Andijon davlat univyersiteti


 O’simliklar ekologiyasining boshqa fanlar bilan bog’lanishi


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

 
1.2. O’simliklar ekologiyasining boshqa fanlar bilan bog’lanishi 
Ekologlar ayrim omillarni, ya’ni tempyeratura, yorug’lik, namlik va 
boshqalarni o’rganish uchun tegishli metodlardan foydalanishi kerak; buning 
uchun esa ular hamma vaqt fizika, kimyo, meteorologiya, klimatologiya, 
tuproqshunoslik bilan bog’liq holda ish ko’rishlariga to’g’ri keladi. Keyingi 
vaqtlarda matematika va EHM dan foydalanish ham kuchayib bormoqda. 
O’simliklar ekologiyasi biologiya fanlaridan fiziologiya bilan chambarchas 
bog’liq. Lekin fiziologiya sohasidagi tadqiqotlar qat’iy nazorat qilinadigan 
sharoitda o’tkaziladi, ekologlar esa doimiy ravishda o’zgarib turadigan tabiiy 
sharoit bilan bog’liq holda ish olib boradilar. O’simliklarni tabiiy sharoitda boshqa 
organizmlardan yakkalab qo’yib bo’lmaydi. Bundan tashqari, ekolog hamma vaqt 
o’rganilayotgan tur bilan konkurentlik qiladigan boshqa turlarning o’zaro 
bog’liqligini hisobga olishi kerak. Bu esa kuzatish olib borishni ancha 
murakkablashtirib yuboradi, chunki mazkur turning hayot kechirishi uchun 
o’rganilayotgan muhit omillariga qaraganda tsenozda qatnashayotgan boshqa 
vakillar katta rol` o’ynaydi. Fiziologlar yaratgan qonuniyatlar tabiatda boshqacha 
namoyon bo’ladi. SHunga ko’ra, ekologiya, ayniqsa amaliy ekologiya xalq 
xo’jaligi uchun muhim ahamiyatga ega. SHu bilan bir vaqtda ko’pchilik fiziologlar 
(L.A.Ivanov, V.N.Lyubimenko, N.A.Maksimov, G.Lyundegord va boshqalar) 
bevosita tabiatda kuzatish olib borganlar. 
Ekologiyaning biogeografiya bilan bog’liqligi aniq, chunki o’simliklar 
ekologiyasining o’zi fitogeografiyadan kelib chiqqan, lekin turning muhit bilan 
o’zaro munosabati ekologlar uchun muhim hisoblanadi. Agar fitogeografni turlar 
tanlab olingan ikkita joy orasidagi farq qiziqtirsa, ekologlar yashash joyining 


15 
o’zidagi farqlar sababini o’rganadi. Agar fitogeograf, odatda tizimtik (taksonomik) 
birliklar bilan ish olib borsa, ekolog o’simliklarining hayotiy shakllari, 
ekobiomorflar, ekotiplarga e’tibor beradi. Yana ekologik turning evolyutsiyasi, 
tarixiy dinamikasi masalalari qiziqtirganidan ekologiya paleontologiya va 
paleoekologiya bilan ham bog’liqligi o’z-o’zidan ma’lum. Geobotaniklar 
o’simliklarni o’rganishda ekologik masalalarni priborlar yordamida o’rganishga 
katta ahamiyat byera boshladilar. Keyingi o’n yilliklarda o’simliklarning ekologik 
anatomiyasi va ekologik morfologiyasi yuzaga keldi. Tizimtika, odatda, statika 
bilan ham bog’liq bo’ladi. Ekologiya esa fiziologik jarayonlarga asoslangan 
dinamika qiziqtiradi. Lekin ekolog hamma vaqt o’rganilayotgan ob’ektning 
filogenetik tizimdagi holatini aniq bilishi kerak. Ikkinchi tomondan, ekologiya 
tizimiga juda katta ta’sir ko’rsatadi. 
Ekologiyaning asosiy metodi dala sharoitida o’tkaziladigan qiyosiy ekologik-
geografik metod hisoblanadi. Bunda eksperiment ham juda muhim. Lekin Shuni 
esda tutish kerakki, har qanday eksperimentda tabiiy holatni buzishga to’g’ri 
keladi, bu esa har doim tegishli tuzatish kiritishni talab qiladi. 
Ekologiya qishloq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. Bu sohadagi deyarli 
barcha masalalar ekologiya bilan uzviy birlashib ketadi. Keyingi yillarda esa atrof-
muhitni muhofaza qilish masalalari ham, inson hayotining ko’pchilik muammolari 
ham ekologiya bilan chambarchas bog’liq holda o’rganiladigan bo’ldi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling