Andijon davlat univyersiteti


Mustaqil ta’lim uchun mavzular


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

Mustaqil ta’lim uchun mavzular: 
1. Fanning rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar 
2. O’simliklar ekologiyasining boshqa fanlar bilan bog’lanishi 
3. Ekologiyaning biogeografiya bilan bog’liqligi. 


17 
Test savollari 
1. Maxmud Koshg’ariy asarlarida nechta o’simlik turi haqida ekologik 
ma’lumotlar berilgan? 
A)*200 
V) 250 
S) 300 
D) 480 
2. Organizmlarning muhitiga moslashishi: 
A) *Adaptatsiya 
V) Evribiont
S) Stress 
D) Gomeostaz 
3. Produtsentlarning roli: 
A) *Anorganik birikmalar xisobiga organik moddalar xosil qiladi 
V) Tayyor organik moddalarni parchalaydi
S) O’lik moddalarni parchalaydi
D) Anorganik elementlar zaxirasini yaratadi
4. O’simliklarning hayotiy shakllari:
A)*Daraxt, buta, chala buta, o’t o’simliklar
V) Bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik
S) Chala buta, suv o’simliklari, yaylovlar 
D) Cho’l, tropik, tundra «xududi o’simliklari
5. O’zR “O’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish 
to’g’risida” qonuni qachon qabul qilingan?
A) *1997 yil
V) 1999 yil
S) 2001 yil
D) 2006 yil.
 


18 
II-BOB. O’SIMLIKLARNING ATROF-MUHIT BILAN O’ZARO 
MUNOSABATI 
 
Tayanch so’zlar: ekologiya, autekologiya, adaptatsiya, ekologik omillar, 
iqlim, shamol, yorug’lik, fitogen, zoogen, antropogen, biosenoz, ayeratsiya, xayot 
shakli, indikator, fitotsenoz 
 
2.1. O’simliklarga ta’sir etuvchi abiotik omillar 
Convention on Biological Divyersity, CBD 
The Convention on Biological Divyersity was signed in 1992 in Rio de 
Janeiro, and was implemented in 1993; 160 of the 189 countries of the UN are 
signatories. This is an intyerdisciplinary convention (see Fig. 5.4.3; WBGU 1999) 
the goal of which was not only to maintain biological divyersity, but also to sustain 
development and the equity of uses and advantages (Fig. 5.5.4). From this divyerse 
focus and from the all-encompassing starting position stem the conflicts of the dual 
goals of protection and use, especially at the margins of agriculture and forestry. 
The convention also clarified the legal principles related to the use of genetic 
resources; these are no 
longyer a collective propyerty that all have access to but are propyerty of 
nations. Thus the intyerests of industries, the rights of local and indigenous peoples 
with their traditional knowledge, and the sovyereignty of the nations have been 
brought togethyer. The use of biotechnology (Biosafety) was added as an appendix 
in 1999. Aftyer tyerrestrial genetic resources belong to sovyereign nations, only the 
sea remains as a collective resource. It is still unclear whethyer the transfyer of the 
ownyership of genetic resources also carries with it the responsibility of nations to 
maintain them for humanity. 
Biologik xilma-xillik to’g’risidagi Konventsiya 
1992-yilda Rio De - Janyero shahrida biologik xilma-xillik mavzusida 
shartnoma imzolandi va bu shatrnoma 1993-yilda kuchga kirdi. BMTdagi 189 ta 
davlatdan 160 ta davlat bu shartomani imzoladilar. Bu shartnomadan ko’zda 


19 
tutilgan asosiy maqsad, nafaqat Biologik xilma-xillikni, balki uning foydali va 
ustunlik tomonlarini saqlab qolishdir. Bu shartnomada asosan qishloq xo’jaligi 
yyerlarini va o’rmon hududlarini himoyalash va ulardan unumli foydalanish 
haqidagi muammoli masalalar ko’rilgan. Bu shartnomada Shuningdek, genetik 
manbalardan to’g’ri foydalanish bilan bog’liq bo’lgan qonun-qoidalar ham yoritib 
berilgan, jumladan, yyerlar ma’lum bir shaxsning mulki hisoblanmasdan butun bir 
xalqning mulki hisoblanishi va bu yyerdan barcha millatlar foydalanish huquqiga 
egadir. SHu sababli, sanoatning diqqat e’tibori mahalliy va yyerli aholining 
huquqlari, an’anaviy bilimlari hamda millatlar mustaqilligi bilan birgalikda yuzaga 
chiqariladi. Biotexnologiyadan foydalanish 1999-yilda ilova sifatida qo’shilgan. 
Quruqlikdagi 
genetik 
boyliklar 
mustaqil 
davlatlarga 
tegishli 
ekanligi 
aniqlangandan so’ng, faqatgina dengiz umumiy boylik sifatida qoldi. Bu haligacha 
noma’lum. Genetik boylik egalarining bu manbalarni keyingi avlodga yetkazib 
byerish yoki byermasligi haligacha noma’lumdir. 
Yernst-Detlef Schulze, Yerwin Bech, Klaus Mullyer Hohenstein. Plant 
ecology. Springyer Byerlin-Heidelbyerg, Gyermany, 2005. P.663.
Atrof-muhit deganda, odatda, tirik organizmlarga ta’sir ko’rsatadigan va ular 
bilai birga bo’ladigan tashqi muhit sharoiti majmuasi tuShuniladi. Tirik 
organizmlar bilan ularni o’rab turgan muhit o’rtasidagi o’zaro ta’sir, moddalar va 
enyergiya almashinuvi hamda organizmlarning doimiy ravishda o’zgarib turadigan 
hayot sharoitiga moslashuvi ularning yyer yuzida hayot kechirishiga imkon beradi. 
O’simliklarning tashqi muhit sharoiti bilan o’zaro munosabati ekologiyaning 
asosiy mazmunini tashkil etadi. SHunga ko’ra, ekologiyaning asosiy vazifasi 
organizmlar bilan uni qurshab olgan tashqi muhit omillarining o’zaro munosabatini 
o’rganish, aniqlash, targ’ib etish va ko’rsatishdan iborat. 
O’simliklarni qurshab olgan muhit ko’p sonli elementlardan tarkib topgan 
bo’lib, ularning hammasi, ham o’simliklarga bir xilda ta’sir ko’rsatmaydi va 
o’simliklar ham ularga nisbatan bir xilda munosabatda bo’lmaydi. Odatda, 
o’simliklarga ta’sir ko’rsatadigan tashqi muhit omillari shartli ravishda uch 
guruhga bo’linadi: 


20 
1. O’simliklar uchun juda zarur bo’lgan ekologik omillarsiz ular hayot kechira 
olmaydi, ya’ni o’smaydi va rivojlanmaydi. Bu xildagi omillarga yorug’lik, issiqlik, 
suv, minyeral tuzlar, karbonat angidrid va kislorod kiradi. 
O’simliklar uchun juda zarur bo’lmagan ekologik omillar; ular zarur 
bo’lmagan omil hisoblansada, lekin o’simliklar hayotiga, o’sish va rivojlanishiga 
ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Bu xildagi omillarga tutun holatidagi gazlar
shamol, siyraklashgan havo, radioaktivlik va boshqalar kiradi. 
O’simliklar doim yoki vaqt-vaqti bilan farqsiz ravishda munosabatda 
bo’ladigan omillar, masalan, atmosferadagi inyert gazlar (ularga gazsimon azot 
ham kiradi); yashil o’simliklar yashaydigan muhitda doimiy ravishda azot mavjud 
bo’ladi, u o’simliklarga ta’sir ko’rsatmaydi, ta’sir ko’rsatganda ham u 
sezilmaydigan darajada bo’ladi. Lekin muhitning ayrim elementlari ba’zi 
o’simliklar uchun deyarli xech qanday ahamiyatga ega bo’lmagani holda boshqa 
tur o’simliklar uchun juda zarur bo’lishi mumkin. Masalan atmosferadagi yerkin 
azot ba’zi baktyeriyalar uchun juda zarur. Bu xildagi baktyernyalar faqat dukkakli 
o’simliklar ildizida emas, balki dukkaksiz o’simliklar ildizida ham tugunaklar hosil 
qilishi mumkin. Bulardan tashqari, atmosferadagi gazsimon azot ko’k-yashil 
suvo’tlar, aktinomitsetlar va boshqa organizmlar tomonidan o’zlashtiriladi. 
Ularning hammasi uchun atmosferadagi yerkin azot birdan-bir hayot sharoiti
hisoblanadi. Ba’zan muhitning u yokn bu elementi deyarli ahamiyatsiz deb 
hisoblanadi lekin ularning o’simliklarga ta’siri hali yetarli darajada o’rganilmagan. 
Masalan, yaqin-yaqingacha molibden, bor va boshqa turdagi mikroelementlar 
ko’pchilik o’simliklar uchun kerak va ayrimlari uchun nihoyatda zarurligi 
aniqlanmagan edi. 
Shuni alohida qayd qilish kerakki, jami ekologik omillarning organizmlarga 
bir vaqtda, birgalikda ta’sir ko’rsatish juda murakqab jarayon bo’lib, ularning 
oqibati ham nihoyatda xilma-xildir. Bulardan tashqari, har xil o’simliklar uni 
qurshab olgan muhitdagi sharoitga bir xilda munosabatda bo’lmaydi. SHunga 
ko’ra, yyer yuzida yashab turgan muhit sharoitining hammasiga birday bardosh 
byera oladigan bironta organizm yo’q. Ana shunga ko’ra har bir tur organizm 


21 
nisbatan tor doiradagi tempyeratura yorug’lik, yong’in miqdori, tuproq sharoiti va 
boshqa omillarning mavjudligida yashay oladi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling