Andijon Fakulteti " iqtisodiyot nazariyasi"


Download 153.32 Kb.
bet2/5
Sana03.11.2023
Hajmi153.32 Kb.
#1744024
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Murodilla. BIAyo\'nalishi

2.Narx va uning turlari
Narx qaysi bozorda amal qilishi, kimga moʻljallanganligi va qaysi maqsadni koʻzlashiga qarab bir necha turlarga boʻlinadi.
Erkin bozor narxi (muvozanatli narx) — erkin bozorda sotuvchilar va xaridorlar koʻpchilik boʻlganidan ulardan hech biri oʻzi xohlagan narxni oʻrnatolmaydi. Bu yerda talab-taklif nis-batiga qarab erkin savdolashuv narxi, yaʼni muvozanatli narx yuzaga keladi.; monopoliyalashgan narx — monopoliya bozorda sotuvchi yoki xaridor ozchilik yoxud tanho boʻlganida ular xohlagan narx oʻrnatiladi. Bu bozorga zoʻrlab kiritiladigan narx boʻlib, odatdagi narxlardan yuqori boʻsla-di va monopol foyda olishga xizmat qiladi; Ulgurji narx tovar ishlab chikaruvchilar savdo firmalariga tovarlarni bir yoʻla koʻtarasiga sotishida qoʻllanadi. Tovar birjalari va savdo uylarida ham ulgurji narxlar qoʻllanadi; shartnoma narxlari — sotuvchi va xaridorlarning roziligi bilan belgilanadigan va oʻzaro tuziladigan shartnomada koʻrsatiladigan bunday narx, odatda, shartnoma muddati amal qiladigan davrda oʻzgarmaydi. Koʻproq milliy va xalqaro bozorlarda qoʻllanadi. Chakana narx — tovarlar bevosita isteʼmolchilarga yakkalab sotilgan chog’da qoʻllanadi va miqdori ulgurji narxdan yuqori boʻladi; Preyskurant narx — xaridor uchun bildirgich yoki maʼlumotnoma narx boʻlib xizmat qiladi va haqiqiy narx preyskurantlar (koʻrsatkichlar)da eʼlon qilingan narx atrofida boʻlishini anglatadi; Dotatsiyalangan narx — davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan, bozor narxidan pastroq qilib belgilangan, narxdagi farq byudjet beradigan dotatsiya bilan qoplanadi. Bu narxni oʻtish davrida turgan mamlakatlarda davlat aholini ijtimoiy himoyalash uchun qoʻllaydi; Demping narx — bozorda oʻz mavqeini mustahamlash va raqiblarni siqib chiqarishda qoʻllanadigan maxsus pasaytirilgan narx, xalq-aro bozorlarda koʻproq qoʻllanadi.
Bozor koʻlamiga koʻra, narxlar hududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro bozor narlariga boʻlinadi. Hududiy narx — faqat maʼlum hududiy bozorga xos boʻlib, u shu hudud doirasidagi omillar taʼsirida hosil boʻladi. Milliy bozor narxi — bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi narxlardir. Xalqaro narx — muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning nafliligi jihatidan jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.
Narxlar farqining miqdoriy ifodasi narx diapazoni deyiladi. narx diapazoni narxlar oraligʻining puldagi ifodasidir. narx diapazoni quyi, oʻrta va yuqori narxlarni oʻz ichiga oladi. Bu diapazon qanchalik katta boʻlsa, tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, talab bilan narx oʻzaro bogʻlanadi. Iqtisodiyot birbiriga bogʻliq va yagona boʻlga-nidan turli tovarlar va xizmatlar narxlari birbirini yuzaga chiqaradi, toʻldiradi va oʻzaro taʼsir koʻrsatadi. Ularning har biri oʻzi bilan bogʻliq keyingi mahsulot xarajatlarini shakllantiradi. Koʻpgina sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurlar (metall, neft, kumir, gaz, yogʻoch, bugʻdoy, paxta kabi tovarlar) narxining oʻzgarishi bozordagi jami narxlar nisbatiga taʼsir koʻrsatadi.Narxga taʼsir etuvchi eng qulay omil bu monopoliyadir.Monopolist korxona narxni xohlagancha oʻynatishi mumkin.Shunday ekan demping narx psixologik narx bularning hammasini monopolist hal qiladi xohlasa qiladi xohlamasa yoʻq.

Download 153.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling