Andijon davlat univyersiteti


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

SO’Z BOSHI 
 
Tabiat o ‘ziga xos murakkab tizim bo‘lib, inson va jamiyat uning hosilasidir. 
U tabiat evaziga mavjud va rivojlanadi. Inson o ‘z ehtiyojlarini tabiat hisobiga 
qondiradi. U tabiatdan havo, suv, oziq- ovqat, mineral va yonilg‘i xomashyolarini 
oladi va o‘zining hayot faoliyati davomida tabiatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Natijada tabiat uchun yod bo‘lgan yangi obyektlar vujudga keladi. Bular: shahar va 
qishloqlar, zavod va fabrikalar, yo‘llar, konlar, suv omborlari, qishloq xo‘jalik 
yerlari va boshqalardir. Inson aql-idroki va mehnati tufayli yuzaga kelgan bunday 
antropogen landshaftlar atrof tabiiy muhitiga o ‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. 
Yer yuzida aholi sonining keskin o ‘sib borishi, fan va texnikaning shiddatli 
taraqqiyoti, mamlakatlar hududida tabiiy resurslarning bir tekis tarqalmaganligi 
mavjud tabiiy resurslardan imkon qadar ko‘proq foydalanish va shu yo‘l bilan 
jamiyat taraqqiyotini tezlatishni taqozo qiladi. Natijada tabiat va inson o'rtasidagi o 
‘zaro munosabat qonunlari buziladi. Bu qonunlarning buzilishi esa ertami-kechmi 
ekologik inqirozga olib keladi. Hozirgi kunga kelib, butun dunyodagi ekologik 
holat ko‘pchilikni birdek bezovta qilmoqda. Ekologik halokat ko‘z o‘ngimizda 
dahshatli tus olmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish va mavjud tabiiy 
resurslardan samaraii foydalanish masalalari dolzarbligicha qolmoqda. Hozirgi 
ekologik inqirozning sababchisi va o‘z aqli zakovati bilan shu inqirozdan xoli 
etuvchisi ham Inson ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi. Atrof-muhitni ifloslanishdan 
saqlash, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanish ko‘p jihatdan insonlar qaysi 
jamiyatda yashashlaridan qat’i nazar insonlaming ekologik savodxonlik darajasiga 
va ekologik madaniyatiga bog'liq. Respublikamizdagi ekologik muammolarni hal 
qilish uchun aholining ekologik savodxonligini oshirish eng ustuvor vazifalardan 
hisoblanadi. Ayniqsa, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida «Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish asoslari» fanini o`qitish muhim ahamiyatga ega. 
Ma’lumki, hozirgi kunda umumta’lim maktablarida, maxsus litsey va 
ixtisoslashtirilgan o ‘quv yurtlarida, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida ekologiya 
fani o‘qitilmoqda. Bu hoi ta’limning har bir bosqichiga mos keladigan darslik va 



o‘quv qo‘llanmalarini yaratishni taqozo qiladi. Ekologiya fani nihoyatda ko‘p 
tarmoqlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, bioekologiya, geoekologiya, ijtimoiy 
ekologiya, inson ekologiyasi va hokazo. Ekologiyaning barcha sohalarini faqat 
ayrim soha mutaxassisi o‘zlashtirib olishi qiyin. Shuning uchun hozirga qadar 
ekologiya bo‘yicha yaratilgan darslik yoki o‘quv qo‘llanmalari uning mualliflari 
sohasiga moslab yozilgan. Shuning uchun mavjud darslik va o‘quv qo‘llanmalari 
aynan shu soha bo‘yicha ta’lim oluvchi yoki shu soha bilan shug‘ullanuvchi 
mutaxassislar uchun ayni muddao

Ushbu Bioekologiya (O’simliklar ekologiyasi) 
o`quv qo`llanmasi mualliflarning bir necha yillar davomida turli ta’lim 
yo‘nalishlarida bilim oluvchi talabalarga bioekologiya fanidan dars berish 
jarayonlarida to‘plagan materiallari asosida tayyorlandi.
Ushbu o`quv qo`llanmada Bioekologiya fanining birinchi qismi o`simliklar 
ekologiyasi va unga ta`sir etadigan muxit omillari batafsil bayon etilgan. Unda 
o’simliklarning o’zaro va atrof-muxit bilan munosabati, orografik, biotik omillar 
ana shu muxit omillarining xar qaysisi aloxida va boshqa omillar bilan bog`liq 
xolda o`simliklarga ko`rsatadigan ta`siri maxalliy materiallar asosida asoslab 
berilgan va atrof-muxitni muxofaza qilish boblari yangitdan kiritilgan.
Ushbu tarzda bayon qilingan “Bioekologiya (O’simliklari ekologiyasi) o’quv 
qo’llanmasi birinchi marta nashr qilinayotganligi, u ba’zi kamchilik va 
nuqsonlarda xoli bo’lmasligi tabiiydir. Shunga ko’ra ushbu o’quv qo’llama xaqida 
o’zlarining samimiy fikr va muloxazalarini bildirgan o’rtoqlarga mualliftlar 
o’zlarining chuqur minnatdorchiliklarini izxor etadilar.

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling