Аndijon iqtisodiyot va qurilish instituti Iqtisod va qurulish fakulteti
Download 107.53 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq1-ish
Аndijon iqtisodiyot va qurilish instituti Iqtisod va qurulish fakulteti Qurilish materiallari va buyumlarini konsturukturasini ishlab chiqarish yo’nalishi 313-guruh talabasi Beton to’ldiruvchilar texnalogiyasi fanidan tayorlagan REFARATI Tayorladi; Qabul qildi; Azimova A Reja: • Agloporit haqida • Xomashyo materiallar • Agloporit ishlab chiqarishning texnologik asoslari Keramzit olishda yaroqli gil xomashyosi hamma joyda uchramaydi. Kuydirganda ko‘pchimaydigan kamplastikli, qumoqlangan gilli jinslar suglinok tabiatda keng tarqalgan. Bu jinslardan boshqa sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchi –agloporit ishlab chiqarishda foydalaniladi. • Keramzit olishda yaroqli gil xomashyosi hamma joyda uchramaydi. Kuydirganda ko‘pchimaydigan kamplastikli, qumoqlangan gilli jinslar suglinok tabiatda keng tarqalgan. Bu jinslardan boshqa sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchi –agloporit ishlab chiqarishda foydalaniladi. • Agloporit ishlab chiqaruvchi korxonalarda asosiy xomashyo materiallar sifatida gilli jinslar ishlatiladi. Agomeratsiya uchun yaroqli gilli jinslar (suglinok, supess, lyosslar) Respublikamiz xududida ko‘p uchraydi, shu sababli mahalliy xomashyolar asosida agloporit ishlab chiqarishni kengaytirish mumkin. Dastlab sanoat miqyosida gil xomashyosi asosida agloporit Minskda 1958 yilda ishlab chiqarilgan. Xomashyo materiallar sifatida turli sanoat chiqindilari, ayniqsa yoqilg‘i tarkibli chiqindilardan foydalanish istiqbolli hisoblanadi. Bundan tashqari yoqilg‘i shlaklari, kul, slanets va ko‘mir chiqindilari asosida agloporit ishlab chiqarish ilmiy asoslangan. Bunday sanoat chiqindilarida mavjud yoqilg‘i aglomeratsiya jarayonining borishi uchun etarli hisoblanadi. Faqat xomashyoni yoqilg‘i bo‘yicha me’yoriga olib kelish kerak, agar xomashyoda yoqilg‘i kam bo‘lsa, u holda shixta tayyorlashda qo‘shish kerak, agar xomashyoda yoqilg‘i ko‘p bo‘lsa, u holda gilni qo‘shish zarur. Agloporit ishlab chiqarishni ko‘mir qazish va ko‘mirni boyitishda chiqadigan chiqindilar asosida kengaytirish mumkin. Ularda ko‘mir miqdori o‘rtacha 20% ni tashkil etadi. Bu yoqilg‘ilarni qo‘llab agloporit tanarxini 30% ga kamaytirish mumkin. Dunyo statistik malumotlariga ko‘ra Polshada ko‘mir chiqindilaridan eng ko‘p foydalanilar ekan, bunda ko‘mir qazish chiqindilarining 17% va ko‘mir boyitish chiqindilarining 95% dan ko‘pi ishlatiladi. • Bundan tashqari yoqilg‘i shlaklari, kul, slanets va ko‘mir chiqindilari asosida agloporit ishlab chiqarish ilmiy asoslangan. Bunday sanoat chiqindilarida mavjud yoqilg‘i aglomeratsiya jarayonining borishi uchun etarli hisoblanadi. Faqat xomashyoni yoqilg‘i bo‘yicha me’yoriga olib kelish kerak, agar xomashyoda yoqilg‘i kam bo‘lsa, u holda shixta tayyorlashda qo‘shish kerak, agar xomashyoda yoqilg‘i ko‘p bo‘lsa, u holda gilni qo‘shish zarur. Agloporit ishlab chiqarishni ko‘mir qazish va ko‘mirni boyitishda chiqadigan chiqindilar asosida kengaytirish mumkin. Ularda ko‘mir miqdori o‘rtacha 20% ni tashkil etadi. Bu yoqilg‘ilarni qo‘llab agloporit tanarxini 30% ga kamaytirish mumkin. Dunyo statistik malumotlariga ko‘ra Polshada ko‘mir chiqindilaridan eng ko‘p foydalanilar ekan, bunda ko‘mir qazish chiqindilarining 17% va ko‘mir boyitish chiqindilarining 95% dan ko‘pi ishlatiladi. Agloporit – yengil betonlar uchun sun’iy gʻovak toʻldirgich; gilli jinslarga yoxud koʻmirni boyitish yoki yokishda hosil boʻlgan chiqindi (shlak, kul)ga issiqlik ishlovi (termik ishlov) berib, soʻngra maydalab hosil qilinadi. A. chaqiq tosh yoki shagʻal koʻrinishida oli-nadi. A. devor panellari, bloklari va issiqlik izolyatsiya buyumlari tayyorlashda ishlatiladi. Agloporit xomashyoni pishirishda (aglomeratsiya) olinadi. Bu usul ko‘proq metallurgiya sanoatida rudani qayta ishlashda qo‘llaniladi. Pishirish jarayoni quyidagilardan iborat bo‘ladi: xomashyo materiallardan yoqilg‘i (ko‘mir) qo‘shib granulalar tayyorlanadi va kolosnikli panjaraga yotqiziladi. Panjara ostida vakumkamerada ventilyator yordamida xavo so‘rilib yarim xomashyoni kuydirish tezlatiladi. Ko‘mirning yonishi hisobiga yarim xomashyo yuqori harorat (1400-1500 0 S) gacha qizdiriladi. Natijada g‘ovak shishasimon massa (korj) hosil bo‘ladi. Kuydirish jarayoni juda tez amalga oshiriladi. Panjara ostidan havoni so‘rib olishda issiq gazlar yarim xomashyo materiallarning pastki qavatini ham kuydiradi. Havoni so‘rishda yuqori pishgan qavatlar anchagina soviydi. YOqilg‘ining yonishi kolosnikli panjaraga etganida aglomeratsiya jarayoni tugaydi, natijada pishgan agloporit korji olinadi, uni shag‘al va qumga maydalaniladi. Agloporit sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchisi aglomeratsion mashinada (rasm.13 .1) olinadi. Bu mashinaning ishlab chiqarish quvvati xomashyoni pishish tezligiga bog‘liq va u quyidagi formula bilan ifodalanadi: V= , (13.1) Bu erda: h- pishadigan yarim xom ashyoning qavat balandligi, mm τ - pishish davomiyligi, min. Turli xomashyo va yarim xomashyolar uchun vertikal pishish tezligi 510mm/minut va undan ko‘pni tashkil etadi. Masalan, yarim xomashyo qavati 200mm bo‘lsa, u 20-40 minut davomida pishadi. Aglomeratsion mashinaning sxemasi: 1-xom granulalarni mashinaga to‘kish; 2-yondiruvchi gorn; 3- kolosnikli panjara; 4-pishgan granulalar qavati; 5-yoqilg‘ining yonish zonasi; 6-pishgan korj; 7-gazlarni so‘rib olish; 8-vakum kamera. Sanoat miqyosida agloporit ishlab chiqarishda gilli jinslardan quyidagi yarim tayyor mahsulot tayyorlanadi. Gilli xomashyo, maydalangan toshko‘mir (yirikligi 5 mm gacha), qo‘shimchalar aniq me’yor bo‘yicha aralashtiriladi. Ko‘mirning massa ulushi 7-12% ni tashkil etadi. Agar gilli xomashyo quruq bo‘lsa, u xolda gil aralashtirgichga suv qushiladi va gil bir xil massaga kelguncha aralashririladi. Maxsus mashinalar granulyatorlarda (masalan, barabanli granulyatorda) gilli granulalar olinadi. Tayyor granulalar aglomeratsion mashinada pishiriladi (rasm- 13.2). Mashina to‘xtovsiz harakatlanuvchi aravali konveyrdan, asosi issiqqa chidamli po‘lat va ikki tomonidan to‘silgan kolosnikli panjaradan iborat. Konveyr temir-yo‘l bo‘yiga vakum-kamera ustida harakatlanadi. Rasm.13.2. Aglomeratsiyalash mashina Kisqacha texnik xarakteristikasi: • Pishish yuzasi, m2 75 • Pishirish aravasi eni, m 3 • Pishgan qavat balandligi, mm, gacha 500 • Aravaning xarakatlanish tezligi, m/min 1…4 • Kolosniklar osti bosimi, Pa, gacha 1200 • *Maxsuldorlik, t/m 2 soat • aglomerat bo‘yicha 110…140 • shixta bo‘yicha 175…240 *Maxsuldorlik aglomeratsiya jarayonining texnologik sharoitidan kelib chiqib belgilanadi. Gilli granulalar kolosnikli panjara ustidagi to‘siqli aravachaga 200300mm qalinlikda sepiladi, yondiruvchi gorn ostida o‘tganida suyuq yoki gaz ko‘rinishidagi yoqilg‘i yonishidan 1000 0 S xaroratgacha qizdiriladi. So‘ngra vakumkameralar ustida harakatlanishdan, havoning so‘rib olinishi natijasida xom granulalar pishadi. Aglomeratsion mashinadan pishgan korj chiqadi. CHiqqan korj birjinsli bo‘lmay, ichki qismi to‘q rangda (tiklanish muxiti temir oksidlariga o‘tishi bilan belgilanadi va bu yaxshi pishishiga olib keladi), yuza qismida (ortiqcha xavo, oksidlanuvchi muxit, kuydirishdan past xarorat) kichik mustahkamlik va kam chidamli qo‘ng‘ir-qizg‘ish rangli pishmagan qatlam yuzaga keladi. SHu sababli aglomeratsion panjarada hosil bo‘lgan pishgan yarim maxsulot(korj)dan pishmaganlarini alohida ajratishdir. Korjni bo‘laklarga korj maydalagich yordamida ajratiladi, bo‘laklar panjaraga uzatiladi, bunda yaxshi pishmagan donalari cho‘kadi, texnologik jarayonga qaytariladi, xomashyoga qo‘shimcha sifatida ishlatiladi va xom granulalarning pishishini, gaz o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi. Xomashyoga qo‘shimcha sifatida, gilning pishish tezligini oshirishda va shu bilan birga aglomeratsion mashinaning quvvatini oshirishda, agloporit sifatini yaxshilashda yog‘och opilkalari, yog‘och gidrolizi chiqindisi, kul va boshqa sanoat chiqindilari ishlatiladi. Agloporit tarkibidan pishmagan bo‘laklarini ajratgandan (texnologik jarayonga qaytarilgan) so‘ng 80-120 0 S gacha sovitiladi, maydalanadi, shag‘al va qumga ajratiladi. Agloparit shag‘ali va qumining ishlab chiqarish texnologik sxemasi (rasm- 13.3) da keltirilgan. Rasm-13.3. Agloporit chaqiq toshi va qumini ishlab chiqarish texnologik sxemasi: 1-ekskavator; 2-avtotransport; 3-yashikli uzatgich; 4-valkli maydalagich; 5-tebranma elak; 6-lentali ta’minlovchi; 7- yig‘uvchi lentali transporter; 8- toshni ajratuvchi valslar; 9-ikki valli gil aralashtirgich; 10-baraban tipidagi granulyator; 11-yotqizgich; 12-yondiruvchi gorn; 13aglomeratsion mashina; 14-maydalagich; 15-shaxta tipidagi sovitgich; 16valkli-tishli maydalagich; 17-shag‘alni navlarga ajratuvchi mashina; 18-tayyor mahsulotlar ombori; Agloporitni sovitishda qo‘llaniladigan shaxta tipidagi sovitgich o‘rniga lentali (tubi perforirlangan metall transporter), chashkasimon ( ikkita jalyuzali silindr devorli xalqasimon bunker) va baraban tipidagi sovitgichlar ishlatiladi. Asosiy xomashyo material sifatida ko‘mirni boyitish chiqindisi qo‘llanilganda, texnologik sxemaga sarflanuvchi materiallarni tayyorlashga doir o‘zgartirishlar kiritiladi. Ko‘mir boyitish chiqindilari ikki bosqichli maydalaniladi, elakdan o‘tqaziladi va o‘lchami 2,5mm gacha donalar olinadi. Gil quruq komponent (yirikligi 3mm gacha) yoki suyuq gilli massa ko‘rinishida qo‘shiladi. Agloparit ishlab chiqarishda komplekt texnologik jixozlangan SMS-117 va SM-961 (uzunligi-40m, eni-1,5m) markali aglomeratsion mashinalar ishlatiladi. Aglomeratsion mashinasining ishlab chiqarish quvvati Aglomeratsion mashinaning ishlab chiqarish quvvati (t/soat) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: P=0,06 V L a B p H R h R b ; (13.2) Bu erda : v- vertikal pishish tezligi, mm/min; L a - aglomeratsion mashinaning foydali uzunligi , m; L – mashinaning umumiy uzunligi, L s -quritish zonasi uzunligidan kelib chiqib (L s =0,05-0,1 L ) va sovitish – L o (sovitgich mavjud bo‘lsa - L o =0,2 L agloparit shag‘ali ishlab chiqarishda sovitgich ishlatilmasa-Lo=0,4L); V-aglomeratsion mashinaning foydali eni uzunligi, m; r n - xom granulalar uyilma zichligi, r n =1-1,1 t/m 3 ; R h - agloparitning chiqish koeffitsienti, R h =0,75-0,90; R b - texnologik jarayonga qaytgan pishmagan bo‘laklarni xisobga oluvchi koeffitsient, agar texnologik jarayonga qaytmasa, R b =1 teng bo‘ladi. Aglomeratsion mashinaning yillik mahsuldorligi (m 3 /yil) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: M ag =T P R u /P n ; (13.3) Bu erda: T- mashina ishlashining yillik fondi, soat; P- aglomeratsion mashinaning hisobiy mahsuldorligi, t/soat; R u - ishchi vaqti yillik fondidan foydalanish koeffitsenti, R u =0,82- 0,9; P n - agloparit shag‘alining uyilma zichligi, t/m 3 Foydanilgan adabiyotlar 1. Аsqаrov B.А., Аkrаmov X.N., Nuritdinov X.N. “Beton texnologiyasi”, O’quv qo’llаnmа, 1-2-qism, Toshkent-2005y. 2. Аkrаmov X.N.,Nuritdinov X.N. “Beton vа temir-beton buyumlаri ishlаb chiqаrish texnologiyasi”, O’quv qo’llаnmа 1- 2-qism.Toshkent-2007y Download 107.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling