Andijon davlat unversiteti
INTERNET ga ulanish usullari
Download 1.27 Mb.
|
Одашова Нилуфар Жамолдиновнани курс иши
2.2 INTERNET ga ulanish usullari.
INTERNET ga ulanish Internet bilan ishlash uchun biz ishlayotgan kompyuter avalom bor internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi kerak. Ushbu qismda internetga ulanish usullari ko‘riladi. Internetga ulanish uchun kuyidagilar mavjud bo‘lishi zarur: Tashqi modem uchun ketma – ket portga, ichki modem uchun uni qo‘shish uchun joyga ega bo‘lgan kompyuter; telefon;modem (ichki yoki tashqi); kommunikatsion dasturlar; SLIP yoki PPP kaydnomalar dastur ta’minoti; Internet provayderda (Internet xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotda) almashish kaydnomasi (SLIP yoki PPP); ro‘yxatdan o‘tkazish. Internetga telefon orqali ulanish. Internetga ulanish usullari ko‘p va ular takomillashib turadi. Telefon orqali internet bilan ishlashni ikki yo‘li bor. Kommutatsiya qilinuvchi kanalga terminal orqali kirish (conventional dialup, shell account) va Internet qaydnomasiga kommutatsiya orqali kirish (IP over dial – up). Ba’zi provayderlar terminal kirishni taklif qilsa, boshqa provayderlar ikkalasini ham taklif qilishi mumkin. Terminal kirishda foydalanuvchi kompyuteri go‘yoki terminaldek (ma’lumotlarni kompyuterga kirituvchi qurilma) bo‘lib, uzoqdagi kompyuter (Internet orqali ulangan) bo‘lsa, sizning kompyuteringizday bo‘ladi. Internet qaydnomasiga kommutatsiya qilingan kirishda foydalanuvchi kompyuteri RRR (Point to Point Protocol – nuqtama–nuqta qaydnoma) qaydnomasining qo‘shimcha imkoniyatidan foydalaniladi. Internetga ulanishning ikkala usuli birgalikda ishlasa, u albatta yaxshi natija beradi. Terminal kirishda foydalunuvchi o‘z kompyuteridagi modem va kommunikatsiya dasturlari (terminalni emmulyatsiya kiluvchi) yordamida o‘z provayderiga uy telefonidan qo‘ng‘iroq qilinadi va uzoqlashgan kompyuter modemi javobidan so‘ng u bilan ulanadi. Bu holda foydalanuvchi kompyuteri endi uzoqlashgan kompyuterga ulangan terminaldek ishlaydi va uzoqdagi kompyuter bilan bog‘lanib, o‘z nomingiz (log bilan) va parolingizni kiritasiz. Internetga kirgandan so‘ng undan butun dunyoga oid sizni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha sayohat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Kommutatsiya yo’llari orqali IP bog‘lanishda foydalanuvchi modemi provayder kompyuteriga bog‘lanadi (telefon orqali). Bunday bog‘lanishning mohiyati shundan iboratki, bu holda TSR/IP qaydnomasi formatida maxsus qaydnoma asosida ma’lumotlar almashishni ta’minlovchi dastur ta’minotidan foydalanadi. Uzoqlashgan kompyuter javob bergandan keyin bu dastur ta’minot foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni unga jo‘natadi. Ro‘yxatdan o‘tish muvaffaqiyatli kechsa, unda bemalol ish boshlash mumkin. Internet bilan ishlash HTML va boshqa dastur vositalari yordamida tayyorlangan Web saxifalarida foydalanuvchiga tushunarli ko‘rinishda tasvirlash uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, bunday dasturlar brauzer dasturlar deb ataladi. Hozirda bir necha shunday dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular tabiiy ravishda hujjatlarni ko‘rishni turlicha tahrir qiladilar. Brauzer dasturlar orasida keng tarqalgan Microsoft Internet Explorer va Netscape Navigator dasturlaridir. Birinchi dastur tekinga berilsa (albatta, Windows litsenzion dastursi mavjud bo‘lsa), ikkinchisi tijorat shaklida (pulli) taratiladigan dasturdir. Biz asosan Microsoft Internet Explorerga to‘xtaymiz, chunki hozirda u Web sahifalarni ko‘rishning yuksak quroliga aylandi. U Windows da brauzer emas, hatto shaxrlovchi deb ham yuritiladi. Buning asosiy sababi, HTML va boshqa dastur vositalaridan (Java, java Script) foydalanib tuzilgan Web sahifalarini uning foydalanuvchiga tushunarli ko‘rinishda sharxlab berishidadir. Shunday qilib, brauzerning asosiy vazifasi URL adreslarda joylashgan Web sahifalarni kompyuterga yuklash va uni foydalanuvchiga tushunarli ko‘rinishda monitor ekranida ko‘rsatib berishdir. Biz quyida Microsoft Internet Explorer brauzeriga to‘xtaymiz. Internet bilan ishlash uchun Internet Explorer dasturi ishga tushiriladi. Internetning Explorerda ishlashi uchun Windowsning porogramma menyusidan yoki bevosita ish stolidan kompyuterga yuklanadi. Natijada ekranda quyidagi Microsoft Internet Explorer oynasi paydo bo‘ladi. INTERNETning ba’zi foydali manzillari ro‘yxati http://www.w3.org - internetning rasmiy hujjatlar saqlanadigan serveri, hususan, siz bu yerda HTML tilining amaldagi andozalarini va uning yangi namuna versiyalari bayonini, internet ishi masalalari muhokama qilingan konferentsiya (anjuman)larga murojaatlarni, global kompyuter tarmog‘ining boshqa manbalariga murojaatlarini topasiz. http://www.tsau.uz. Bu Toshkent Davlat Agrar Universiteti sayti bo‘lib, undan universitet haqida to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin. http://www.machaon.ru/digest/. Agar siz ingliz tilini yaxshi bilmasangiz, bu sahifada internetda ishlash haqidagi rus tilida yozilgan hujjatlarga murojaatlarni topasiz. http://web.canlink.com/helpdesk/window.htmlда ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning WWW adreslar ko‘rsatilgan. HTML muharrirlarining ro‘yxati. Bunda erkin tarqatiladigan dasturlarni ko‘rsatilgan serverlardan yuklab olishingiz mumkin. http://www2.imagiware.com/RxHTML/htdocs/single.html - HTML doktori. HTML hujjat tuzilishi, jadvallar, formatlarning to‘g‘riligi, murojaatlarning haqiqiyligini tekshiradi. Masalan: rasmga mavjud bo‘lmagan murojaat ishlatiladi yoki ochiluvchi va yopiluvchi teglar soni teng emas. Bu holda dastur xato qilingan hujjat satrining nomerini ma’lum qiladi. Http://www.chat.ru sahifa o‘lchami 3 mb gacha bo‘lishi mumkin. Pochta qutisi havola qilinadi. Http://www.real.com/. Bu server Internet orqali “jonli” va video uzatish muammolariga bagishlangan. Tarmoq orqali radio eshitishni va video ko‘rishni xoxlovchilar uchun juda ko‘p tavsiyalarni o‘z ichiga olgan. IP protokoli o‘z vazifasini bajarishi uchun axborotlar almashinuvida ishtirok etuvchi kompyuterlarga nomerlar yoki adreslar berish kerak . TSR/IR tarmog‘iga ulangan har bir kompyuter o‘zining IR adresiga ega bo‘lib, u 32 razryadli ikkilik son bilan ifodalanadi.Masalan,01001011001001001011010010100101.Bunday ko‘rinishdagi adresni albatta yodda saqlash qiyin. Shu boisdan IP protokolida adreslarning har biri 8 baytdan iborat bo‘gan 4ta blokka bo‘linib o‘nli sanoq sistemasidagi son ko‘rinishida yoziladi. Barcha baytlar bir-biridan nuqtalar bilan ajratiladi, masalan, 123.45.67.89, 195.158.8.173, 192.168.0.1,196.201.90.0 204.1.1.23 va h.k. Dastlabki ikkita blok tarmoq identifikatorini, keyingi ikki blok esa tugun identifikatorini anglatadi. Masalan, ushbu 195.158.8.173 adresda 195.158 tarmoq identifikatorini, 8.173 esa tugun identifikatorini bildiradi. Tarmoq identifikatori Tugun identifikatori Network ID: 195.158 Host ID: 8.173 IP adresdagi dastlabki blok adres sinfini anglatadi. Adres sinflari esa uchta bo‘ladi: A, V va C. Adres sinfi Birinchi blok qiymati Mumkin bo‘gan tarmoqlarSoni Mumkin bo‘lgan tugunlar soni A sinf V sinf S sinf 1-126 128-191 192-223 126 16384 2 097 152 16 777 214 65 534 254 Odatda kichik korxonalarga S sinfdagi adreslar beriladi. Korxona lokal tarmog‘iga 254 donagacha kompyuterlarni o‘zaro bog‘lash mumkin. Internetdagi asosiy protokollar va ularning qo‘llanilishi Internet orqali taqdim etiladigan barcha xizmatlar standart protokollar orqali amalga oshiriladi va foydalaniladigan kompyuterlarga bog‘liq emas, albatta. Protokollar texnologiyalar orasidagi mantiqiy ko‘prik bo‘lib kommunikatsiyaning ko‘plab elementlarini boshqaradi. Internet protokollari haqidagi axborotni RFC (Request For Comment)da topish mumkin. RFC bu fayl ko‘rinishida taqdim etilgan Internet hujjatidir. Odatda internet tizimidagi barcha prokollar "mijoz-server" sxemasi bo‘yicha ishlaydi. Server - bu ma’lum bir tarmoqda bir guruh kompyuterlar yoki dasturlarga markazlashgan holda xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan kompyuter va uning dasturiy ta’minotidir. Agar server foydalanuvchilar kompyuterlariga kirishlarni, ularga kerakli fayllarni olish va uzatish imkonini bersa, unda u fayl-server vazifasini bajaradi. Bitta server-kompyuterda bir vaqtning o‘zida bir necha xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati bo‘lishi mumkin, masalan, WWW, FTP, E-mail va Proxy serverlar. Mijoz - bu server resurslaridan foydalanuvchi kompyuter yoki dasturdir. Serverga uning dasturiy imkoniyatlaridan kelib chiqib bir vaqtning o‘zida bir nechta mijoz. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling