Andijon davlat univyersiteti
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
SO’Z BOSHI
Tabiat o ‘ziga xos murakkab tizim bo‘lib, inson va jamiyat uning hosilasidir. U tabiat evaziga mavjud va rivojlanadi. Inson o ‘z ehtiyojlarini tabiat hisobiga qondiradi. U tabiatdan havo, suv, oziq- ovqat, mineral va yonilg‘i xomashyolarini oladi va o‘zining hayot faoliyati davomida tabiatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Natijada tabiat uchun yod bo‘lgan yangi obyektlar vujudga keladi. Bular: shahar va qishloqlar, zavod va fabrikalar, yo‘llar, konlar, suv omborlari, qishloq xo‘jalik yerlari va boshqalardir. Inson aql-idroki va mehnati tufayli yuzaga kelgan bunday antropogen landshaftlar atrof tabiiy muhitiga o ‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Yer yuzida aholi sonining keskin o ‘sib borishi, fan va texnikaning shiddatli taraqqiyoti, mamlakatlar hududida tabiiy resurslarning bir tekis tarqalmaganligi mavjud tabiiy resurslardan imkon qadar ko‘proq foydalanish va shu yo‘l bilan jamiyat taraqqiyotini tezlatishni taqozo qiladi. Natijada tabiat va inson o'rtasidagi o ‘zaro munosabat qonunlari buziladi. Bu qonunlarning buzilishi esa ertami-kechmi ekologik inqirozga olib keladi. Hozirgi kunga kelib, butun dunyodagi ekologik holat ko‘pchilikni birdek bezovta qilmoqda. Ekologik halokat ko‘z o‘ngimizda dahshatli tus olmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish va mavjud tabiiy resurslardan samaraii foydalanish masalalari dolzarbligicha qolmoqda. Hozirgi ekologik inqirozning sababchisi va o‘z aqli zakovati bilan shu inqirozdan xoli etuvchisi ham Inson ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi. Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanish ko‘p jihatdan insonlar qaysi jamiyatda yashashlaridan qat’i nazar insonlaming ekologik savodxonlik darajasiga va ekologik madaniyatiga bog'liq. Respublikamizdagi ekologik muammolarni hal qilish uchun aholining ekologik savodxonligini oshirish eng ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Ayniqsa, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida «Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish asoslari» fanini o`qitish muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, hozirgi kunda umumta’lim maktablarida, maxsus litsey va ixtisoslashtirilgan o ‘quv yurtlarida, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida ekologiya fani o‘qitilmoqda. Bu hoi ta’limning har bir bosqichiga mos keladigan darslik va 4 o‘quv qo‘llanmalarini yaratishni taqozo qiladi. Ekologiya fani nihoyatda ko‘p tarmoqlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, bioekologiya, geoekologiya, ijtimoiy ekologiya, inson ekologiyasi va hokazo. Ekologiyaning barcha sohalarini faqat ayrim soha mutaxassisi o‘zlashtirib olishi qiyin. Shuning uchun hozirga qadar ekologiya bo‘yicha yaratilgan darslik yoki o‘quv qo‘llanmalari uning mualliflari sohasiga moslab yozilgan. Shuning uchun mavjud darslik va o‘quv qo‘llanmalari aynan shu soha bo‘yicha ta’lim oluvchi yoki shu soha bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun ayni muddao . Ushbu Bioekologiya (O’simliklar ekologiyasi) o`quv qo`llanmasi mualliflarning bir necha yillar davomida turli ta’lim yo‘nalishlarida bilim oluvchi talabalarga bioekologiya fanidan dars berish jarayonlarida to‘plagan materiallari asosida tayyorlandi. Ushbu o`quv qo`llanmada Bioekologiya fanining birinchi qismi o`simliklar ekologiyasi va unga ta`sir etadigan muxit omillari batafsil bayon etilgan. Unda o’simliklarning o’zaro va atrof-muxit bilan munosabati, orografik, biotik omillar ana shu muxit omillarining xar qaysisi aloxida va boshqa omillar bilan bog`liq xolda o`simliklarga ko`rsatadigan ta`siri maxalliy materiallar asosida asoslab berilgan va atrof-muxitni muxofaza qilish boblari yangitdan kiritilgan. Ushbu tarzda bayon qilingan “Bioekologiya (O’simliklari ekologiyasi) o’quv qo’llanmasi birinchi marta nashr qilinayotganligi, u ba’zi kamchilik va nuqsonlarda xoli bo’lmasligi tabiiydir. Shunga ko’ra ushbu o’quv qo’llama xaqida o’zlarining samimiy fikr va muloxazalarini bildirgan o’rtoqlarga mualliftlar o’zlarining chuqur minnatdorchiliklarini izxor etadilar. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling