Andijon davlat univyersiteti


 Gidraturaning ekologik ahamiyati


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

5.4. Gidraturaning ekologik ahamiyati
O’simliklar evolyutsiya davomida o’zining yashash joyiga xos bo’lgan suv 
bilan ta’minlanish sharoitiga moslashgan bo’lishi kerak. Yashash joyida namlik 
qancha kam bo’lsa, o’simliklarning suv tanqisligiga moslashuvi shuncha murakkab 
bo’ladi. O’simliklar o’z tanasini tuzishi uchun transpiratsiya tufayli o’zidan 
chiqaradigan suvga qaraganda kam suv talab qiladi. Suvning asosiy roli 
sitoplazmani ma’lum gidratura holatida, suv bilan to’la ta’minlangan holatda 
saqlab turishdan iborat. Gidratura haqidagi tushuncha birinchi marta 1931 yilda G. 
Val`ter tomonidan kiritilgan. Agar suv yerkin holatda (masalan, suv bug’lari bilan 
to’yingan havodagi suv yoki distillangan suv) bo’lsa, u vaqtda gidratura eng yuqori 
darajada (100% gacha) bo’ladi. Havodagi suv bug’lari kamayganda yoki hujayra 
eritmasidagi osmotik aktiv moddalar kontsentratsiyasi ortganda gidratura pasayadi. 
Hujayra shirasining potentsial osmotik bosimi hujayra ichidagi suvning holatini 
xarakterlaydi. Hujayra sirtidagi gidratura esa hujayraning suv potentsnaliga aynan 
mos keladi.
Tuban o’simliklarning suv bilan ta’minlanishi fiziologik va evolyutsion 
morfologik rejada ancha past pog’onada turadi. Ular hujayralarining gidraturasi 
amalda tashqi muhit gidraturasidan farq qilmaydi va ana shu muhitning 
o’zgaruvchan namligiga butunlay bog’liq bo’ladi. Bunday o’simliklar 
“Poykilogidrik” o’simliklar deb ataladi. 
Yuksak o’simliklar, ayniqsa, yopiq urug’lilar evolyutsiya jarayonida 
gidraturaning yuqori darajadagi ahamiyatidan foydalanish, o’z hujayrasi 
sitoplazmasini muhitning quruq sharoitida suv bilan ta’minlash qobiliyatini 
orttirgan. Shuning uchun ular «g’oliblar» deb hisoblanadi. Yuksak o’simliklarda, 
ayniqsa gulli o’simliklarda hujayra shirasining sitoplazma gidraturasi bilan tashqi 
muhit gidraturasining nisbatini aktiv tartibga solib turuvchi osmotik bosimi 
sitoplazma darajasi hisoblanadi. Shuning uchun ularni “Gomoyogidrik”, ya’ni 
mustaqil namlanuvchilar deb atash qabul qilingan. Bunday o’simliklar 
sitoplazmasining gidraturasi uning suvga to’yinish darajasiga bog’liq, ya’ni 
hujayra shirasi vakuolining gidraturasiga teng bo’ladi. 


74 
Lekin Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, atmosfera ma’lum darajada quruq 
bo’lgan sharoitda o’simliklar doim, birinchi navbatda, transpiratsiya jarayoni 
tufayli suv yo’qotib turadn, uning o’rnini tuproqdan suv shimib to’ldirib boradi. 
Ayniqsa fotosintez jarayoni boradigan kunduzgi soatlarda suv ko’p yo’qotiladi. 
SHunga ko’ra bu jarayonlar bir-biriga uzviy bog’liq bo’lib, transpiratsiya jarayoni 
to’xtaganda, barglardagi og’izchalar bekilib qolib, fotosintez jarayoni ham o’z-
o’zidan to’xtaydi. O’simliklarning qiyin sharoitdagi suv tanqisligiga moslashuvi 
gidratura holati ma’lum darajada saqlab turilgandagina, buning ustiga o’simliklar 
nafas olish vaqtida sarflanganidan ko’proq moddalar ishlab chiqargandagina 
foydali bo’lishi mumkin. Demak, gidratura chegarasi hujayra shirasi osmotik 
bosimining optimal (muayyan tur uchun tipik bo’lgan) va maksimal, darajasi bilan 
belgilanadi, bu esa so’rish kuchining tegishli qiymatlarini ifodalaydi. Hujayra 
shirasi osmotik bosimning (so’rish kuchining) maksimal va optimal darajalari 
orasidagi ampilituda qancha katta va keng bo’lsa, o’simliklarning muhit sharoitiga 
moslashish imkoniyati shuncha yuqori bo’ladi. 
Lekin osmotik bosimning barqarorligi, ya’ni o’simliklarning mazkur yashash 
joyi sharoitida o’z gidraturasini ma’lum darajada uzoq vaqt saqlab turish xususiyati 
ham katta ahamiyatga ega. Bu esa bir necha yo’l bilan amalga oshadi. CHunonchi, 
tuproqning chuqur namli qavatiga yetadigan darajada ildiz tizimi hosil qilishi yoki 
transpirattsiya jarayonidagi suv sarfini kamaytirish yoki bo’lmasa kaktus va 
umuman sukkulentlardagi kabi, o’simliklar to’qimasida suv zaxirasi hosil bo’lishi 
va boshqalar. Shunga ko’ra, osmotik bosimning optimal va maksimal darajalari 
o’rtasidagi amplituda kichik va diapazoni tor bo’lgan o’simlik turlari stenogidriklar 
deb ataladi. Agar mazkur turning optimal va maksimal osmotik bosimi orasidagi 
diapazon keng bo’lsa, u holda bu tur o’simlik evrigidrik o’simlik deb ataladi. 
Osmotik bosimini (so’ruvchi kuchini) ma’lum darajada saqlab turish uchun katta 
imkoniyatga ega bo’lgan, boshqacha aytganda, birmuncha doimiy osmotik bosimli 
o’simliklar gidrostabal (izogidrik) o’simliklar deb, osmotik bosimni ma’lum 
darajada saqlab turish uchun kam imkoniyatga ega bo’lgan, ya’ni o’zgaruvchan 
osmotik bosimli o’simliklar gidrolabil (anizogidrik) o’simliklar deb ataladi. 


75 
Gidrolabil turlar, odatda, bir vaqtda ham evrigidriklardir. Keltirilgan “Suv balansi 
tizimi” Shtoker tomonidan aniqlangan. 
Shunday qilib, osmotik bosim diapazoni keng va gidraturaning 
o’zgaruvchanligiga yaxshi moslasha oladigan evrigidrik gidrolabil turlar 
qurg’oqchilikka eng chidamli bo’ladi. Osmotik bosim diapazoni tor bo’lgan 
stenogidrik turlar ham qurg’oqchilikka chidamli bo’lishi. mumkin, lekin bunda ular 
gidrostabil ham bo’lishi kerak (bularga ko’pchilnk sukkulentlar kiradi). Ko’pchilik 
daraxtlar, boshoqli o’simliklar, Shuningdek, soyada o’sadigan o’simliklar 
gidrolabildir. Biz poykilogidrik o’simliklar (asosan tuban o’simliklar) haqida 
to’xtalmaymiz, chunki ularning suv rejimi tashqi muhit sharoitiga deyarli bog’liq 
bo’lmaydi va gidraturasi ham mahalliy joyning gidraturasidan kam farq qiladi. 
Poykilogidriklarning ba’zan gomoyogidriklarga o’tishi paporotniksimonlarda 
kuzatiladi. Ularning yosh jinsiy bo’g’inlari, odatda, poykilogidrik guruhga kiradi, 
ular tashqi muhitning namligiga unchalik bog’liq bo’lmaydi, voyaga yetgan 
o’simliklar (sporofitlar) esa suvni ildizi orqali o’zlashtiradi, ya’ni ular 
gomoyogidrik o’simliklar qatoriga kiradi. Gulli o’simliklarning deyarli hammasi 
tipik gomoyogidrik hisoblanadi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling