Andijon davlat univyersiteti
Mustaqil ta’lim uchun mavzular
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Test savollari 1.
Mustaqil ta’lim uchun mavzular:
1. Fanning rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar 2. O’simliklar ekologiyasining boshqa fanlar bilan bog’lanishi 3. Ekologiyaning biogeografiya bilan bog’liqligi. 17 Test savollari 1. Maxmud Koshg’ariy asarlarida nechta o’simlik turi haqida ekologik ma’lumotlar berilgan? A)*200 V) 250 S) 300 D) 480 2. Organizmlarning muhitiga moslashishi: A) *Adaptatsiya V) Evribiont S) Stress D) Gomeostaz 3. Produtsentlarning roli: A) *Anorganik birikmalar xisobiga organik moddalar xosil qiladi V) Tayyor organik moddalarni parchalaydi S) O’lik moddalarni parchalaydi D) Anorganik elementlar zaxirasini yaratadi 4. O’simliklarning hayotiy shakllari: A)*Daraxt, buta, chala buta, o’t o’simliklar V) Bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik S) Chala buta, suv o’simliklari, yaylovlar D) Cho’l, tropik, tundra «xududi o’simliklari 5. O’zR “O’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida” qonuni qachon qabul qilingan? A) *1997 yil V) 1999 yil S) 2001 yil D) 2006 yil. 18 II-BOB. O’SIMLIKLARNING ATROF-MUHIT BILAN O’ZARO MUNOSABATI Tayanch so’zlar: ekologiya, autekologiya, adaptatsiya, ekologik omillar, iqlim, shamol, yorug’lik, fitogen, zoogen, antropogen, biosenoz, ayeratsiya, xayot shakli, indikator, fitotsenoz 2.1. O’simliklarga ta’sir etuvchi abiotik omillar Convention on Biological Divyersity, CBD The Convention on Biological Divyersity was signed in 1992 in Rio de Janeiro, and was implemented in 1993; 160 of the 189 countries of the UN are signatories. This is an intyerdisciplinary convention (see Fig. 5.4.3; WBGU 1999) the goal of which was not only to maintain biological divyersity, but also to sustain development and the equity of uses and advantages (Fig. 5.5.4). From this divyerse focus and from the all-encompassing starting position stem the conflicts of the dual goals of protection and use, especially at the margins of agriculture and forestry. The convention also clarified the legal principles related to the use of genetic resources; these are no longyer a collective propyerty that all have access to but are propyerty of nations. Thus the intyerests of industries, the rights of local and indigenous peoples with their traditional knowledge, and the sovyereignty of the nations have been brought togethyer. The use of biotechnology (Biosafety) was added as an appendix in 1999. Aftyer tyerrestrial genetic resources belong to sovyereign nations, only the sea remains as a collective resource. It is still unclear whethyer the transfyer of the ownyership of genetic resources also carries with it the responsibility of nations to maintain them for humanity. Biologik xilma-xillik to’g’risidagi Konventsiya 1992-yilda Rio De - Janyero shahrida biologik xilma-xillik mavzusida shartnoma imzolandi va bu shatrnoma 1993-yilda kuchga kirdi. BMTdagi 189 ta davlatdan 160 ta davlat bu shartomani imzoladilar. Bu shartnomadan ko’zda 19 tutilgan asosiy maqsad, nafaqat Biologik xilma-xillikni, balki uning foydali va ustunlik tomonlarini saqlab qolishdir. Bu shartnomada asosan qishloq xo’jaligi yyerlarini va o’rmon hududlarini himoyalash va ulardan unumli foydalanish haqidagi muammoli masalalar ko’rilgan. Bu shartnomada Shuningdek, genetik manbalardan to’g’ri foydalanish bilan bog’liq bo’lgan qonun-qoidalar ham yoritib berilgan, jumladan, yyerlar ma’lum bir shaxsning mulki hisoblanmasdan butun bir xalqning mulki hisoblanishi va bu yyerdan barcha millatlar foydalanish huquqiga egadir. SHu sababli, sanoatning diqqat e’tibori mahalliy va yyerli aholining huquqlari, an’anaviy bilimlari hamda millatlar mustaqilligi bilan birgalikda yuzaga chiqariladi. Biotexnologiyadan foydalanish 1999-yilda ilova sifatida qo’shilgan. Quruqlikdagi genetik boyliklar mustaqil davlatlarga tegishli ekanligi aniqlangandan so’ng, faqatgina dengiz umumiy boylik sifatida qoldi. Bu haligacha noma’lum. Genetik boylik egalarining bu manbalarni keyingi avlodga yetkazib byerish yoki byermasligi haligacha noma’lumdir. Yernst-Detlef Schulze, Yerwin Bech, Klaus Mullyer Hohenstein. Plant ecology. Springyer Byerlin-Heidelbyerg, Gyermany, 2005. P.663. Atrof-muhit deganda, odatda, tirik organizmlarga ta’sir ko’rsatadigan va ular bilai birga bo’ladigan tashqi muhit sharoiti majmuasi tuShuniladi. Tirik organizmlar bilan ularni o’rab turgan muhit o’rtasidagi o’zaro ta’sir, moddalar va enyergiya almashinuvi hamda organizmlarning doimiy ravishda o’zgarib turadigan hayot sharoitiga moslashuvi ularning yyer yuzida hayot kechirishiga imkon beradi. O’simliklarning tashqi muhit sharoiti bilan o’zaro munosabati ekologiyaning asosiy mazmunini tashkil etadi. SHunga ko’ra, ekologiyaning asosiy vazifasi organizmlar bilan uni qurshab olgan tashqi muhit omillarining o’zaro munosabatini o’rganish, aniqlash, targ’ib etish va ko’rsatishdan iborat. O’simliklarni qurshab olgan muhit ko’p sonli elementlardan tarkib topgan bo’lib, ularning hammasi, ham o’simliklarga bir xilda ta’sir ko’rsatmaydi va o’simliklar ham ularga nisbatan bir xilda munosabatda bo’lmaydi. Odatda, o’simliklarga ta’sir ko’rsatadigan tashqi muhit omillari shartli ravishda uch guruhga bo’linadi: 20 1. O’simliklar uchun juda zarur bo’lgan ekologik omillarsiz ular hayot kechira olmaydi, ya’ni o’smaydi va rivojlanmaydi. Bu xildagi omillarga yorug’lik, issiqlik, suv, minyeral tuzlar, karbonat angidrid va kislorod kiradi. O’simliklar uchun juda zarur bo’lmagan ekologik omillar; ular zarur bo’lmagan omil hisoblansada, lekin o’simliklar hayotiga, o’sish va rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Bu xildagi omillarga tutun holatidagi gazlar, shamol, siyraklashgan havo, radioaktivlik va boshqalar kiradi. O’simliklar doim yoki vaqt-vaqti bilan farqsiz ravishda munosabatda bo’ladigan omillar, masalan, atmosferadagi inyert gazlar (ularga gazsimon azot ham kiradi); yashil o’simliklar yashaydigan muhitda doimiy ravishda azot mavjud bo’ladi, u o’simliklarga ta’sir ko’rsatmaydi, ta’sir ko’rsatganda ham u sezilmaydigan darajada bo’ladi. Lekin muhitning ayrim elementlari ba’zi o’simliklar uchun deyarli xech qanday ahamiyatga ega bo’lmagani holda boshqa tur o’simliklar uchun juda zarur bo’lishi mumkin. Masalan atmosferadagi yerkin azot ba’zi baktyeriyalar uchun juda zarur. Bu xildagi baktyernyalar faqat dukkakli o’simliklar ildizida emas, balki dukkaksiz o’simliklar ildizida ham tugunaklar hosil qilishi mumkin. Bulardan tashqari, atmosferadagi gazsimon azot ko’k-yashil suvo’tlar, aktinomitsetlar va boshqa organizmlar tomonidan o’zlashtiriladi. Ularning hammasi uchun atmosferadagi yerkin azot birdan-bir hayot sharoiti, hisoblanadi. Ba’zan muhitning u yokn bu elementi deyarli ahamiyatsiz deb hisoblanadi lekin ularning o’simliklarga ta’siri hali yetarli darajada o’rganilmagan. Masalan, yaqin-yaqingacha molibden, bor va boshqa turdagi mikroelementlar ko’pchilik o’simliklar uchun kerak va ayrimlari uchun nihoyatda zarurligi aniqlanmagan edi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, jami ekologik omillarning organizmlarga bir vaqtda, birgalikda ta’sir ko’rsatish juda murakqab jarayon bo’lib, ularning oqibati ham nihoyatda xilma-xildir. Bulardan tashqari, har xil o’simliklar uni qurshab olgan muhitdagi sharoitga bir xilda munosabatda bo’lmaydi. SHunga ko’ra, yyer yuzida yashab turgan muhit sharoitining hammasiga birday bardosh byera oladigan bironta organizm yo’q. Ana shunga ko’ra har bir tur organizm 21 nisbatan tor doiradagi tempyeratura yorug’lik, yong’in miqdori, tuproq sharoiti va boshqa omillarning mavjudligida yashay oladi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling