Andijon Fakulteti " iqtisodiyot nazariyasi"
Download 153.32 Kb.
|
Murodilla. BIAyo\'nalishi
3.Narx shakllanishi.
Narx shakllanishi - tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxning bir qator omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda — narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy fa-oliyat subʼyektlarining oʻzlari taʼsir koʻrsatadi. Tor maʼnoda — firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi. Narx shakllanishining uch asosiy — erkin, maʼmuriy va aralash tiplari mavjud. Erkin narx shakllanishi talab va taklif asosida yuzaga keladi. Barcha tovarlar va xizmatlar narxlarining bevosita maʼmuriy belgilanishi maʼmuriy, erkin va maʼmuriy narx shakllanishining turli nisbatlarda qoʻllanilishi aralash narx shakllanishideb yuritiladi. Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi firmadan boshlanib, bozor narxi oʻrnatilgach, tugallanadi. Narx shakllanishining bozor real sharoitiga asoslangan besh asosiy qoidasi mavjud; harajatlarni qoplash qoidasi — narx darajasi tovarlar sotilganda firmaning tovarlarni ishlab chiqarish va sotish harajatlari toʻla qoplanib, tadbirkorga minimal foydani taʼminlashi kerak. Agar bu qoida amal qilmasa, firma zarar koʻradi yoki tadbirkor xech bir daromad olmay oʻz ishini toʻxtatadi. Harajatlarni qoplash zarurati narxning eng quyi chegarasini belgilaydi va narxning bundan past boʻlishi iqtisodiyot uchun maqbul emas; foydani maksimallashtirish qoidasi — narx oʻrtacha harajatlardan yuqori qilib belgilanishi, tovar shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi kerak. Firma oʻz tovariga narx qoʻyganda foydani maksimallashtirishni moʻljallaydi. Foydani maksimallashtiruvchi narx, odatda, monopollashgan bozorda amal qiladi; ra-qobatda yengish qoidasi —belgilangan narx darajasi xaridorlarni oʻziga ogʻdirib, raqibni bozordan si-qib chiqarish imkonini berishi zarur. Buning uchun oddiy tovarlar narxi vaqtincha past belgilanadi, foyda kamayadi, lekin yoʻqotilgan foyda raqobatda yengish uchun xizmat qiladi. Mazkur qoida nufuzli tovarlar narxini yuqoriroq belgilanishini bildiradi, chunki ularning xaridorlari puldor tabaqa hisoblanadi; peshqadamlik qoidasi — turdosh (oʻrinbosar), yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar narxi peshqadam firma belgilagan narxga binoan shakllanadi. Boshqa firmalar narxni peshqadam narxini moʻljalga olib unga yaqin qilib belgilaydi. Bu qoida odatda oligopoliya bozorida amal qiladi. Bunday bozorda firmalar ozchilik boʻlib narxlarni bir-biriga yaqin belgilagan holda, asosan, sifat va servis bilan raqobatlashadi. Narx quyi va yuqori chegara oraligʻida shakllanadi. Agar quyi chegarani harajatlarni qoplash zarurati belgilasa, yuqori chegarani isteʼmolchilarning xarid qobiliyati belgilaydi. Narx yuqori chegaradan chiqib ketsa xaridorlarning puli yetmay, tovarlar sotilmaydi, quyi chegaradan past boʻlsa firmalar zararga uchrab, yopilib ketadi. Narx shakllanishining eng muhim talabi uning bozor sharoitiga moslanishi va oʻzgaruvchan boʻlishidir. Narx belgilashga davlatning aralashuvi bozor qoidalariga zid. Shu sababli davlat bozor narxlarini erkinlashtirib, bozor qoidasidan tashqarida yuzaga keladigan monopol narxlarni chegaralab turadi. Tartibga solinadigan narxlarga limitlangan va dotatsiyalangan narxlarni kiritish mumkin. Limitlangan narxlarda davlat tomonidan belgilangan yuqori va quyi chegara doirada o‘zgarishi mumkin. Bunday narxlar yordamida davlat inflatsiyani jilovlaydi, uning o‘sishini nazorat qiladi. Dotatsiyalashgan narxlarni bozori kasod bo‘lganida firmalar arzonlashtiradigan narxlar bilan o‘xshatmaslik kerak. Dotatsiyali narxlar daromadi past oilalar, aholining ishsiz va nogiron qatlamlarini minimal darajada ta’minlab turish uchun ishlatiladi. Maxsus arzonlashtirilgan, ammo dotatsiyasi bo‘lmagan narxlar ham borki, ularni belgilashda firmalar, xayri-ehson tashkilotlari qatnashadi. Mazkur homiylar tovarlarning odatdagi narxi bilan arzonlashtirilgan narxi o‘rtasidagi farqni o‘z mablag‘lari hisobidan qoplaydilar. Shartnoma narxlari. Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi tomonidan shartnomada qayd qilingan narxlardir. Amal qilish doirasi (bozor ko‘lami)ga ko‘ra hududiy, milliy va jahon narxlari ajratiladi. Hududiy (mintaqaviy) narxlar muayyan hududiy bozorlarda uning doirasida amal qiluvchi omillar ta’sirida shakllanadi. Milliy narxlar alohida mamlakatlar doirasida o‘rtacha ijtimoiy sarf-xarajatlar, milliy bozordagi talab va taklif ta’sirida shakllanadi. Jahon narxlari muayyan tovarlarni ishlab chiqarishga ketgan baynalmilal xarajatlarni, tovarlarning jahon andozasi talablariga mos kelishi darajasini hamda xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini o‘zida aks ettiradi. O‘zgaruvchanlik darajasiga ko‘ra standart va o‘zgaruvchan narxlar farqlanadi. Maksimal va minimal narxlar. Bozor muvozanatini ta’minlashda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligidan foydalanish orqali, ya’ni narxlarni davlat tomonidan nazorat qilish maqsadida maksimal va minimal narxlarni belgilashni ko‘zda tutadi. Davlat narxlarni nazorat qilish orqali bozor mexanizmini tartibga solishga harakat qiladi. Bunda u ikkita maqsadni ko‘zlaydi: ishlab chiqaruvchilarni yoki iste’molchilarni qo‘llab-quvvatlash. Iste’molchilarni narx tomondan qo‘llab-quvvatlashda davlat qonuniy asosda ba’zi tovarlarga muvozanat darajasidan pastroq narxlarni qayd etgan holda eng yuqori narxni o‘rnatadi. Bunda sotuvchilar qayd etilgandan yuqori narxda sotishlari taqiqlanganligi e’lon qilinadi. Narx muvozanat narxidan past o‘rnatilganda, bozorda tovar taqchilligi yuzaga keladi. Erkin bozor sharoitida bu taqchillik tezda yo‘qoladi, biroq narxlar qayd etilgan sharoitda, bozor mexanizmi ishlamaydi va bozorda barqaror taqchillik paydo bo‘ladi. Bu narx chegarasining ijobiy tomoni, muvozanat narxida xarid qila olmagan iste’molchilarda bu tovarlarni sotib olish imkoniyatining tug‘ilishidir. Biroq, uning salbiy tomonlari ko‘proq: ushbu tovarni ishlab chiqarish hajmining qisqarishi; ehtiyojlarning kamroq qismi qondirilishi; bozorda taqchil tovarlarga navbatning ortib ketishi, hattoki bu navbatda turganlarga ham u etmasligi mumkin; “qora bozor”ning paydo bo‘lishi va boshqalar. Davlat ba’zida ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida narxlarning quyi chegarasini qonuniy ravishda o‘rnatadi. Agar bu chegara muvozanatli narxdan yuqori bo‘lsa, bozorda barqaror tovar ortiqchaligi paydo bo‘ladi. Demak, davlatning bozor mexanizmiga muvozanat narxidan yuqori darajadagi narxlarni o‘rnatish yo‘li bilan aralashuvi ham yo‘qotishlarga olib keladi va oqibatda u ham samarasiz hisoblanadi. Davlat bozor mexanizmini tartibga solishda soliqlar va dotatsiyalarni ham qo‘llaydi. Bu aralashuv ham bozor mexanizmini amal qilish samaradorligi pasayishi va sof yo‘qotishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ba’zan bozor narxi davlat tomonidan o‘rnatiladi. Agar o‘rnatilgan narx muvozanat narxidan Re kichik bo‘lsa ( - muvozanat narx) va narxni undan yuqori belgilash ta’qiqlansa, bunday narxlar maksimal narxlar, aksincha o‘rnatilgan narx muvozanat narxidan Re katta bo‘lsa, (Re-muvozanat narx) va narxni undan pastroq belgilash ta’qiqlansa, bunday narxlar minimal narxlar deb yuritiladi. Maksimal narx ba’zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma’lum darajada ta’minlash maqsadida, minimal narx esa mahsulot ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun davlat tomonidan o‘rnatiladi. Talab va taklif nazariyasiga ko‘ra, maksimal narxning o‘rnatilishi mahsulot tanqisligiga olib keladi. Raqobat, iste'molchilarning talablari va harajatlaringizni hisobga olgan holda, siz o'zingizning "to'g'ri" narxingizni belgilashga kirishdingiz. Siz narxlar tagligi va narxning balandligi qanday bo'lishi mumkinligini his qilasiz, ammo oxir-oqibat tanlagan narxingiz maqsadlaringiz va strategiyalaringizga, ya'ni o'zingizning biznesingizda nimaga erishmoqchi ekanligingizga bog'liq bo'ladi. Kichik biznes egasi sifatida qabul qiladigan eng qiyin qarorlardan biri bu sizning mahsulotingiz uchun to'lanadigan narx, ammo bu ham sizning biznesingiz muvaffaqiyatidagi eng muhim qarorlardan biridir. Mahsulot narxini aniqlashda quyidagi fikrlarni ko'rib chiqing. Siz biznesda ekanligingiz sababi pul ishlashdir, demak siz etarlicha mahsulotni etarlicha yuqori narxda xarajatlarni qoplashdan ko'proq sotishingiz kerak. Mahsulotingizni juda yuqori narxga tushirish sizni bozordan olib chiqishi mumkin, chunki iste'molchilar sizning mahsulotingiz uchun shuncha pul to'lamaydilar yoki sizning raqobatingiz ularning narxlarini pasaytiradi. Shu bilan birga, mahsulotingizning juda past narxlari ham muammolarga olib kelishi mumkin, chunki o'zgarmas va o'zgaruvchan barcha xarajatlar qoplanmasligi mumkin. Iste'molchilar past narxlarni qisqa vaqt ichida muhokama qilinadigan past sifatning belgisi sifatida ko'rishlari mumkin. Download 153.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling