Andijon davlat unversiteti


-rasm 3.2 Internetni ishga tushirish va unda ishlash


Download 1.27 Mb.
bet9/11
Sana16.03.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1278591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Одашова Нилуфар Жамолдиновнани курс иши

3.1.4-rasm
3.2 Internetni ishga tushirish va unda ishlash
Internetning asosiy tushunchalari Internetra oid muhim bo'lgan ba'zi bir tushunchalar izoxini keltiramiz. DNS server DNS server Protokol: bu kompyuterlar orasidagi aloqa o'rnatilishida, ma'lumotlarni kabo'l qilish va uzatishda foydalaniladigan signallar standartidir. Ya'ni kompyuterlar protokol yordamida biri - biri bilan bog'lanadi. Protokol to'g'ri bo'lsagina, kompyuterlar urtasida aloqa o'rnatiladi. Bu kompyuterlarning bog'lanish tartibi yoki standartidir. Server: bu boshqa kompyuter yoki programmalarga xizmat ko'rsatadigan kompyuter yoki programmadir. Ya'ni boshqa kompyuterlarga uzining fayllaridan foydalanishga ruxsat beruvchi kompyuter Server xisoblanadi. Bitta kompyuterda bir nechta server ishlashi mumkin. Masalan, FTP, WWW, elektron pochta serverlari. Mijoz: Server resurslaridan va xizmatidan foydalanuvchi kompyuter yoki programmadir. Xuddi Server kabi, bitta kompyuterda birdaniga bir nechta mijoz ishlashi mumkin. Masalan, kompyuter fayl serverning mijozi bo'lishi mumkin (serverda joylashgan fayllardan foydalanishi), shu bilan bir vaqtda elektron pochta programmasida ishlashi mumkin. Ya'ni bir necha serverning mijozi bo'lishi mumkin. Marshrutlashtiruvchi: (Router). Marshrutlashtiruvchi Internetda ma'lumotlar oqimini qulay va yakin yo'l bilan manzilga etkazishni rejalashtiruvchi va amalga oshiruvchi programmalar majmuidir. Shlyuz: (Gateway) ma'lumotlarni uzatishning turli kaydnomalarini Internet foydalanadigan elektron pochtaning oddiy kaydnomasi SMTP ga (Simple Mail Transfer Protocol-elektron pochta uzatishning oddiy kaydnomasi) aylantiradigan kompyuter. Aslida shlyuz bu programmalar majmuidir. Bunda shlyuz maksadida foydalanadigan kompyuterga katta talablar kuyilmaydi. Buning uchun unda shlyuz vazifasini utaydigan programmalar bilan ishlash imkoni bo'lsa, bo'ldi xolos. Demak, ilgaridan uz lokal kompyuter tarmog'ingizda biror sistema bilan ishlab kelayotgan bo'lsangiz, uni Internetga ulamokchi bo'lsangiz ana shunday shlyuz programmani o'rnatsangiz etarli.
Proxy: bir necha kompyuterning Internetga ulaniishni ta'minlovchi tizim. Proxy server odatda ko'p ishlatiladigan resurslarni saqlash imkoniyatiga ega. Internet da ba'zi bir ma'lumotlarga ko'pchilik murojaat qilgani uchun bu ma'lumotlarga oid serverga ulanish (navbat katta bo'lgani uchun) sekin bo'lishi mumkin. Shuning uchun ko'pchilik murojaat kiladigan serverlar nusxalari boshqa serverlarda xam saqlanadi. Bunday serverlar Proxy serverlar deyiladi. Proxy serverdan foydalanish imkoniyati odatda programmalarni o'rnatishda e'tiborga olinishi zarur. Xozirda ko'p Internet ma'lumotlarni ko'rish uchun MS Internet Explorerdan foydalanganda, unda Proxy programmasi orqali foydalanish nazarda tutiladi. URL: (Uniform Resource Locator) Internetra murojaat qilishning eng oddiy va qulay usuli bo'lib, u manzilni ifodalaydi. URL adresidan ixtiyoriy foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Ya'ni bu adresdagi ma'lumotdan barcha foydalanuvchilar bir paytning uzida foydalanishi mumkin. URL kuyidagi formatga ega: • bog'lanish exemasi> bu HTTP, FTP va Gopher lardir. Ko'rinishidagi nomlari bilan ishlashni tashkil qilish uchun programma joylashtirilgan kompyuterining IP manzili ko'rsatiladi. U yoki bu serverning vaqtincha ishlamay kolishini yoki ular bilan bog'lanish kiyin bo'lishini nazarda tutib, (sabablar turli bo'lishi mumkin) bir kancha DNS serverlarini ko'rsatish mumkin.
Mirror serverlar: Ko'pchilikni qiziqtiruvchi serverlar odatda boshqa mamlakatlar serverlariga xam joylashtiriladi. Bu esa mamlakatlarga yuboriladigan so'roqlarning xajmini kamaytirishga va tegishli ma'lumotlarni (Internet saxifalarini) tez topishga imkon tug'diradi. Odatda Mirror serverining borligi home page (uy saxifalarida)da o'z aksini topgan bo'ladi va unga qarab qaysi server bilan ishlash qulayligi (tezligi) aniqlanadi va u tanlanadi. Yuqori tezlikka ega bo'lgan uzatish kanallari: Internet ning muhim ko'rsatkichlaridan biri u orqali istalgan xajmdagi ma'lumotlarni tez uzatishdir. Shuning uchun Internet telefon orqali ishlaydi. Internet ajratilgan ijaraga olingan telefon yo'llari orqali o'rnatilgan bo'lsa, unda ishlash tezligi yukori bo'ladi. Xozirgi kunda turli tezliklar bilan ishlovchi T1, T2, T3 tez ishlovchi yukori tezlikli kanallar sistemasi mavjud. Drayver - tarmoq adaptori bilan bevosita birxa arakat qiluvchi dastur.
Modul - Drayver, tarmoqdagi qo'llanish dasturlari va boshqa modullar bilan bilan birga arakat qiladigan dastur. Tarmoq interfeysi - kompyuterni tarmoqga ulovchi fizik qurilma – Ethernet kartasi. Kadr - tarmoq interfeysini uzatadigan va qabo'l qiladigan ma'lumotlar bloki. IP – paket - IP modulini tarmoq interfesi bilan almashadigan ma'lumotlar bloki. UPD – deytagramma - IP moduli UPD moduli bilan almashinadigan ma'lumotlar bloki. TCP - IP moduli bilan TCP moduli almashinadigan ma'lumotlar bloki. qo'llanish ma'lumotlari - Transport darajasida tarmoq qo'llanish dasturlari bilan protokollar almashinadigan ma'lumotlar bloki Inkapsulyasiya (kapsula-«idish»ni yot organizmlardan xoli etish uchun tashkil etish ma'nosini bildiradi) –
Bir protokol xajmidagi ma'lumotlarni ikkinchi protokol xajmiga joylashtirish usuli. Masalan IP paketini Enthenetga yoki TCP ni IP paketiga joylashuvi. Internetga qanday bog'lanish mumkin. Internet bir - biriga bog'langan kompyuterlar yagona tarmog'idir. Kompyuterlar bir - biri bilan qanday bog'lanadi degan savol tugilishi tabiiydir. Internetga bog'lanishning bir nechta usuli mavjud. Bog'lanish turlari o'zaro imkoniyatlari va ma'lumotlarni uzatish tezligi bilan farqlanadi. Bog'lanish imkoniyati va tezligi Internetdan foydalanish narxini belgilaydi. Sifat va tezlik oshishi bilan narx kutariladi. Bog'lanish turlarini narxi kamayishi tartibida keltiramiz:
1.To'g'ridan to'g'ri kirish (pryamoe podsoedinenie vkdelennaya liniya).
2.SLIP va RRR yordamida
3.«Chaqiruv» yordamida bog'lanish (Dialup Access, Dialup) 4.UUCP yordamida. Internetga maxsus aloqa kanali orqali, yoki telefon tarmog'i orqali bog'lanish mumkin. Bundan tashqari sun‘iy yuldosh orqali, Ethernet-radio, kabelli televidenie, elektr rozetkasi orqali ham bog'lanish mumkin.
Windowsni Internetga ulanish uchun sozlash. Modemning quruq o'zi Internetga bog'lana olmaydi. Buning uchun maxsus dastur kerak. Bu dastur Udalyonny dostup k seti (Dial-up Networking) deb ataladi. Bu dastur modemni boshqaradi, nomerlarni teradi, provayder serveri bilan aloqa o'rnatadi. Bu dasturni o'rnatish zarur. Windows 98 da esa avtomatik ravishda o'zi o'rnatiladi. Faqat protokolni tanlash zarur. Sobiq Ittifoq mamlakatlarida rus tilidagi aloqa o'rnatish qulayroq. Lekin bizda telefon kabellari orqali aloqa o'rnatish juda ham yomon. Shuning uchun ma‘lumotlarni juda sekinlik bilan olishimiz mumkin. Ikkinchi muammo bu til muammosi bo'lib, Rossiyada kirillcha harflarni kodlashni yagona standarti yuq. Windowsda Windows-1251, Unix da KOI-8 kodirovkalari ishlatiladi.


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling