyasi yuzaga keldi. Tizimtika, odatda, statika bilan ham bog’liq bo’ladi. Ekologiya esa fiziologik jarayonlarga asoslangan dinamika qiziqtiradi. Lekin ekolog hamma vaqt o’rganilayotgan ob’ektning filogenetik tizimdagi holatini aniq bilishi kerak. Ikkinchi tomondan, ekologiya tizimiga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Ekologiyaning asosiy metodi dala sharoitida o’tkaziladigan qiyosiy ekologik- geografik metod hisoblanadi. Bunda eksperiment ham juda muhim. Lekin Shuni esda tutish kerakki, har qanday eksperimentda tabiiy holatni buzishga to’g’ri keladi, bu esa har doim tegishli tuzatish kiritishni talab qiladi. Ekologiya qishloq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. Bu sohadagi deyarli barcha masalalar ekologiya bilan uzviy birlashib ketadi. Keyingi yillarda esa atrof- muhitni muhofaza qilish masalalari ham, inson hayotining ko’pchilik muammolari ham ekologiya bilan chambarchas bog’liq holda o’rganiladigan bo’ldi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling