Andijon davlat univyersiteti


 Ekologik turizmni rivojlantirish


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

6.7. Ekologik turizmni rivojlantirish 
81. Ekologik turizm O’zbekistonda rivojlanayotgan va istiqbolli tarmoq 
hisoblanadi. Ekologik turizm katta iqtisodiy daromad keltirishga qodirdir. 
82. Tabiiy bog’larning rekreatsion zonalaridan, ayniqsa tog’larda va tog’oldi 
yaqinidagi shaharlarda foydalanish so’nggi 20 yilda shiddat bilan o’sdi. Aholi 
an’anaviy ravishda ommaviy dam oladigan joylarda rekreatsion yuklamaning 
oshishi ayniqsa mahalliy tabiiy o’simliklar dunyosi va hayvonlar to’dalarining 
biologik xilma-xillik tuzilmasiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. 
83. Uyushtirilgan ekologik turizm tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish 
zarur. Birinchi navbatda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish zarur, tegishli 
kadrlar tayyorlash masalasi ham muhim hisoblanadi. 
 
6.8. Biologik xilma-xillikka nisbatan aholining ekologik madaniyati va 
xabardorligi darajasini oshirish 
84. Bugungi kunda biologik xilma-xillikni saqlash va undan foydalanish 
uchun odamlar amal qilishi kerak bo’lgan chora-tadbirlardan ular xabardorligi 


214 
darajasining yetarlicha emasligi tegishli chora-tadbirlar ko’rishni talab etadigan 
muhim va dolzarb masala bo’lib qolmoqda. 
Ishlab chiqilgan dasturlar va harakatlar rejalari asosida turli maqsadli 
guruhlarning xabardorligini oshirishga tizimli, kompleks yondashuv mavjud emas. 
85. Qaror qabul qiladigan mansabdor shaxslar va jamiyatning biologik xilma-
xillik va ekotizimlar xizmatlarining ahamiyatidan, mamlakatning farovonligi va 
rivojlanishiga ularning ulushidan xabardorligini oshirish ham muhim hisoblanadi. 
86. Jamoatchilikni biologik xilma-xillik sohasidagi masalalarni hal etishga, 
shu jumladan, uning monitoringini olib borish tadbirlariga jalb etish aholining 
xabardorligi va ekologik madaniyati darajasini oshirishga ko’maklashadi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling